Amaliy mashg‘ulot windows otda ishlash ko’nikmalarini takomillashtirish. Reja




Download 3.25 Mb.
bet5/22
Sana26.02.2022
Hajmi3.25 Mb.
#18131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot 1
2 Курс Алгоритмларни лойиҳалаш CAL1316 HEMIS Student axborot, 59 (1), Chizgilar, Ozodbek, 123123123123
Fayllarga murojaatni boshqarish
Ko’pgina foydalanuvchilar ishchi guruh va r2r – tarmoq a’zolari uchun murojaatni erkin bo’lishi uchun:
1. Murojaat qilinishi kerak bo’lgan faylli papkalarga sichqoncha o’ng tugmasini bosing.
2. Ochilgan muloqot oynasida Sharing (murojaat) bo’limini tanlang.
3. Papka xossalari muloqot oynasida Sharing (murojaat) bo’limiga o’tib, Share This Folder (bu papkaga umumiy ruxsat ochish) komandasini tanlang (rasmda ko’rsatilgan).

Rasm.7.9
A tasvir. Papka xossalari muloqot oynasida guruh va foydalanuvchilar murojaatini boshqarishni sozlash bajariladi.
1.Share name (umumiy resurs nomi) grafasiga papka nomi kiritiladi.
2.Zaruriyat bo’lsa, Comment (tavsif) grafaga bir nechta tushuntirish so’zlarini qo’shish mumkin.
3.OK tugmasini bosing.
Hamma foydaluvchilar (Everyone) uchun ruxsatni o’chirish va har bir foydalanuvchi uchun murojaat darajasini individual tarzda sozlash uchun:
1.Kerakli papka ustida sichqoncha o’ng tugmasini bosing.
2.Ochilgan menyudan “Sharing and Security” (umumiy murojaat va xavfsizlik) bo’lishini tanlang.
3.Permissions (ruxsat) tugmasini bosing.Permissions for… (... uchun ruxsat) muloqat oynasi (B tasvirda ko’rsatilganidek) ochiladi.

Rasm.7.10
V tasvir. Share Permissions (umumiy resurs uchun ruxsat) bo’limidagi Permissions For… (… uchun ruxsat) muloqot oynasi.
4. Keltirilgan foydalanuvchilar guruhi yoki foydalanuvchilar ro’yxatidan Everyone (hamma) ob’ektni ajrating.
5. Remove (olib tashlang) tugmasini bosing.
6. Add (qo’shish) tugmasini bosing. Select Users Or Groups (Tanlash: foydalanuvchi yoki guruh) oynasi rasmda ko’rsatilganidek ochiladi.

Rasm.7.11
S tasvir. Murojaatni sozlash talab qilinayotgan guruh yoki foydalanuvchilarga tanlab, Enter The Object Names To Select (tanlangan ob’ekt nomlarini kiriting) maydoniga kiritib, OK tugmasini bosing.
7. Enter The Object Names To Select (tanlangan ob’ekt nomlarini kiriting) murojaat huquqi o’zgartiriladigan guruh yoki foydalanuvchilarni tanlab, OK tugmasini bosing.
8. Group Or Users Names (guruh yoki foydalanuvchilar) panelida murojaat sozlanadigan ob’ektni belgilang: ruxsat berish va man qilish (Allow yoki Deny); to’liq murojaat (Full Control), o’qish (read) va o’zgartirish (change).
9. O’zgartirishlar kuchga kirishi uchun muloqot oynasini yoping. Papka xossasi oynasidan chiqish uchun OK ni bosing.
To’liq murojaat (Full Control) huquqi guruh yoki foydalanuvchilarga papkadagi fayllarni o’qish, o’zgartirish, olib tashlash va ishga tushirishga imkon beradi. Bundan tashqari, bunday foydalanuvchilar bu katalogda yangi papkalar yaratish va papkalarni olib tashlash huquqiga ega.
Papkadagi ma’lumotlarni o’zgartirish (change) huquqiga ega bo’lgan foydalanuvchilar katalogdagi ma’lumotlarni ko’rishlari va o’zgartirishlari, u yerda o’z fayl va papkalarini yaratishlari va undagi dasturlarni bajarishga burishlari mumkin.


Download 3.25 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 3.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy mashg‘ulot windows otda ishlash ko’nikmalarini takomillashtirish. Reja

Download 3.25 Mb.