• II.Nazariy ma’lumotlar.
  • Amaliy ish №1 Domkratlar. Asosiy parametrlari va foydali ish koeffitsientini aniqlash I. Amaliy ishidan maqsad




    Download 0.51 Mb.
    bet1/3
    Sana19.12.2022
    Hajmi0.51 Mb.
    #36064
      1   2   3
    Bog'liq
    1 - Аmaliy ish
    Raqamli filtrlarni vazifalari va qo, OLIMOV SH TARMOQ 16, davlat byudjeti.99, IDROK JARAYONI, 78999, musiqa maktan, opa tayyor, Йиллик хисобот 2021 (1), 1.1.1-maruza (1), 1.2.1-MARUZA (1), Yangi darsliklarning afzalligi slayd, Tabiatshunoslik ID 4-5-kurs sirtqi BT, 5-7 Аbduvoitov Lochinbek, 61-65 Турсунов Бобир Ортиқмирзаевич

    Amaliy ish №1
    Domkratlar. Asosiy parametrlari va foydali ish koeffitsientini aniqlash


    I. Amaliy ishidan maqsad.
    1.1. Vintli, reykali va gidravlik domkratlar tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish.
    1.2.O‘lchash yo‘li bilan domkratlar asosiy parametrlarini aniqlash va berilgan shartlar uchun ularning yuk ko‘taruvchanligini hisoblash.
    II.Nazariy ma’lumotlar.
    Ta’mirlash va montaj ishlarida turli xil konstruksiya va jihozlarni siljitish, to‘g‘irlash va yuklarni uncha katta bo‘lmagan balandlikka (1 m gacha) ko‘tarish uchun domkratlardan foydalaniladi.
    Ular konstruksiyasiga ko‘ra vintli, reykali va gidravlik bo‘ladi.

    1.1-rasm. Vintli domkrat.


    Yukni zarur balandlikda ushlab turish imkonini beruvchi o‘zi to‘xtaydigan rezbali vint-gayka juftligidan foydalanish, foydali ish koeffitsientining past (0,3-0,4) bo‘lishiga sabab bo‘ladi.


    Domkrat korpusi 7 ga 4 gayka mahkamlanib unga yuk ko‘taruvchi po‘lat vint 3 kiritilgan. Vintga nisbatan burilish imkoniga ega bo‘lgan kallak 5 uning yuqori qismiga o‘rnatilgan.
    Vint 3 ikki tomonli treщotka 10 bilan jihozlangan dastak 6 yordamida buraladi.
    Vintning chap yoki o‘ng tomonga burilishi pona 9 yordamida belgilangan treщyotka holati bilan aniqlanadi.
    Domkrat korpusining pastki qismida tayanch plita-gayka joylashgan bo‘lib, u gorizontal harakatlanuvchi 1 vint yo‘naltiruvchisi bo‘yicha harakatlanadi. Bu vintning harakati treщotka 8 bilan jihozlangan dastak 2 yordamida amalga oshiriladi.
    Vintli domkratlar yuk ko‘taruvchanligi 20 tonnagacha, yuk ko‘tarish balandligi esa 0,4 m gacha bo‘ladi. Domkrat yuritmasi uchun zarur bo‘lgan kuch ishchi tomonida dastakda hosil bo‘ladigan moment bilan rezbada ya’ni kallakcha yuqori qismi orasidagi ishqalanish kuchlaridan hosil bo‘lgan momentlar tengligidan aniqlanadi.
    Reykali domkrat korpus 1, reyka 2, burilish kallagi 3, tovon 4, tutqich 5, tishli uzatma 6, val 7, tishli g‘ildirak 8 va xrapovik 9 dan iborat



    1.2-rasm. Reykali domkrat
    Reykali domkratlar odatda. 10 tonnagacha bo‘lgan yuk ko‘taruvchanlikka ega. Yuk ko‘tarish balandligi 0,6 m gacha bo‘ladi.

    1.3-rasm. Reykali domkrat

    Korpus 11 da joylashgan reyka 10 yo‘naltiruvchi 3 bo‘ylab harakatlanadi, reykaning pastki qismi to‘g‘ri burchak ostida bukilgan bo‘lib “barmoq” 4 hosil qiladi, u o‘z navbatida past joylashgan yuklarni ko‘tarishga mo‘ljallangan. Reyka harakati shesternya 2 tomonidan amalga oshirilib ular doimo ilashgan holatda bo‘ladi. Shesternya 4-6 ta tishga ega bo‘lib, dastak 5 va tishli g‘ildirak 8 va 9 lar yordamida aylantiriladi.


    Ko‘tarilgan yukni ushlab turish uchun dastak valida 7 «sobachkali» xrapovik 6 o‘rnatilgan. Reykali domkratlar yuk taqalishi bilan avtomatik ravishda ishga tushadigan tormozlar bilan jihozlanadi. Yetakchi valga shponka yordamida vtulka mahkamlanib, bu vtulkaga dastak o‘rnatiladi.
    Dastak va vtulka orasiga xrapovikli g‘ildirak joylashtirilgan bo‘lib reyka tushayotganda uning aylanishiga sobachka to‘sqinlik qiladi.
    Reyka yordamida yuk ko‘tarilish jarayonida «sobachka» xrapovikli g‘ildirak tishlaridan sirpanib o‘tadi, yuk ko‘tarish jarayoni to‘xtaganda esa «sobachka» xrapovik tishiga qadaladi. Yukli reykani tushirish uchun dastakni teskari tarafga burish zarur. Bu holatda dastak rezba bo‘yicha o‘ng tomonga suriladi vtulka bilan xrapovikli g‘ildirak orasida bo‘shliq payda bo‘ladi va vtulka val bilan birgalikda yuk tomonidan ta’sir etayotgan aylanish momenti tufayli harakatga keladi.
    Agar val aylanish tezligi dastak aylanish qiymatidan ortib ketsa, dastak yana vtulkaga kira boshlaydi.
    Shuning uchun yuk bilan reykani tushirish uchun dastakni yukni tushirish yo‘nalishi bo‘yicha burish kerak.
    Gidravlik domkratlar yuk ko‘taruvchanligi 200 tonnagacha, yuk ko‘tarish balandligi esa 0,2 m gacha buladi.

    1.4-rasm. Gidravlik domkrat.

    Zarur bo‘lgan xolda gidravlik domkratlar yuk ko‘taruvchanligi bir necha ming tonna bo‘lgan batareyalar tashkil qilish mumkin.


    Dastak yuritmali gidravlik domkrat yuqori qismida taqalib turuvchi kallak 1 bilan jihozlangan “skalka” 6 ga ega. Skalka korpus 5 ning silindrik qismiga kiradi, uning pastki qismida joylashgan klapan va teshiklarga ishchi suyuqliklar plunjerli nasos 4 orqali yuboriladi.
    Nasos dastak 2 orqali ishga tushib u nasos plunjeri 3 harakatga keltiradi va suyuqlik yuqori bosimli klapan orqali «skalka » va korpus ostki qismidagi bo‘shliqga yuboriladi.
    “Skalkani” pastga tushirish uchun dastak 3 ni ishchi holat chegarasidan chiqarish kerak. Bu holda suyuqlikni chiqaruvchi klapan ochiladi va suyuqlik og‘irlik kuchi ta’siri ostida “skalka” tagi qismidan oqib o‘tib qo‘shimcha rezervuarga oqib tushadi.
    Dastak holatini o‘zgartirib suyuqlikni chiqaruvchi, klapan ochilish darajasini uzgartirish mumkin bu esa yukni tushirish tezligini o‘zgarishiga olib keladi.

    1. Vintli domkratlarda «vint-gayka» juftligi o‘z o‘zidan to‘xtash xususiyatiga ega bo‘ladi (vint-po‘latdan, gayka esa bronzadan tayyorlanadi). O‘z-o‘zidan to‘xtash vint chizig‘ini ko‘tarilish burchagi  ishqalanish burchagi  dan kichik bo‘lganda yuzaga keladi.

    Yukni ko‘tarishda dastakka tushadigan kuch
    (1.1)
    yukni tushirishdagi kuch
    (1.2)
    bu yerda R - dastakka tushadigan kuch, N;
    Q – domkratning yuk ko‘taruvchanligi, N;
    d – vint rezbasining taqsimlash diametri, mm;
     - vintning ko‘tarilish burchagi, odatda 4-60.
    (1.3)
    bu yerda S – vint qadami, mm.

    - «vint-gayka» juftligining ishqalanish koeffitsienti, cho‘yan gaykada =0,05…0,1, bronza-gaykada =0,05.
    ρ – ishqalanish burchagi, grad;
    R – dastak uzunligi, mm.
     - vintli domkrat foydali ish koeffitsienti (0,3…0,4).
    Yukni ko‘tarish vaqti va tezligini aniqlash uchun:
    a) yukni ko‘tarish balandligi (N=200…350 mm).
    b) dastakning treщotka bilan bitta ikki marotabali yurishining o‘rtacha vaqti (to=2…4 s).
    v) dastakning yurishi a = 400…550 mm deb olinadi.
    Yukni belgilangan balandlikka ko‘tarish uchun, to‘g‘ri keladigan vintning aylanishlari soni
    (1.4)
    Vintning bir marta aylanishi uchun zarur bo‘lgan dastakning treщotka bilan yurishlari soni
    (1.5)

    Download 0.51 Mb.
      1   2   3




    Download 0.51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy ish №1 Domkratlar. Asosiy parametrlari va foydali ish koeffitsientini aniqlash I. Amaliy ishidan maqsad

    Download 0.51 Mb.