• O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI “AMALIY MATEMATIKA” KAFEDRASI
  • Mavzu-1: TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI. KOMPYUTER TURLARI. ZAMONAVIY KOMPYUTERLARNING ARXITEKTURASI VA STRUKTURASI, KIRITISH VA CHIQARISH QURILMALARI
  • 1. Ta ’limda axbort texnologiyalari faniga kirish.
  • Ta’limda axbort texnologiyalari fanining mazmuni va asosiy vazifalari.
  • Amaliy matematika




    Download 7.39 Mb.
    bet2/104
    Sana14.05.2023
    Hajmi7.39 Mb.
    #59711
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
    Bog'liq
    Amaliy matematika
    a YASHNAR MENEJMENT, Eshmo\'minova Nozanin, 1.5, 7-Modu lMa`lumotlar ombori, Sayt turlari haqida, Kompyuter-zamonaviy-texnik das TEST, buyruqlar na`munalari
    O'quv uslubiy boshqarma boshlig'i: Z.Mo’minov


    11
    2 3 4



    MUNDARIJA

    Betlar

    1

    O'QUV MATERIALLARI




    2



    MA’RUZA MASHG'ULOTLARI MAVZULARINING TASNIFI




    3

    AMALIY MASHG'ULOTLARI MAVZULARINING TASNIFI




    5

    MUSTAQIL TA’LIM MASHG'ULOTLARI MAVZULARINING




    6


    7

    TASNIFI




    6

    GLOSSARIY




    7



    ILOVALAR







    A) fan dasturi







    B) ishchi dastur







    C) baholash mezoni







    D) tarqatma materiallar






    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
    AMALIY MATEMATIKA” KAFEDRASI

    TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN




    Ma’ruzalar matni
    NAMANGAN – 2019

    Mavzu-1: TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI. KOMPYUTER TURLARI. ZAMONAVIY KOMPYUTERLARNING ARXITEKTURASI VA STRUKTURASI, KIRITISH VA CHIQARISH QURILMALARI
    Reja:

    1. Ta’limda axbort texnologiyalari faniga kirish.

    2. O'zbekistonda АКТsohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning
      ahamiyati

    3. Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi va strukturasi, kiritish va chiqarish qurilmalari

    Tayanch so'z va iboralar: informatika, qonun, farmon, qaror, axborotlashtirish, axborot resursi, axborot texnologiyasi, axborot tizimi.
    1. Ta’limda axbort texnologiyalari faniga kirish.
    Informatika - bu insoniyat faoliyatining bir sohasi bo'lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, va uzatishlar bilan o'zaro bog'liq bo'lgan jarayonlarni o'rganadigan fan bo'lib hisoblanadi.
    Informatika atamasi axborot (information) va avtomatika (automatique) so'zlarini birlashtirishdan hosil bo'lib, «ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash» degan ma’noni bildiradi. Mustaqil fan sifatida informatika 40 - yillar oxirida texnika, biologiya, ijtimoiy va boshqa sohalarda boshqarishning umumiy prinsiplari haqidagi - kibernetika fani bazasida vujudga keldi.
    Ta’limda axbort texnologiyalari fanining mazmuni va asosiy vazifalari. Fanning vazifalari, imkoniyatlari, vosita va uslublari ko'p qirrali bo'lib, uning ko'plab tushunchalari mavjud. Ularni umumlashtirib informatikaga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
    Informatika - kompyuter yordami va ularni qo 'Hash muhiti vositasida axborotni yangilash jarayonlari bilan bog'liq inson faoliyati sohasidir.
    Informatika yangi axborotni ancha keng o'zgartirish va barpo etish jarayonlarini o'rganadi. Informatika kompyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va usiz mavjud bo'la olmaydi.
    Informatika - axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalari xususiyatlariga asoslanadi.
    Informatika amaliy fan sohasi sifatida quyidagilar bilan shug'ullanadi:

    1. Axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o'rganish (axborotlarni yig'ish, qayta ishlash va tarqatish);

    2. Inson faoliyatining turli sohalarida kommunikasion-axborot modellarini yaratish;

    3. Aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning hayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqarish, ishlashni loyihalash, ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiya tayyorlash.

    Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    1. Istalgan xususiyatdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish.

    2. Axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar negizida axborotni qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi texnologiyani yaratish.

    3. Jamiyat hayotining barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texiologiyasidan samarali foydalanishning ilmiy va muxandislik muammolarini yaratish, tatbiq etish va ta’minlashni hal etish.

    Informatika o'z-o'zidan mavjud bo'lmay, balki boshqa sohalardagi muammolarni hal etish uchun yangi axborot texnikasini va texnologiyalarini yaratishga qaratilgan kompleks ilmiy-texnik sohadir.
    Shartli ravishda informatikani uchta o'zaro bog'liq qismga bo'lish mumkin:

    1. Apparatli texnika vositasi.

    2. Dastur muhiti.

    3. Algoritmlar muhiti.

    Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog'liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini o'zida namoyon etadi.

    Tor ma’noda informatika 3 qismdan iborat: texnik vositalar, dasturlar va algoritmlar. Shuningdek, informatikani xalq xo'jaligining, fundamental fanning va tatbiqiy fanning bir tarmog'i deb ko'rish mumkin.


    O'z navbatida insonning ixtiyoriy faoliyati doirasi, shu bilan birga fanning har bir tarmog'i, xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo'lsin, undagi axborot o'zining maxsus tomonlari bilan tavsiflanadi.
    Masalan, iqtisodiyot, yuridik, filologiya va jurnalistika axborotlari haqida aytadigan bo'lsak, bu shu soha mutaxassislarining xizmat burchlari muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur bo'lgan, doimo yangilanib turuvchi bilim va ma’lumotlar to'plami bo'lib hisoblanadi.
    Mehnat samaradorligining bundan keyingi o'sishi va farovonlik darajasini ko'tarish, katta hajmdagi multimedia axborotini (matn, grafika, videotasvir, tovush, animatsiya) qabul qilishi va ishlashga yangi intellektual vositalar va «inson mashina» interfeyslaridan foydalanish asosidagina erishish mumkin.

    Download 7.39 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




    Download 7.39 Mb.