• Solaris - Sun Microsystems
  • Mac OS X Apple
  • GNU/Linux Linux
  • SMP (Symmetric Multiprocessind)




    Download 7.39 Mb.
    bet23/104
    Sana14.05.2023
    Hajmi7.39 Mb.
    #59711
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104
    Bog'liq
    Amaliy matematika
    a YASHNAR MENEJMENT, Eshmo\'minova Nozanin, 1.5, 7-Modu lMa`lumotlar ombori, Sayt turlari haqida, Kompyuter-zamonaviy-texnik das TEST, buyruqlar na`munalari, 1-машғулот, kursavoy, kursavoy tixoxodniy val, 125302-67728, Yuza g adir-budirliklari; mkm (2)
    SMP (Symmetric Multiprocessind) ko'p prossesorli, ko'p masalali, grafik interfeysga ega bo'lgan operatsion tizim. x86, x86-64, IA-64, ARM, Alpha, MIPS, Power PC platformalarda ishlaydi. Plug and Play texnologiya bilan ta’minlangan, klassterizatsiya, masofadan o'rnatish xizmati (RIS- remote installation service) bilan ta’minlangan.
    Fayl tizimi imkoniyatlari:

    • Fayl tizimini tiklash;

    • Katta hajmdagi fayllarni ishlatish;

    • Fayl himoyasi;

    • Fayllarni siqilgan holda saqlash va h.k.

    Hozirgi kunda vazifasiga ko'ra, Windows operatsion tizimining bir qancha xillari mavjud: server uchun, ishchi stantsiyalar uchun, cho'ntak kompyuterlari uchun.
    Hozirgi kunda shaxsiy kompyuterlarning ko'p qismida aynan shu operatsion tizim o'rnatilgan.
    Solaris - Sun Microsystems tomonidan yaratilgan grafik qobig'li operatsion tizim. Solaris operatsion tizimi avval boshdan yopiq manbali kod bilan chiqarilganiga qaramay, hozirda uning anchagina qismi ochiq manbali kodga ega qilib kompaniya tomonidan ommalashtirilgan. Hozirda IBM, Intel, Hewlett-Packard, Dell va boshqa bir nechta ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o'zining x86 va amd64 platformali tizimlarida Solaris operatsion tizimini ishlatishi mumkin.
    Mac OS X Apple korporatsiyasining POSIXga mos keladigan operatsion tizimi. Mach mikroyadrosi asosida Makintosh (Macintosh) kompyuterlari uchun ishlab chiqariladigan, himoyalangan xotira va ko'p masalali operatsion tizimdir. Mac OS X tarkibida Xcode dastur yozish muhiti bo'lib, C, C++, Objective-C, Ruby va Java tillarida dastur yaratish imkoniyatini beradi. Xcode yordamida bir nechta platformada (x86, PowerPC) ishlay oladigan dasturlarni (Universal Binary) yaratish mumkin.
    Linux - GNU loyihasi doirasida ishlab chiqarilgan Linux yadroli UNIXsimon operatsion tizimlarning umumlashgan nomidir. GNU/Linux operatsion tizimlar oilasi Intel x86, IA-64, AMD64, PowerPC, ARM va boshqa platformalarda ishlaydi.
    Boshqa operatsion tizimlardan farqli ravishda GNU/Linux ning bitta rasmiy standart komplekti mavjud emas. Buning o'rniga GNU/Linux Linux yadroga GNU dasturlari qo'shilgan ko'plab distributivlarni yetkazib beradi.
    Bizning mamlakatimizda Mandriva Linux 2007.1 asosida erkin tarqatiladigan Doppix 2008.0 Edu ochiq operatsion tizim distributivi yaratilgan. O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda “Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo'llab quvvatlash” markazi loyihasi asosida tayyorlangan bu operatsion tizim ta’lim muassasalarida ishlatishga mo'ljallangan bo'lib, o'zbek, rus, ingliz tillaridagi interfeysga ega. Dastur distributivini http://www.doppix.uz/internet manzilidan ko'chirib olish mumkin.

    Download 7.39 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104




    Download 7.39 Mb.