• Elektron saqlagichlardan qayta foydalanish va yo’q qilish uchun berilgan tavsiyalar 154,159,164
  • -amaliy mashg’ulot: Ma’lumotlarni xavfsiz o’chirish usullari




    Download 1.76 Mb.
    bet3/3
    Sana20.02.2023
    Hajmi1.76 Mb.
    #42951
    1   2   3
    Bog'liq
    AMALIY MASHG545

    3-amaliy mashg’ulot: Ma’lumotlarni xavfsiz o’chirish usullari
    Axborot xavfsizligida ma’lumotni xavfsiz saqlash qanchalik muhim hisoblansa, ularni xavfsiz yo’q qilish ham shunchalik muhim. Sababi, konfidensial axborot to’liq yo’q qilinmagan taqdirda uni tiklash imkoniyati saqlanib qoladi. Hozirgi kunda foydalanilayotgan barcha ma’lumotlarni yo’q qilish usullarini ishonchli deb aytib bo’lmaydi. Quyida qog’oz ko’rinishidagi va elektron ko’rinishdagi hujjatlarni yo’q qilish usullari va ularning xususiyatlari bilan tanishib chiqiladi.
    Qog’oz ko’rinishdagi hujjatlarni yo’q qilish usullari. Odatda qog’oz ko’rinishdagi hujjatlarni yo’q qilishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
    - maydalash (shreder);
    - yoqish; - ko’mish;
    - kimyoviy ishlov berish.
    Maydalash. Tashkilotda rahbariyat ruxsati bilan xodimlar qo’lida bo’lgan qog’oz ko’rinishidagi hujjatlar vaqti o’tib o’z kuchini yo’qotadi yoki ularda arzimas ma’lumotlar saqlangani bois ularni yo’q qilish zaruriyati tug’iladi. Biroq, mazkur holda qimmat ma’lumot bo’lsa ularni to’liq yo’q qilish talab etiladi. Maydalash jarayoni ushbu vazifani bajarishda keng qo’llaniladigan usullardan biri hisoblanadi. Bunda ofis maydalagichi qog’ozni turli kesishlar orqali ularni juda kichik bo’laklarga ajratadi (4-rasm).

    4-rasm. Shreder Rexel Auto+ 90X
    Maydalash usulining afzalligi quyidagilardan iborat:
    - bir marta sotib olish bilan uzoq vaqt foydalanish mumkin;
    - materiallarni yo’q qilish uchun qo’shimcha joy talab qilinmaydi;
    - maxfiy ma’lumotlarni ham maydalay oladi.
    Yoqish. Yoqish orqali katta hajmdagi hujjatlarni tezda yo’q qilish mumkin. Ma’lumotni yo’q qilishning mazkur usuli ekologik jixatdan ma’qullanmaydi. Bundan tashqari yoqish usuli quyidagi kamchiliklarga ega:
    - tashkilot ichida yoki tashqarisida qog’ozlarni yoqish uchun maxsus joy bo’lishi talab etiladi;
    - agar yonish yuqori sharoitda maxsus qozonxonalarda amalga oshirilmasa, qattiq bosilgan papkalarni to’liq yonmaslik ehtimoli mavjud;
    - olovni yoqish, qog’ozlarni yuklash va tushirish ortiqcha xarajat talab etadi.
    Ko’mish. Ushbu usul avvallari keng foydalanilgan usul hisoblansada, hozirda kamdan-kam hollarda foydalaniladi. Ushbu usul qog’oz ma’lumotlarni to’liq yo’q qilish imkoniyatini bermaydi. Iqlimi quruq hududlarda qozog’ ma’lumotlarni yo’q bo’lishi uchun uzoq vaqt talab etiladi. Kimyoviy ishlov berish. Yuqori maxfiylik darajasiga ega hujjatlarni yo’q qilishda yuqorida keltirilgan usullar to’liq kafolatni ta’minlamaydi. Kimyoviy usul esa qog’oz ko’rinishidagi axborotni 100% ishonchlik bilan yo’q qilish imkonini beradi. Buning uchun maxsus kimyoviy modda va suvdan foydalaniladi. Hosil qilingan massani tiklashning umuman imkoni mavjud emas. Ushbu usulning yagona kamchiligi uning narxi yuqoriligi va maxsus joy talab etilishi.
    Elektron hujjatlarni yo’q qilish Elektron shaklda saqlanadigan shaxsiy va tashkilotga tegishli ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish usullarining ko’payishi sababli elektron ommaviy axborot vositalariga ishonish muammosining dolzarbligi oshmoqda. Misol tariqasida, markaziy razvedka boshqarmasi va AQSh milliy xavfsizlik agenti Edvard Snoudenga tegishli yangiliklarni olish mumkin. Xususan, 2013 yil iyun oyining boshida u NSA tashkilotiga tegishli hujjatlarni oshkor qildi. Bunga ko’ra G20 sammitining chet ellik mehmonlari, shu jumladan Dmitriy Medvedovni Amerika va Buyuk Britaniya razvedka idoralari tomonidan kuzatilayotgani aytilgan. Maxfiy agentlar PRISM dasturi yordamida noutbuk va telefonlarda saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishni uddasidan chiqishgan. Buyuk Britaniya hukumati aloqa markazining xodimlari BlackBerry kodini buzib, qo’ng’iroqlarni tinglash va sammit ishtirokchilarining yozishmalarini o’qish imkoniyatiga ega bo’lishgan.
    Elektron vositalardagi ma’lumotlardan xolos bo’lishning eng oson yo’li uni Korzinkaga yuborish yoki, yanada radikal usuli, formatlash. Bu usul aksariyat foydalanuvchilar tomonidan ishonchli usul deb qaralsada, aslida bunday emas. Bu usul ma’lumotni fizik yo’qolishini ta’minlamaydi. Bu holda maxsus dasturlar (Recuva, Wise Data Recovery, PC Inspector File Recovery, EaseUS Data Recovery Wizard Free, TestDisk and PhotoRec, Stellar Data Recovery) yordamida ularni qayta tiklash imkoniyati mavjud.
    Hozirgi kunda amalda elektron hujjatlarni saqlagichlar sifatida quyidagi turdagi vositalardan foydalanilmoqda:
    - qattiq disklar: noutbuk va kompyuterdagi qattiq disklar;
    - magnit lentalar (zaxira nusxalashdagi);
    - floppi-disk: 3.5 va 5.25 dyumli va boshqa;
    - ZIP disklar; - optik disklar: CD, DVD, Blue Ray va HD DVD;
    - flesh xotiralar va h.
    AQSh hukumatida konfidensial axborotni saqlash va o’chirib tashlash bo’yicha qator normativ hujjatlar ishlab chiqilgan (Code of Federal Regulations). Masalan, AQShning markaziy arxiv markazlarida elektron saqlagichdagi ma’lumotni yo’q qilishning quyidagi uchta usulidan foydalaniladi:
    Shredirlash. Kuchli sanoat maydalagichlari deyarli barcha ko’chma saqlaguvchilarni: CD, DVD, disket, magnit lentalar va hak. maydalash natijasida ularni 25 mm. li qismlarga bo’lib tashlaydi (5-rasm).

    5-rasm. Shredirlash jarayoni
    Magnitsizlantirish. Maxsus qurilma ichida joylashtirilgan saqlagichning xususiyatlari o’zgartiriladi va shu bilan o’qib bo’lmaslik ta’minlanadi. Agar kuchli magnitsizlantirish amalga oshirilsa ma’lumotlar saqlagichdan o’chiriladi va saqlagichning o’zi neytral magnit holatiga kiradi. Ushbu ma’lumotni yo’q qilish usuli dattiq disklar va ba’zi ko’chma qurilmalar uchun qo’llaniladi (6-rasm).

    6-rasm. UE-02 qurilmasi

    7-rasm. Kuchli magnit maydoni natijasida USB flesh saqlagichining o’zgarishi
    Yanchish. Shredirlash jarayonidan tashqari AQSh federal arxiv markazlari tomonidan qattiq diskni yanchish orqali uni jismonan yo’q qilish usuli ham mavjud. 5.5 tonna og’irlikdagi tosh ostida kompyuter va noutbuklarning qattiq disklari tamomila yo’q qilinadi. Ushbu mexanizm maksimal hajmi 2.5×10×15 sm. bo’lgan, 3.5, 2.5 va 1 dyumli disklar (SATA, PATA, SCSI) ni maydalash uchun mo’ljallangan.
    Yuqorida keltirilgan usullarning aksariyati ma’lumot eltuvchisini fizik yo’q qilishni maqsad qiladi. TOP SECRET bo’lmagan axborot saqlangan holda esa saqlagichlardan qayta foydalanish talab etiladi. Buning uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
    - saqlagich xotirasiga bir necha marta takroran yozish;
    - maxsus dasturlar yordamida saqlagichni tozalash (formatlashdan oldin ma’lumotni o’chirish). Ushbu usul ma’lumotni kafolatli yo’q qilish imkonini bermasada, amaliyotdagi aksariyat holatlar uchun yetarli hisoblanadi.
    AQShning Cornell kompaniyasi tomonidan elektron axborotni saqlovchilarni qayta foydalanish va ularni yo’q qilish uchun quyidagi tavsiyalar beriladi (1- jadval).
    1-jadval
    Elektron saqlagichlardan qayta foydalanish va yo’q qilish uchun berilgan tavsiyalar

    154,159,164
    Download 1.76 Mb.
    1   2   3




    Download 1.76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -amaliy mashg’ulot: Ma’lumotlarni xavfsiz o’chirish usullari

    Download 1.76 Mb.