• 2. Kurs va referat (loyihalari) ishlarining bajarilishda amal qilinadigan ta’limiy va tarbiyaviy talablar.
  • Kurs va referat (loyihalari) ishlarini bajarishga qo’yiladigan talablar




    Download 244.31 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana24.02.2023
    Hajmi244.31 Kb.
    #43455
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    mehnat va kasb talimini oqitish metodikasi fanidan referat va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy tavsiyalar
    DNK BIOLOGIYA, Презентация1, pazandachilik asoslari, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1I, germaniya trans, O\'zbek bolalar adabiyoti.Jamilova B., boshlang-ich-sinflarda-miqdorlarni-o-rgatish-metodikasining-umumiy-masalalari, quduq-tubiga-kislotali-ishlov-berish-usuli-va-uning-samaradorligi, Buxoro davlat universiteti tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan , Ehtimollik va statistika fanidan amaliy topshiriqlar, research paper powerpoint, qayta topshirish qaydnomasi, DИПЛОМ ЖИЛДИ 2023, ПҚ-18 25.01.2023
    1.Kurs va referat (loyihalari) ishlarini bajarishga qo’yiladigan talablar 
    mazmuni. 
    Talabalarning mustaqil, yozma, ijodiy ishlariga quyidagilar kiradi: 
    1.Hisobotlar; 2. Maqolalar, tezislar; 3. Ma’ruzalar; 4. Kurs, referat ishlari 
    (loyihalari); 5. Diplom ishlari (loyihalari); 6. Turli tajriba-sinov ishlarida ishtirok 
    etish; 7. Turli xil ijodkorlik (texnikaviy, tasviriy va amaliy san’at, musiqa va b.) 
    uyushmalarida ishtirok etish.
    8. Amaliy o’quv, ma’naviy, tarbiyaviy topshiriqlarni bajarishda ishtirok etish. 9. 
    Turli xil laboratoriya, seminar, mustaqil mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish. 
    Barcha talabalarning ijodiy, mustaqil ishlarini bajarishda quyidagi 
    izchillikka rioya qilish lozim bo’ladi: 
    1. Mavzuning dolzarbligini aniqlash; 
    2. Muammoning ishlanganlik darajasini belgilash; 
    3. Kurs va referat ishlarini mavzularini yangilash;
    4. Ishning nazariy ahamiyati
    5. Ishning amaliy ahamiyati; 
    6. Ta’lim-tarbiyaning amaliyot va hayot bilan birligi; 
    7. O’tkazilgan tajriba-sinov ishlari texnologiyalari. 
    8. Olingan natijalar tahlili. 
    9. Natijalarni qo’llanilish ko’lami, bosqichlari, sohalari; 



    10. Muammoning ob’ekti, predmeti, aniq ko’rsatilishi; 
    11. Natijalarni amaliyotga joriy etishda YaPT, IPT, YaAT va ICHT lardan 
    foydalanish shakllari. 
    12. Ishlarni bajarishda bosqichma-bosqichlikka, uzviylikka, uzluksizlikka 
    rioya qilinishi. 
    13. Chiqarilgan xulosalar va taklif, tavsiyalarning hayotiyligi, amaliyligi, 
    ishlab chiqarish, xalq xo’jaligi taraqqiyoti sohalari bilan bog’liqligi. 
    2. Kurs va referat (loyihalari) ishlarining bajarilishda amal qilinadigan 
    ta’limiy va tarbiyaviy talablar. 
    1. Kurs (referativ) ishlarninig bajarilishida mavzu muammosining 
    dolzarbligini aniqlashda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: 
    Mavzu tarixiy taraqqiyotida jamiyat, davlat, xalqlar va sohalar 
    rivojlanishidagi o’rnini belgilash. Pedagogika, psixologiya, ta’lim-tarbiya tizimida 
    tutgan o’rni. Metodika xususiy fanlarni o’qitishdagi muammolar bilan bog’liqligi. 
    Nazariya va amaliyotdagi, amalga joriy etish texnologiyalari, metodikalari, 
    an’anaviy va noan’anaviy uslublar (metodlar) orasidagi egallagan o’rni. Qonunlar, 
    qarorlar, buyruqlarda ushbu muammoning aks etganligi va boshqalarga qarab 
    belgilanadi. 
    2. Muammoning ishlanganlik darajasini aniqlashda shu sohaning tarixiy 
    rivojlanishi taraqqiyotida buyuk mutafakkirlar, qo’lyozma, toshbosma manbalar, 
    buyuk siymolar va hamda allomalarning shu sohadagi fikrlari, arxiv materiallarida 
    bayon etilishi, sohaning etakchi olimlarining asarlaridagi nazariyalar va g’oyalar, 
    qonuniy me’yoriy hujjatlarda o’quv metodik muammoning qo’yilishi, shu 
    muammoni hal etishda uchrayotgan ziddiyatlar, nomutanosibliklar, murakkabliklar 
    bayon etiladi. Shuningdek, ushbu muammoning darsliklar, qo’llanmalar, metodik 
    va elektron ishlanmalarning ahvoli ham bayon etiladi. Kurs va referativ ishlar 
    mavzularining yangiligi darajalari mahalliy, hududiy, mintaqaviy davlatva xalqaro 
    miqyosida bo’lishi mumkin.
    3. Yangilik darajalarini belgilashda ko’pchilik hollarda mutaxassis 
    ekspertlari ko’rigiga, nazoratiga murojaat qilish kerak bo’ladi. Chunki, mualliflar 
    muammolarning echimlarini topish yo’llarini izlar ekan ishning yangiligi darajasini 
    chuqur va atroflicha qiyosiy tahlil etmasdan yirikroq darajada deb o’ylaydilar, 
    yoki, aslida yirik darajada yangilik yaratilgan bo’lsada, uni kichik yoki quyi 
    darajada deb o’ylaydilar. Shuning uchun mutaxassis ekspertlar ko’rik xulosalari
    taklif va tavsiyalari kerak bo’ladi.
    4. Ishning nazariyadagi ahamiyatini yoritishda shu sohadagi ilgari yaratilgan 
    nazariyalar, g’oyalar va ta’limotlardagi o’rni yoritiladi. Shu sohadagi allomalar, 
    etakchi olimlar, mutaxassislar fikrlari bilan qiyosiy ravishda taqqoslanadi. 
    Qonunlar, qadriyatlar, qonuniyatlar, davlat va hukumat, Prezident farmonlaridagi 
    o’rni aniqlanadi.
    5. Ishning amaliy ahamiyatini belgilashda ta’lim-tarbiya, madaniyat, ma’rifat 
    va san’atdagi o’rni aniqlanadi. Uzluksiz ta’lim tizimida, bosqichlarida ta’lim 
    muassasalarida o’quv tarbiyaviy jarayondagi, mashg’ulotlar va tadbirlarni tashkil 
    etishdagi, takomillashtirishdagi o’rni aniqlanadi. 



    6. Yaratilgan g’oyalarning ta’lim-tarbiya jarayonida, hayotda, ishlab 
    chiqarishda, iqtisodiyotda, ijtimoiy – siyosiy o’zgarishlarning qaysi qismida 
    qo’llanilish sohalari va shakllari belgilab beriladi. O’quvchi-yoshlar, talabalar va 
    boshqa ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilarning mahoratlarini (kasbiy, 
    pedagogik, metodik) rivojlanishdagi o’rni aniqlanadi. 
    7. Yaratilgan g’oyalar tajriba-sinovlarda belgilangan reja, dastur va 
    metodikalar 
    asosida 
    tasdiqlovchilik, 
    shakllantiruvchilik, 
    aniqlovchilik 
    maqsadlarida o’tkaziladi. Tajriba sinovlar materiallari namunalari keltiriladi. 
    8. Olingan natijalar umumiy va xususiy holda qiyosiy tahlil qilinadi, 
    pedagogik, psixologik, metodik maqsadlar asosida matematik-statistik jihatdan 
    qayta ishlanadi. Har bir natijalarni formulalar yordamida javallar, grafiklar, 
    gistogrammalarga qo’yilib, qiyoslanadi (lozim bo’lsa). Respondentlar soni 25-30 
    nafardan kam bo’lmasligi lozim. 
    9. Olingan natijalarning ta’lim-tarbiya tizimining qaysi bosqichida, qaysi 
    uslubda, qaysi shakllarda qullanilishi to’g’risida aniq taklif va tavsiyalar beriladi. 
    10. Muammoning va natijalarning qo’llanilish ob’ektlari va predmetlarini 
    ko’rsatishda metodika, pedagogika va ta’lim-tarbiyaning qaysi sohasini 
    rivojlantirishga xizmat qilishi aniq belgilanadi, chunki, fanlarni o’qitish 
    metodikasidan ishning ob’ekti va predmetini belgilashda shakllanayotgan 
    shaxsning qaysi hislat va fazilatlarini takomillashtirishdagi qaysi BKM larini 
    rivojlantirishdagi o’rni va ahamiyati yoritib boriladi.
    11. Ishning amaliy va nazariy ahamiyatini ko’rsatishda qaysi YaPT (yangi 
    pedagogik texnologiyalar), IPTlar (ilg’or pedagogik tajribalar). YaAT (yangi 
    axborot texnologiyalar), ICHT (ishlab chiqarish texnologiyalar) ning qaysi 
    shakllaridan samarali foydalanish yo’llari ko’rsatiladi. 
    12. Ishlarni bajarishda bosqichma-bosqich bajarilishi, qaysi ta’lim 
    bosqichining qaysi qismida qanaqa shakllaridan foydalanish mumkinligi yoritiladi. 
    13. Xulosalar faktlarga mos holda chiqariladi. Taklif va tavsiyalar hayotga, 
    ishlab chiqarishga, muammoning echimlarini topishga muvofiq holda chiqariladi. 

    Download 244.31 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 244.31 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs va referat (loyihalari) ishlarini bajarishga qo’yiladigan talablar

    Download 244.31 Kb.
    Pdf ko'rish