• 4. Peptizatsiya
  • "Amaliy mashg'ulotlar" fanidan yakuniy nazorat ishi




    Download 94.45 Kb.
    bet4/6
    Sana04.04.2017
    Hajmi94.45 Kb.
    #2864
    1   2   3   4   5   6
    F    S

    bu erda:

    F - sirtning erkin energiyasi;  - sirt taranglik koeffitsient; S - fazalararo sirt kattaligining o‘zgarishi.
    Yuqoridagi usulda “asl metall”larning zollari olinadi.

    Mexanik dispergatsiya jarayonida qattiq jism mustahkamligini qo‘shimcha moddalar yordamida kamayishi “Rebinder effekti” yoki mustahkamlikning adsorbsion kamayishi deyiladi.
    2. Metallarni elektr toki yordamida changlatish (Volta yoyi yordamida)

    Bu usulni 1898 yilda Bredig taklif etgan. Kolloid eritmasi olinishi kerak bo‘lgan metalldan yasalgan sim dispersion muhitga tushiriladi.

    Muhitga ozgina ishqor qo‘shib qo‘yiladi. Bu usulda nodir metallarning zollari olinadi.

    3. Ultratovush yordamida changlatish

    Kolloid eritma olish uchun ultratovush to‘lqini maydoniga bir-biri bilan aralashmaydigan ikkita suyuqlik solingan idish qo‘yiladi. Emulsiyalar shu usulda olinadi. Bu usul bilan Ag, Pd, Bi larning kolloid eritmalari hosil qilinadi.

    4. Peptizatsiya

    Zolni koagulyasiya mahsulotini qaytadan kolloid eritmaga o‘tkazish – peptizatsiya deyiladi. Uni amalga oshirish uchun yangi cho‘kkan amorf cho‘kmaga biror elektrolit qo‘shib, erituvchi bilan aralashtiriladi. Bu qo‘shilgan elektrolit peptizator deyiladi.

    Peptizatsiya tezligiga – elektrolit konsentratsiyasi, cho‘kma holati va miqdori, harorat, aralashtirish tezligi, pH, ultratovush, radiaktiv nurlar va h.k. ta’sir etadi.

    1. Agar zarracha sirtiga peptizatorning o‘zi yutilib, kolloid eritma hosil bo‘lsa – bevosita peptizatsiya deyiladi.



    bu yerda: – peptizator hisoblanadi.



    2. Agar zarracha sirtiga peptizatorning o‘zi emas, uning cho‘kma bilan hosil qilgan oraliq mahsuloti shimilsa – bilvosita peptizatsiya deyiladi.

    amorf cho'kma peptizator



    Peptizatsiya mexanizmi

    Peptizatsiya koagulyasiyaga teskari jarayondir. Unda cho‘kmaga tushgan zarrachalar dezagregatsiyaga uchrab, qaytadan alohida kolloid zarrachalarga o‘tishi ro’y beradi.

    Mana bugungi darsimiz yakuniga yetdi. Keling, “BBB” jadvaliga qaytib uni yana aqliy hujum shalkida yakunlaymiz. Marhamat, uchunchi "B" bo'yicha fikr bildiring. Talabalar qo'l ko'tarib birin-ketin javob berishdi:



    • Kolloid tegirmonlarda jism maydalanganda bevosita suyuqlik bilan birga maydalanar ekan.

    • “Rebinder effekti” bu – mexanik dispergatsiya jarayonida qattiq jism mustahkamligini qo‘shimcha moddalar yordamida kamayishidir.

    • Kolloid sistemalarda lok-bo’yoq moddalar yuzasining turli tuslarda yaltirashiga sabab – zarrachalarning nurni qaytaradigan darajasida mayda qilib tuyulganligidir.

    O'qituvchi talabalarning javoblaridan mamnun bo'lib, ularni ommaviy test yechishga taklif qildi. Ekranda PowerPoint dasturining iSpring QuizMaker ilovasida ishlangan interfaol testlar namoyon bo'ldi.




    Download 94.45 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 94.45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    "Amaliy mashg'ulotlar" fanidan yakuniy nazorat ishi

    Download 94.45 Kb.