Amaliy mashg’ulot mavzu: Gips mahsulotlari, ularning turlari va ishlatilish sohalari




Download 216,85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.12.2023
Hajmi216,85 Kb.
#124012
Bog'liq
5-semestr.Amaliy-8



AMALIY MASHG’ULOT 
Mavzu: Gips mahsulotlari, ularning turlari va ishlatilish sohalari 
Ushbu qorishmalarni tayyorlash gips toshini maydalangan so‘ndirilmagan oxakni so‘nishda 
ajratilgan issiqlik xisobiga kuyishiga asoslangan va quyidagi reaksiya bo‘yicha o‘tadi: 
2 (CaSO4∙2H2O)CaO(CaSO4∙0,5H2O)Ca(OH)2163 kDj . 


Ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagicha: gips oxaktoshi ikki bosqichda maydalanadi, so‘ng 
sharli tegirmonda gips: oxak – 1:0,6 yoki 1:1 nisbatda maydalanadi va aralashtiriladi. Tayyor 
qorishma issiqlik saqlovchi silosga jo‘naitladi va 140-1600C da gips va oxak o‘rtasida reaksiya 
sodir bo‘ladi. 
Bu qorishmalar mustaxkamligi 2-3 MPa bo‘lgan buyumlar tayyorlashda qo‘llaniladi. 
Ikki molekula suvli gipsni 600-7000C da kuydirilganda angidrit xosil bo‘ladi. Uning kimyoviy 
formulasi CaSO4 – bu bog‘lovchi moddani Budnikov P.P. taklif etgan. Bu modda sekin tishlashib 
qolish va sira xam qotmasligi yoki tishlashib qolmasligi bilan fazilatlanadi. Biroq aktivizatorlarni 
kiritish angidritning eruvchanligini oshiradi va gidratatsiya uchun sharoit yaratadi. Aktivizatorlarni 
bu xarakatini Budnikov P.P. shunday tushuntiradi: gips suv va tuzlar bilan o‘zining yuzasida 
chidamsiz murakkab gidrat xosil qiladi. Bularga oxak 3-5% moddalar turli xil sulfatlar, 
kuydirilgan dolomit, shlaklar 10-15% kullar kiradi. Ular angidrit bog‘lovchilarni un xoliga 
keltirishda qo‘shiladi. Shular ichida eng keng ishlatiladigani oxakdir, uni ishlatilganda, yarim 
molekula suvli gipsni qo‘shishni tavsiya qilinadi, shunda angidrit bog‘lovchini mustaxkamligi 
oshadi. Angidrit bog‘lovchini ishlab chiqarish jarayoni gipstoshni 600-7000C da shaxtali yoki 
aylanma pechlarda qo‘shimchalar qo‘shib maydalab yoki qo‘shimchalar qo‘shmay kuydirish 
xisoblanadi. Gipstoshni shaxtali, yoki aylanma pechlarda kuydiriladi, so‘ng mayda maydalanadi. 
Angidrit gidravlik bog‘lovchi xossaga ega emas, u faqat xavoda qotadi. Qurilish eritmalari, 
shuningdek betonlar va quruq sharoitda ishlatiladigan qurilish moddalari xamda sement xamiri 
ko‘rinishidagi modda tayyorlash uchun ishlatiladi. Markasi 50, 100, 150, 200. 
Yuqori xaroratda kuydirilgan gips (Estrix-gips) 
Gipsni 800-10000C da kuydirish va oxirgi maxsulotni un xolatiga keltirish estrix-gips deb 
ataladigan bog‘lovchi modda olish imkonini beradi. Gips kuydirilganda to‘liq suv yo‘qotiladi va oz 
miqdorda CaO xosil bo‘ladi. U «tiriltiruvchi» katalizator rolini o‘ynaydi. Yuqori xaroratda 
kuydirilgan gips qotganda suvsiz CaSO4 ikki molekula suvli gipsga o‘tadi. 
Bunda oraliq maxsulot sifatida yarimgidrit xosil bo‘lmaydi. Gidratlanish sekin boradi, SaO 
gidratlanadi, uning bir qismi CaSO4 bilan o‘zaro ta'sirlanishi mumkin, bunda CO2 xisobiga 
CaSO3 xosil qiladi. Qotganda xajmi bir oz qisqaradi. Yuqori haroratda kuydirilgan gipsning 
xossalari kuydirish haroratiga bog‘liqdir. yuqori haroratda kuydirilgan gipsni fosfogipsdan ham 
olish mumkin tarkibida fosfor oksidi R2O5 bo‘lgani uchun kuydirish haroratini pasaytirish 
mumkin. Tishlashish va qotish jarayoniga silikatlarni alyuminatlarni ta'siri nixoyatda katta va 
oxirgi maxsulot tez tishlashish va qotishi bilan ajralib turadi. Ushbu gipsdan tayyorlangan 
maxsulotlar suvga, sovuqqa chidamligi bilan oddiy qurilish gipsdan tayyorlangan maxsulotlarda 
ajralib turadi. 
Choksiz pollar, bino devorini sun'iy maramar, ichini pardozlash uchun qorishmalar tayyorlashda 
ishlatiladi. 
Gipsli bog‘lovchi turlari 
A.V. Voljenskiy, R.V. Ivannikov va boshqalar tavsiya etgan gips sement - putssolan bog‘lovchi 
moddalarni qurilish maxsulotlari ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin. U atrof- muxitning juda 
xam namgarchiligiga chidamli bo‘ladi. Tarkibi asosan 50-70% qurilish gipsdan 15-25% 
portlandsementdan, 10-25% putssolan gidravlik qo‘shimchalardan iborat. bog‘lovchi tarkibidagi 


putssolan qo‘shimchani roli shundan iborat: suvli muhitda Ca(OH)2 ning konsentratsiyasini 
pasaytiradi va yuqori asosli kalsiy gidroalyuminatlarni mustaxkam past asosli gidroalyuminatlarga 
o‘tishiga sharoit yaratadi. 
Portlandsementdagi kalsiy silikatlar suv reaksiya kirishib SSN(V) tipidagi gidrosilikatlar xosil 
qiladilar va bog‘lovchini suvga chidamliligini oshiradi. Putssolan 


qo‘shimcha sifatida trepel, opoka, diatomit, faol vulqon jinslar, gillar, kullardan 
foydalanish mumkin. 
Bu bog‘lovchidan kam qavatli yashash binolar, vanna xonalar uchun devorlar, 
ventilyasiya kanallar uchun bloklar tayyorlash uchun ishlatiladilar. 
Bog‘lovchi asosida tayyorlangan beton va buyumlar 20±5 °C sovuqqa chidamligi 
bilan ajraladi. 
Nazorat uchun savollar: 
Angidrit bog‘lovchini ishlab chiqarish texnologiyasi. 
Yuqori mustaxkam gipsni yuqori xaroratda kuydirilgan gipsdan farqi. 
Gips bog‘lovchilarni tutib qolishini tezlashtiruvchilar va sekinlashtiruvchilar. 
4.Baykov A.A. ning gipsning qotish nazariyasi. 
7.Qurilish gipsning asosiy xossalari. 
Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari: kompyuter texnologiyalari, laboratoriya 
jixozlari, ko‘rgazmali qurollar( beton kubiklar, qorishmalar, slaydlar); 
Darsni o’tishda qo’llaniladigan pedagogik metod turlari: 
Aqliy hujum, klaster, 
Darsni o’tishda qo’llaniladigan texnik vosita turi: 
Ko’rgazmali qurol 
Proyektor 
Slayd 
Tarqatma material 

Download 216,85 Kb.




Download 216,85 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy mashg’ulot mavzu: Gips mahsulotlari, ularning turlari va ishlatilish sohalari

Download 216,85 Kb.
Pdf ko'rish