Aleksandr Grigorevich Stoletov




Download 21.5 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi21.5 Kb.
#42236
Bog'liq
Aleksandr Grigorevich Stoletov
Kulolchilik qadimgi davrlarda paydo bo, basketbol.doc, 3-маъруза с аноат, Tashqi sarlavha, 11-sinf masalalar yechimi 160119085152, Ikki o\'lchamli korrelyatsion YaMR sepktroskopiya COSY spektrlari, Diplom oldi amaliyoti mavzulari (2) — копия, pedagogika nazariyasi 1-kurs , 4 sinf tikuvchilik chok turlari, Kompaniya strategiyasini shakllantiruvchi omillar-www.hozir.org, Noto\'g\'ri fe\'llar jadvali o\'zbekcha tarjimasi bilan Sadikov.UzDars ishlanmalar, slaydlar, testlar, maqollar, tarqatmalar, darslik va kitoblar bepul va ro\'yxatsiz, Ifodalarni shakl almashtirish, MHXS lotin тест 200, dnk klonlarini yaratish uslublari

Aleksandr Grigorevich Stoletov (1839-1896)


Rus fizigi Aleksandr Grigorevich Stoletov Vladimir shahrida, savdogar oilasida tug’ilgan. Moskva universitetini tamomlagach (1860), shu yerda o’qituvchilik faoliyatiga tayyorlash uchun qoldirildi.
1862 yilda Stoletov uch yilga Germaniyaga jo’nadi, u yerda G. Kirxgof, G. Magnus, V. Veber kabi yirik olimlarning muz ostida tajriba orttirish uchun ishladi.
1866 yildan A. G. Stoletov Moskva universitetining o’qituvchisi, so’ngra professori bo’ldi. Olim o’z ilmiy tadqiqotlarini elektr va magnetizm hodisalariga bag’ishladi. Yumshoq temirning magnitlanishi funktsiyasi to’g’risidagi tadqiqotlar» (1872) ishida u magnit qabulchanligining magnit maydon kuchlanganligiga bog’lanishini ifodalovchi egri chiziq maksimumga ega bo’lishini isbot qildi. Elektromagnit va elektrostatik birliklar nisbatlarini o’lchab, u yorug’lik tezligiga yaqin qiymatni olishga muvaffaq bo’ldi. Nemis fizigi G. Gerts tajribalarigacha qilingan bu tadqiqotlar yorug’likning elektromagnit nazariyasining yortilishiga imkon berdi.
Tashqi fotoeffekt ustida olib borgan tadqiqotlari Stoletovich jahonga tanitdi. Olim tajribalariing o’ziga xos sxemasini yaratib, fotoeffektining birinchi qonunini ochdi: fototok kuchi tushayotgan yorug’likning intensivligiga to’g’ri proportsional.
U fotoeffekt hodisasini fotometriyaga tatbiq qilish mumkinligini ko’rsatib berdi, birinchi fotoelementining sodda konstruktsiyasini yaratdi. Fototokning tushayotgan yorug’lik chastotasiga bog’liqligini topdi.
Fototokning gaz bosimiga bog’liqligini o’rganib, Stoletov (tokining maksimal qiymatida) elektr maydon kuchlanganligining gaz bosimiga nisbati doimiy kattalik ekanligini aniqladi. Bu bilan u mustaqil bo’lmagan gaz razryadi nazariyasiga katta hissa qo’shdi (q. Gazlarda elektr razryadi).
A. G. Stoletov o’z kuchi va ilmiy faoliyatini ilmiy-tashkiliy va pedagogik ishlarga bag’ishladi. U Moskva universitetining fizika instituti va fizika laboratoriyasini tashkil etish tashabbuskori bo’lgan. Stoletov va uning shogirdlari Rossiyada fizika o’qitishni va tadqiqot ishlarini yangi, yuqori darajaga ko’tarishdi.
Download 21.5 Kb.




Download 21.5 Kb.