• MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI
  • Amaliy matemarika va axborot texnologiyalari” kafedrasi Sadullayev Ibrat Shuxratovich Mavzu




    Download 294 Kb.
    bet1/44
    Sana01.08.2021
    Hajmi294 Kb.
    #16594
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    B
    Qo’lyozma huquqida

    UDK 681.3.06:004.42


    UXORO DAVLAT UNIVERSITETI


    Fizika-matematika fakul’teti

    Amaliy matemarika va axborot texnologiyalari” kafedrasi



    Sadullayev Ibrat Shuxratovich

    Mavzu: Tabiiy tillar sintaksisi uchun formalizmlar (O`zbek tili misolida).

    5А130202- Amaliy matematika va axborot texnologiyalari

    Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya

    MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI

    Buxoro-2013


    MUNDARIJA

    Kirish……………………………………………………………………………………….

    I bob. Tillar haqida…………………………………………………………………………………….

    1.1 Tabiiy tillar …………………………………………………………………………….

    1.2 Formal tillar ………………………………………………………………………………

    1.3 Tabiiy tillar protsessorlarini yaratishda qilingan ishlar va muammolar…………………………

    I bob bo`yicha xulosa ……………………………………………………………………………

    II bob. Tabiiy tillar grammatikasi………………………………………………………………..

    2.1 Morfologik tahlil …………………………………………………………………………

    2.2 Sintaktik tahlil………………………………………………………………………………….

    2.2.1 Sintaktik qoidalar……………………………………………………………………………

    2.2.2 Formalizmlar……………………………………………………………………………

    2.3 O`zbek tili sintaksisi uchun grammatika…………………………………………………………..

    II bob bo`yicha xulosa …………………………………………………………………………….

    III bob O`zbek tili sintaksisi uchun grammatik tahlil protsessorlari…………………………………..

    3.1 Tizim funksional imkoniyatlari………………………………………………………………

    3.2 Tizim arxitekturasi…………………………………………………………………………

    3.3 Tizimni amalga oshirish asosiy algoritmlari…………………………………………………

    3.4 Tizimni kelajakda takomillashtirish rejasi……………………………………………………….

    III bob bo`yicha xulosa ……………………………………………………………………………..

    Xulosa…………………………………………………………………………………………………..

    Ilova……………………………………………………………………………

    Adabiyotlar ro`yxati…………………………………………………………

    Kirish

    XXI asrda texnik rivojlangan davlatlarda axborotlarning asosiy qismi qog’ozsiz ko’rinishda – EHM xotirasida saqlanadi. Bu bilan XXI asr boshida ushbu axborotdan foydalana olmagan kishi XX asr boshidagi o’qishni ham yozishni ham bilmaydigan kishiga o’xshab qoladi.



    V.M.Glushkov

    Hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari kirib bormagan soha deyarli uchramaydi. Kompyuter texnologiyalardan nafaqat hisoblash ishlarini olib borish uchun balki, hayotga tadbiq qilinadigan elektron darsliklar, rasm va video tasmalarni qayta ishlovchi, katta hajmli ma’lumotlarni o’zida saqlovchi dasturlar yaratish, elektron tijorat uchun ham foydalaniladi. So’nggi yillarda kompyuter va uning dasturiy ta’minotiga bo’lgan talab va qiziqishlar ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida dasturchidan katta izlanish va mahoratni talab qiladi.

    Bu muammoga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor berilmoqda. Yurtboshimiz I.A.Karimovning 2001 - yil may oyida Oliy Majlisning 5-sessiyasida so’zlagan nutqida axborot texnologiyalari va kompyuterlarni jamiyat hayotiga, kishilarning turmush tarziga, maktab va oliy o’quv yurtlariga jadallik bilan olib kirish g’oyasi ilgari surilgan edi. Prezidentimiz tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi 230-sonli “2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish ”, shuningdek, “Internetning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari qabul qilindi. Oradan bir yil o’tgach, 2002 yil 30 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida”gi farmoni va uning ijrosini amalga oshirish yuzasidan va axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasida strategik ustuvorlikni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlarni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” to’g’risidagi qarori e’lon qilindi.

    Yangi axborot – kommunikatsion texnologiyalari hozirgi vaqtda eng dolzarb mavzulardan biri bo’lib kelmoqda, sababi har bir sohani o’rganish, izlanish va tajriba orttirish uchun turli usullardan foydalanish kerak bo’ladi. Shuning uchun yangi axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

    Hozirgi zamon mutaxassislari, faoliyat doiralari qanday bo’lishidan qat’iy nazar informatika bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo’lishi, hamda yangi information texnika va texnologiya asoslarini uning ertangi kuni, rivoji to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Zamonaviy hisoblash texnikasi va informatsion texnologiyalarning kun sayin rivojlanib, jamiyatning esa tobora informatsiyalashib borishi sababli, uzluksiz ta’lim tizimining o’rta va yuqori bosqichlariga informatika, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini kompyuterlashtirish bo’yicha bir qator o’quv fanlari kiritilgan.

    XX asr o’rtalariga kelib tezkor mashina mexanizmlaridan foydalana boshlandi. Murakkab texnika va texnologiyalar o’ylab topildi. Ko’pgina masalalarni hal qilish jarayonida axborot hajmi behisob bir majmuaga aylandi, hamda bu axborotlarni yig’ish va uzatish vositalarini yaratish, ularni vaqtida qayta ishlab, boshqarish uchun zarur bo’lgan choralarni belgilab chiqish kerak bo’ladi. Ko’pchilik vazifalarni bajarishda boshqarish jarayonini takomillashtirish, axborot tizimini joriy etish, mutaxasislarni kompyuterda ishlashga o`rgatish muhim ahamiyatga ega.





    Download 294 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 294 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy matemarika va axborot texnologiyalari” kafedrasi Sadullayev Ibrat Shuxratovich Mavzu

    Download 294 Kb.