• Mantiqiy amallar
  • Amaliy ish №2




    Download 324.19 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana21.08.2022
    Hajmi324.19 Kb.
    #25307
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Amaliy ish 2



    Amaliy ish 
    № 2
     
    Mavzu: Arifmetik-mantiqiy amallar bilan ishlash. Arifmetik va mantiqiy amallar 
    buyruqlarining bajarilishini o'rganish. 
    Ishdan maqsad: Arifmetik va mantiqiy amallar haqida tushuncha hosil qilish 
    Mantiqiy amallar mulohazalar mazmuni yoki hajmining о‘zgarishiga hamda yangi 
    mulohazalarni shakllantirishga olib keladi. Mantiqiy ifodalar A, B, C, … lotin harflari yordamida 
    belgilangan mulohazalarni konyunksiya, dizyunksiya, inversiya, implikatsiya va ekvivalensiya 
    kabi mantiqiy bog‘lovchilar bilan ma’lum bir qoidaga ko‘ra birlashtirish natijasida hosil qilinadi. 
    Mantiqiy ifodalar unda ishtirok etgan o‘zgaruvchilarning qiymatlariga bog‘liq ravishda rost 
    (mantiqiy 1) yoki yolg‘on (mantiqiy 0) qiymatlardan birini qabul qilishi mumkin. 
    Quyida sodda mulohazalar ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan ba’zi amallar bilan tanishamiz. 
    Ikkita sodda mulohazaning “va” bog‘lovchisi orqali bog‘lanishidan hosil bo‘lgan yangi 
    mulohazaga 
    sodda 
    mulohazalar 
    ko‘paytmasi 
    dеyiladi. 
    Mantiqiy amallar, mantiqiy operatsiyalar — berilgan hadlari va natijasi mulohaza (fikr) dan 
    iborat amallar. Berilgan hadlar soniga qarab Mantiqiy amallar bir oʻrinli, ikki oʻrinli va h.k. deb 
    yuritiladi. Bir oʻrinli Mantiqiy amallar soni toʻrtta: berilgan fikrdan qatʼi nazar natijasi doim chin 
    (aynan haqiqat) amal, natijasi doim yolgʻon (aynan yolgʻon) amal, natijasi berilgan fikr bilan mos 
    tushadigan amal va, nihoyat, berilgan fikr chin boʻlsa, natijasi yolgʻon, berilgan fikr yolgʻon 
    boʻlsa, natijasi chin boʻladigan amal. Soʻnggi mantiqiy amal bir oʻrinli Mantiqiy amallardan eng 
    muhimi boʻlib, u inkor amal deyiladi. A fikrning inkori ~hA kabi belgilanib, "A emas" deb 
    oʻqiladi. Mas, 1 Oy sayyora — "Oy sayyora emas", (] 2*2=4) — ikki karra ikki toʻrt emas. 
    Ikkilik kodda yozilgan mashina soʻzlari ustida Mantiqiy amallar mos razryadlar boʻyicha bajarilib, 
    i oʻrniga 1, l oʻrniga 0 olinadi, matn shakliga aylantiriladi va maʼlumot koʻrinishida chiqish 
    qurilmasiga beriladi. Mantiq-informatsion mashina tez ishlashi, "xotira" hajmining kattaligi bilan 
    oddiy hisoblash mashinalaridan farq qiladi. Mantiq-informatsion mashina i. t. natijalarini ishlash, 
    adabiyot topishni avtomatlashtirish, sanoat, qishloq xoʻjaligi va transportga oid statistik 
    maʼlumotlarni, davolash muassasalarida bemorlarni kuzatishdan olingan natijalarni, meteorologik, 
    seysmologik stansiyalardan, Yer sunʼiy yoʻldoshlaridan olingan maʼlumotni ishlash va tarjima 
    ishlarida qoʻllaniladi.
    [1]
    Protsessor tarkibidagi arifmetik-mantiqiy qurilmaning ishlash prinsipini tushunish uchun avval 
    insonning mantiqiy fikrlash va xulosa chiqarish usullarini ko’rib chiqamiz. 
    Insonlar kundalik hayotda o’zaro muloqot qilish uchun turli mulohazalardan foydalanishadi. 
    Ma’lumki, mulohaza – narsa yoki hodisalarning xususiyatini anglatuvchi darak gapdir. Boshqacha 
    aytganda, mulohaza – rost yoki yolg’onligi haqida so’z yuritish mumkin bo’lgan darak gap. 
    Mulohazalar sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan 
    hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda 
    mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin. Odatda 
    murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan “VA”, “YОKI” kabi bog‘lovchilar, “EMAS” 
    shaklidagi ko‘makchilar yordamida tuziladi. 


    Ikkita A va B sodda mulohaza bir paytda rost bo‘lgandagina rost bo‘ladigan 
    yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali konyunksiya (lot. conjunctio – 
    bog‘layman) – mantiqiy ko‘paytirish amali deb ataladi. Mantiqiy ko‘paytirishni ifodalaydigan 
    quyidagi jadvalga rostlik jadvali deyiladi: 
    Quyidagi sodda mulohazalar berilgan bo‘lsin: 
    = “Mantiq algebrasining asoschisi Jorj Bul hisoblanadi”; 
    = “Klod Shennonning tadqiqotlari mantiq algebrasini hisoblash texnikasida qo‘llash imkonini 
    bergan”. 

    Download 324.19 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 324.19 Kb.
    Pdf ko'rish