• Mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish
  • Davriy texnik xizmat ko‘rsatish




    Download 57.5 Kb.
    bet3/4
    Sana02.04.2024
    Hajmi57.5 Kb.
    #185784
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1-AMALI MASHG
    3-MAVZU, 7 fizika uzb 2017 (1) kk emas-010, 7 fizika uzb 2017 (1) kk emas-011, 1s6c1s6c1s6c1s6c1s6c1s6c1sc6c1sf6e16asvd1bv6fsb1s1616, 10-MUSTAQIL ISH 403-GURUH TALABASI XONAZAROVA SHABNAM QIYOSIY PEDAGOGIKA, OfferI ru, Samadova Zebuniso Tarbiya fanining dolzarb muammolari slayd, “Qurilish materallari va buyumlari’’ fanidan yakuniy nazorat savollari, bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, Юксак.Силлабус 2023-2024, @kompyuterscience 5 9 sinflar uchun yillik taqvimiy ish reja, Kredit-modul-tizimi-Nizomi (1).pdf tojikcha, Oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlaritttt, 5G31jGSM0zvSWRIaL68WhTdV40kHSYwRViM8TQMW, Tajriba ishi 8
    Davriy texnik xizmat ko‘rsatish, belgilangan qoidalarga muvofiq muayyan vaqtdan yoki ish hajmidan so‘ng o‘tkaziladi.
    Traktor va o‘zi yurar shassilarning texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi mashinaning rusimiga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlagan soati bo‘yicha quyidagicha belgilanadi: birinchi texnik xizmat ko‘rsatish TXK-1 - 125 soatdan; TXK-2 - 500 soatdan; TXK-3- 960 soatdan so‘ng yoki sarflangan yonilg‘i massasi bo‘yicha, ayrim hollarda bajargan ish etalon gektarlar hisobidan o‘tkaziladi.
    Avtomobillarning TXK-1 va TXK-2 bo‘yicha davriyligi avtomobilning bosib o‘tgan yo‘liga va uning turiga bog‘liq. yengil avtomobillar uchun TXK-1 2,5 ming km, TXK-2 10 ming km yo‘l bosib o‘tgandan so‘ng, yuk avtomobillari uchun esa mos ravishda 1,7-1,8 ming km va 6,9-7,2 ming km so‘ng o‘tkaziladi. Don o‘ruvchi va maxsus kombaynlari uchun birgina texnik xizmat ko‘rsatish belgilangan, u 60 soat ishlagandan so‘ng (paxta terish mashinalarida 30 soatdan so‘ng) belgilangan. Ushbu xizmat ko‘rsatishni 150 gektar maydondagi hosil yig‘ilgandan so‘ng ham o‘tkazilishi mumkin.
    Chorvachilik fermalarining uchun TXK-1 va TXK-2 o‘tkazishda uskunalarni ishlagan vaqti soatlarda hisobga olinadi. Sut ishlab chiqaruvchi fermalarining
    uskunalari komplekti uchun TXK-1 bir oyda 120 soat ishlagandan so‘ng, TXK-2 bir yilda ikki marotaba 720 (1440) soatdan so‘ng o‘tkaziladi.
    Mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish yil fasllariga mos holda dala ishlari tugagandan so‘ng, zarur ishlatish va saqlash sharoitini ta'minlash maqsadida olib boriladi. Kuz-qish mavsumida ishlatishdan avval traktor va avtomobillarning radiatori yuviladi, moy qishgi navlarga almashtiriladi, dvigatel va kabinani isitish choralari ko‘riladi, dvigatelni yurgizib yuborishdan avval isitish qurilmalari va jihozlanadi foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
    Kuzgi-qishgi ishlatish mavsumi tugagandan so‘ng moy va boshqa ishlatish materiallari yozgi navlarga almashtiriladi. Odatda mavsumiy xizmat ko‘rsatish navbatdagi TXK bilan birgalikda olib boriladi.
    Kombaynlar va qishloq xo‘jalik mashinalariga mavsumdan keyingi xizmat ko‘rsatishda tozalash-yuvish va moylash operatsiyalarini, hamda mashinalarni uzoq muddatga saqlashga tayyorlash operatsiyalarini ko‘zda tutiladi. Odatda ular dala ishlari tugashi bilanoq amalga oshiriladi.

    Download 57.5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 57.5 Kb.