Amaliy matematika




Download 7.39 Mb.
bet16/104
Sana14.05.2023
Hajmi7.39 Mb.
#59711
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104
Bog'liq
Amaliy matematika
a YASHNAR MENEJMENT, Eshmo\'minova Nozanin, 1.5, 7-Modu lMa`lumotlar ombori, Sayt turlari haqida, Kompyuter-zamonaviy-texnik das TEST, buyruqlar na`munalari, 1-машғулот
Lazer printerlar. Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan eng yaxshi printer hisoblanadi. Ular rangli va rangsiz bo'ladi.
Bunday printerlarning andozasi sifatida Hewlett-Packard (HP) firmasi chiqaradigan HP LaserJet rusmli printerlar qabul qilingan. Lazer printeriarda chop etish juda qulay bo'lib, u tez



(minutiga 8-15 hatto 40 varaqqacha) chop etishi mumkin. Ammo tabiiyki, bunday printerlarning narxlari nisbatan balandroqdir. Uning bir kamchiligi - unda ishlatiladigan toner rang va kortrijning tez almashtirib turilishidadir. Uning bir toneri taxminan 1500-2500 varaqqa yetadi. Albatta bu raqam tejab ishlatishga bog'liq albatta. SHuning uchun lazer printerda chiqarilgan nusxani kseroks orqali ko'paytirish maqsadga muvofiqdir.



Modem. Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so'zlaridan olingan bo'lib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o'rnatishdir. U o'zining kommunikatsion dasturiariga ega bo'lib, bu dasturlar yordamida uzoq masofalarga ma’lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo'lishi mumkin. Hozirda ko'p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda.
Skaner. Skaner- matn, grafika, tasviriarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma. U hozir asosan ranglik o'rinishda chiqarilayapti. Uning andozasi sifatida HP (Hewlett packard) firmasi ishlab chiqaradigan hP Scanjet rusumli skanerlar qabul qilingan. Uning asosiy tavsifi ma’lumotlarni aniq, tiniq, lozim bo'lgan rangda (xususan
qorarangli) ko'rinishda chiqarish qobiliyatidir. Ushbu tasvirlash qobiliyati gorizontal va vertikal chiziqlardagi nuqtalar (piksellar) soni orqali belgilanadi.
Skaner dastur boshqaruvida ishlaydi. Matnlarni yaxshi tanish uchun maxsus obrazlarni tanuvchi dastur vositalaridan foydalaniladi. Bunday dasturlar hatto qo'lyozmani ham tanish qobiliyatiga ega. Shunday dasturlar Fine Reader va Cunei Form nomlari bilan ataladi.

Download 7.39 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104




Download 7.39 Mb.