-20-amaliy mashg’ulot MIMO texnologiyasini tadqiq etish




Download 315,74 Kb.
bet12/13
Sana13.01.2024
Hajmi315,74 Kb.
#136466
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
11-20

19-20-amaliy mashg’ulot MIMO texnologiyasini tadqiq etish.


Ishdan maqsad: MIMO texnologiyasi bo‘yicha tushunchalarga ega

bo‘lish Nazariy ma’lumot




MIMO (ingl. Multiple Input Multiple Output – ko‘p sonli qabul qilish –ko‘p sonli uzatish) – yangi ma’lumot uzatish texnologiyasi bo‘lib, unga ko‘ra dastlabki ma’lumotlar oqimi demultipleksorda alohida uzatish traktlari bo‘yicha ishlov berish va uzatish uchun N sonli oqimlarga ajratiladi. Qabul qilish tomonida esa M sonli qabul traktlari bo‘lib, ularda ma’lumotlar multipleksordan o‘tadi va qabul qilishdagi xatoliklarning sonini kamaytiruvchi maxsus algoritmlar bo‘yicha yana qaytib bir oqimga yig‘iladi. Bu xatoliklar uzatish kanalidagi buzilishlar va signallarning fazoviy korrelyatsiyasi natijasida vujudga kelishi mumkin (1-rasmga qarang).

1-rasm. MIMO ning soddalashtirilgan ko‘rinishi
Shunday qilib, MIMO texnologiyasi bitta radiokanalda bir nechta uzatuvchi va qabul qiluvchi traktlarni ishlatadi. Amalda MIMO ni ishlash tartibida ikki xil rejim ajratiladi: Fazoviy ajratish (FA) va Fazoviy Multiplekslash (FM) rejimlari.
FA rejimida signal nusxalarini bir necha uzatuvchi va mos ravishda bir necha qabul qiluvchi antennalarga ajratish amalga oshiriladi (ya’ni, bir xil axborot bir necha qabul qilish/uzatish traktlari bo‘yicha yuborib qabul qilinadi).
FM rejimida ketma-ket ma’lumotlar oqimi bir necha parallel oqimlarga bo‘linadi va bir necha qabul qilish/uzatish traktlari bo‘yicha uzatiladi va qabul qilinadi (ya’ni ma’lumotlar oqimini uzatish tezligi bir necha martagacha oshadi). Shunday qilib, FM rejimi kanalning yuqori sig‘imini (o‘tkazuvchanlik qobiliyatini) ta’minlashi mumkin, lekin signal sifatini yaxshilamaydi, aksincha uni xatto yomonlashtirishi xam mumkin.
Buning aksiga, FA rejimi signal sifatini sezilarli tarzda yaxshilaydi va qabul qilgich tomonida yuqori ―signal-shovqin‖ nisbatini ta’minlaydi, lekin kanalning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini deyarli o‘zgartirmaydi. Xususan, keng qamrovli sotalarda FM o‘z imkoniyatlari chegarasida ishlaydi, chunki aloqa masofasi qancha uzoq bo‘lsa, shunchalik signal kuchli bo‘lishi kerak. Amaliѐtda MIMO ning ikkala rejimining kombinatsiyasini ham qo‘llash mumkin (masalan, 4*4 sxemali MIMO da fazoviy ajratilgan ikki juft multiplekslovchi antennalarni qo‘llash mumkin).
MIMO texnologiyasining afzalliklariga quyidagilar kiradi:
Pastga yo‘nalishdagi kanallarning ishini yaxshilash, bu radioto‘lqinlar kuchli tarqalishi sharoitida signalning turg‘un va ishonchliroq uzatilishida namoѐn bo‘ladi. ―Yuqoriga yo‘nalishdagi kanallar uchun yaxshilanishlar sezilarli emas;
Bir necha mustaqil oqimlar bir vaqtda uzatilganda yuqoriroq darajadagi modulyatsiya sxemalarini ishlatish hisobiga kanalning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish;
Tizimning, ayniqsa abonentlarni yuqori mobillik xolatlarida,ish xarakteristikalarini stabilligini oshirish.

MIMO ning kamchiliklariga qayta akslanish bo‘lmagan hollarda, masalan, inshootlar nozich joylashgan tumanlarda, avtomagistral ѐqalarida, darѐ bo‘ylab va shunga o‘xshash hollarda sifat xarakteristikalarini pasayishini kiritish mumkin.



Download 315,74 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 315,74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-20-amaliy mashg’ulot MIMO texnologiyasini tadqiq etish

Download 315,74 Kb.