|
Alkanlarning kimyoviy xossalari. Ishlatilishi. Toshkent shahar Yashnobod tuman
|
bet | 4/8 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 38,52 Mb. | | #123850 |
CH4 + HNO3 CH3NO2 + H2O
Nitrobirikmalar aminobirikmalarni sintez qilishda ishlatiladi.
.
Sulfoxlorlash: Alkanlar SO2 va Сl2 bilan UB-nur ta’sirida reaksiyaga kirishadi. molekulyar massasi katta bo‘lgan alkanlarni sulfoxlorlash amaliy ahamiyatga ega:
C8H18 + SO2 + Cl2 C8H17SO2Cl + HCl
Hosil bo‘lgan alkan sulfoxloridlar terini oshlashda va alkilsulfonatlar-yuvish vositalari olishda ishlatiladi.
Kreking. Yuqori temperaturada to‘yingan uglevodorodlarning uglerod uglerod bog‘lari uzilib, radikallar hosil qiladi va natijada, uglerod atomi kam bo‘lgan alkan va alkenlar aralashmasi hosil bo‘ladi.
Bu jarayon termik kreking
deb ataladi.
Degidrogenlash. Bu reaksiya yordamida alkanlardan tegishli to‘yinmagan uglevodorodlar hosil qilinadi.
Masalan:
Natry metalining benzin ostida suvda erishi
Kerakli jihozlar:
Probirka,benzin,suv fenoftalin, lakmus.Na bo`lagi
.
Mavzuga oid masala va mashqlar.
- 100 l metan yondirilganda qancha issiqlik ajralib chiqadi? Metanning yonish reaksiyasining issiqlik effekti +880 kJ. J: 3928 kJ
4. Uglevodorod bug'ining vodorodga nisbatan nisbiy zichligi 36 ga teng. Undagi uglerod va vodorodning massa ulushi mos ravishda 83,33% va 16,67% ni tashkil qiladi. Ushbu uglevodorodning molekulyar formulasini chiqaring. J :C5H12
2. Alkan bug'larining havodan nisbiy zichligi 7,31 ga teng. Alkanning molekulyar formulasini chiqaring. J:C15H32
3. Geliyga nisbatan zichligi 20,5 ga teng. Ushbu moddaning 4.1 g yondirilganda, 13,2 g karbonat angidrid va 4,5 g suv hosil bo'ladi. Organik moddalarning molekulyar formulasini chiqaring. J: C6H10
|
| |