4-rasm Graflarning vizual namoyish qilinishi
Odatda zanjir mustaqil graf sifatida emas, balki ba‘zi bir graflarning
bir qismi
sifatida qaraladi. Zanjirning uzunligi - uni tashkil etuvchi qirralarning soni. Oddiy
zanjirning uzunligi oʻz ichiga olgan graf uchlari sonidan,
umumiy zanjirning
uzunligi esa ushbu graf qirralarining sonidan oshmasligi aniq.
Graflar nazariyasida
zanjir tushunchasi keng qoʻllaniladi. Masalan, bogʻlangan
grafni har qanday uchlar juftligi kamida bitta zanjir bilan bogʻlangan graf sifatida
belgilash mumkin.
Sikllar.
Sikl (oddiy sikl) - bu yopiq zanjir (oddiy zanjir). Oddiy siklga G
8
grafi misol boʻla
oladi. Oddiy siklni ifodalovchi graf G
n
bilan belgilanadi. Zanjirlarda boʻlgani kabi,
sikllarni ba‘zi bir graflarning qismlari sifatida koʻrib chiqish qiziq.