Shayxiy g‘azallaridan
Bahor mavsumidir, hamdami sabo bo‘laylik,
Gul va do‘st bo‘yi ila oshino bo‘laylik.
Chun davri loladir, ixlos ila qadah tutaylik,
Negakim nargis bo‘lur, masti beriyo bo‘laylik.
Zamona sirrini qo‘y g‘uncha kabi sarbastga1,
Chaman safosiga gul kabi dilgusho bo‘laylik.
Bul jahonning fathiga Jam jomdir demish miftah2,
Keling, mulozimi jomi jahonnamo bo‘laylik.
Bahor tavbaga Shayxiy junun demish oqil,
Bugun muvoffaqat et, erta porso bo‘laylik.
* * *
Ne xabar berdi sabo zulfi parishoning uchun,
Ki binafsha motamsaro ko‘rinur oning uchun.
Ne sabab bosh ochar-u, qo‘l ko‘tarur sarvu chinor;
Ki duo aylar ular qaddi xiromoning uchun.
Oy yuzing ko‘rgach bo‘lur ravshan yeru osmonlar,
Har na vajh aytar esam shul mohitobonim uchun.
Lola chok etdi yuzing gul yonog‘ing rashkidin,
G‘uncha chok etdi o‘zin la’li durafshoning uchung.
Dur-u gavhar sochilur, nozik kalomlar yozilur,
Shayxiy insho qilajak shul lab-u dandoning3 uchun
|