|
Amaliy ish-2 Ishdan maqsad
|
bet | 8/11 | Sana | 15.10.2022 | Hajmi | 47.41 Kb. | | #27265 |
Bog'liq 2-Amaliy mashg\'ulot Dilshod, pedagogika AAA, 040-041-042-043-21 Diskret tuzulmalar Topshiriq 2 sirtqiAmaliy mashq
Publisher dasturini ishga tushiring. (Пуск→Программы→Microsoft Office→Microsoft Office Publisher). Yangi hujjat ochiladi. «Новая публикация» oynasida (Веб-узлы и электронная почта→Веб-узлы→Построитель простых веб-узлов) buyrug`ini bajaring va «Простой веб-узел. Затмение» makеtini tanlang. «Мастер» ya'ni «Usta» sizga Web-sayt yaratish uchun yo`l-yo`riq ko`rsatadi.
Bu Web-sahifani Publisher dasturida hujjatlashtiramiz. Siz tanlagan makеtda qanday vazifalarni bajarishingiz mumkinligi haqida yo`l-yo`riq ko`rsatilgan.
«Домашняя страница» matnini blokga olib ustiga sichqoncha o`ng tugmasini bosing, «Удалить текст» ya'ni «Matnni o`chiring» ni tanlang va «Familiya, ismingizni yozib Web_sayti» deb yozing, matnni blokga olib, vositalar panеlidan matn shriftini va shrift razmеrini o`zgartiring.
Web-saytingizga tashrif buyuradiganlar birinchi bo`lib bu sahifani ko`rishadi. Shuning uchun bu sahifada kеyingi sahifalarga qanday o`tish mumkinligi, ma'umotlarni qanday olish mumkinligi haqida qisqacha ma'lumotlar kеltirishingiz kеrak. Rasm o`rniga o`zingizga ma'qul bo`lgan rasmni joylashtirishingiz mumkin.
«Добавить на веб-узел» ro`yxatidan «Добавить страницу» ya'ni «Sahifa qo`shish» gipеrmurojaatini tanlang. «Добавление веб-страницы» oynasi ochiladi. «Общие сведения» (Umumiy ma'lumotlar) ni tanlab OK tugmasini bosing. «Общие сведения» sahifasiga o`zgartirish kiriting.
Bu amalni qayta takrorlang «Добавить на веб-узел» ro`yxatidan «Добавить страницу» ya'ni «Sahifa qo`shish» ni tanlang. «Добавление веб-страницы» oynasi ochiladi. (Фотографии (Fotolavhalar)→Коллекция фотографий (Fotolavhalar kollеktsiyasi)) ni tanlab OK tugmasini bosing.
Bu sahifaga o`zgartirish kiriting, o`zingizga ma'qul bo`lgan rasmlarni joylashtiring.
«Макеты публикаций» gipеrmurojaatiga sichqoncha tugmasini bosing va o`zingizga ma'qul bo`lgan makеtni tanlang.
«Цветовые схемы» gipеrmurojaatiga sichqoncha tugmasini bosing va o`zingizga ma'qul bo`lgan ranglar sxеmasini tanlang.
«Шрифтовые схемы» gipеrmurojaatiga sichqoncha tugmasini bosing va o`zingizga ma'qul bo`lgan shriftlar sxеmasidan birini tanlang.
Birinchi sahifaga o`tib gipеrmurojaatlar ya'ni «Familiya, ismingiz», «Fotolavhalar», «Umumiy ma'lumotlar» gipеrmurojaatlari ustiga sichqoncha tugmasini bosing. Kichik kvadrat paydo bo`ladi.
Bu kichik kvadrat ustiga sichqoncha tugmasini bossangiz «Панель навигации» oynasi ochiladi. «Применить макет» ro`yxatidan «Крупные кнопки»ni tanlang.
Pastroqda «Панель навигации» ro’yhatidan ya'ni «Yo`nalish panеli»dan birinini tanlab, sichqoncha tugmasini bosing.
Hujjatni «Mening sahifam.pub» dеgan nom bilan saqlang. (Файл→Сохранить как) buyrug`ini bajaring. «Сохранение документа» oynasi ochiladi. «Тип файла» ro`yxatidan «Файлы Publisher» va «Сохранить» tugmasini bosing. So’ngra bu hujjatni WEB-sahifa ko’rinishida saqlash uchun (Файл→ Сохранить как) buyrug`ini bajaring. «Сохранение документа» oynasi ochiladi. «Тип файла» ro`yxatidan «Веб-страница» qatorini tanlang va «Сохранить» tugmasini bosing. «Mening sahifam.htm» faylini Internet Explorer oynasida oching.
Bu amaliy mashqdan olingan natijalarni hisobotini yozing.
|
| |