Alfa, betta va gamma yemirilishi. Radioaktivlik Xulosa




Download 119.7 Kb.
bet8/11
Sana21.09.2022
Hajmi119.7 Kb.
#26215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
azizzzz
Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi (X.Zayniddinov, S.O\'rinboyev, A.Beletskiy), тестлер стандарт модель13, Kaykovusning Qobusnoma asari, анкета жумаев
2.1 Yadrolarning bo’linishi.
Ikki yadro yoki yadro bilan zarra bir-biriga m masofagacha yaqinlashganda yadroviy kuchlarning ta’siri tufayli o’zaro intensiv ta’sirlashadi, natijada yadroviy o’zgarishlar vujudga keladi. Bu yadroviy reaksiya bo’lib u quyidagicha yoziladi:
A+a → B+b .
Bunda A-boshlansich yadro, a-reaksiyaga kirishuvchi yadro yoki zarra (neytron, proton, a-zarra, g-kvant, yengil yadrolar), B-yadroviy reaksiyada vujudga kelgan yadro, b-yadroviy reaksiyada ajralib chiqqan zarra. Birinchi yadro reaksiyasini E.Rezerfod 1919 yilda a-zarralar bilan azot atomini bombardimon qilib hosil qildi. Azot yadrosi o’zidan proton chiqarib kislorod yadrosiga aylanadi. + → + . -geliy atomining yadrosi, ya’ni musbat zaryadli a-zarradir. Bu yadro reaksiya quyidagi tenglama bilan ham ifodalanadi:
→ (α,p)
Yadro reaksiyalarida energiya chiqariladi yoki yutiladi. Ajralib chiqqan energiya miqdori reaksiyaning issiqlik effekti deyiladi. Hosil bo’layotgan yadro massalari yitsindisi boshlansich yadro masalalari yitsindisidan katta bo’lsa, yadro reaksiyasida energiya yutiladi va uning issiqlik effekti manfiy bo’ladi. Hamma yadro reaksiyalari zaryadning, massaning nuklonlar sonining, energiyaning, impulsning, impuls momentining saqlanish qonunlari bajarilishi asosida sodir bo’ladi. Yuqoridagi reaksiyadan zaryadning saqlanish qonuniga asosan: 2+7=8+1=9 nuklonlar sonining saqlanish qonuniga asosan 4+14=17+1=18 bo’ladi. Yadro reaksiyasi natijasida energiya ajralib chiqsa bunday reaksiyani ekzoenergetik reaksiya, energiya yutilgan reaksiyani endoenergetik yadro reaksiyalari deyiladi. Yadrolar strukturasini, zarralarning o’zaro ta’sir mexanizmlarini o’rganishda, hamda amaliy jihatdan yadro energiyalarini olish va har xil element izotoplarini hosil qilishda yadro reaksiyalari katta ahamiyatga ega.
Yadroning bo’linishi. Turli xil element yadrolarini har xil zarralar bilan bombardimon qilib har xil yadro reaksiyalarni hosil qilish mumkin. a-nurlar bilan
- berilliy izotopini bombardimon qilib neytron hosil qilingan:
+ → + .
Yadrolarga ta’sir qiluvchi zarralarning energiyasi, turlariga bog’lilik ravishda yadro reaksiyalari: kichik, o’rta va yuqori energiyali reaksiyalarga bo’linadi. Yadrolarning neytronlar bilan ta’sirlashishida hosil bo’ladigan reaksiyalar kichik energiyali, α-zarralar, protonlar va λ-kvantlar ta’sirida hosil bo’lgan reaksiyalarni o’rta energiyali yadro reaksiyalari deyiladi. Yuqori energiyali yadro reaksiyalarini hosil qilib elementar zarralarning strukturasi, xususiyati o’rganiladi. E.Fermi, Ch.Jolio-Kyuri, P.Savich, O.Gan, F.Shtrassman, O.Frish, L.Maytner larning tajribalar va nazariy izlanishlari tufayli o’ttizinchi yillar oxirida (1938 y.) Neytronlar bilan bombardimon qilingan og’ir yadrolar (masalan uran)ni ikki qismga bo’linishi aniqlandi. Bundan tashari neytraonlar, elektronlar va g-nurlanishlarning ham vujudga kelishi kuzatildi. Bu hodisa yadro bo’linishi deb nom oldi. Neytron biror X yadroga kirgach yangi yadro hosil bo’ladi. U esa ikki yadroga, ya’ni Y va V yadrolarga bo’linadi, ya’ni X yadroni Y va V yadrolarga ajralish imkoniyati energetik nuqtai nazardan Q = ( + )-eA Ifodaning ishorasiga bog’liq bo’lib undagi , va e lar mos ravishda bo’linish parchalari-E va B hamda X yadrolardagi bitta nuklonga to’g’ri keluvchi bog’lanish energiyalarining qiymatlari. Davriy jadvalning o’rta qismidagi elementlar yadrolari uchun nuklonning yadroga bog’lanishi energiyasi ( va ) ning qiymatga jadval oxiridagi og’ir yadrolarniki (ya’ni e) nisbatan ~0,8 meV katta bo’lganligi uchun, og’ir yadro (masalan, ) ikki o’rtaroq yadroga ajralganda Q=A ⁓ 0,8 meV energiya ajralishi mumkin (1ev =1,6× J). Og’ir yadrolarning bo’linishi natijasida katta energiya ajralib chiqadi. Masalan bitta uran yadrosini bo’linishi natijasida, ya’ni yadro reaksiya tufayli 200 meV energiya ajralib chiqadi. 1gr uran bo’linishi natijasida esa 800 kg ko’mirni bir paytda yonishi natijasida qancha issiqlik miqdori ajralib chiqsa shuncha issiqlik miqdori ajralib chiqadi.

Download 119.7 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 119.7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alfa, betta va gamma yemirilishi. Radioaktivlik Xulosa

Download 119.7 Kb.