«amaliy matematika va informatika»




Download 1,39 Mb.
bet7/19
Sana23.01.2024
Hajmi1,39 Mb.
#143634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
«amaliy matematika va informatika» kafedrasi «dasturlash asoslar
10-mavzu suv resursi va uni muhofazasi reja, Аvtomatika relelari, 10-mavzu, talim, pYyL9TzZmnw0-W-ezNU38dSTIPC1Usb4, Маъруза №4, Hujjat 1, TEMA, TOZA KOD, 2, 4, 4-javobsiz, 14-amaliy, 15-amaliy, 12 lab
If … else operatori
If…else – bu shartli o’tish operatori bo’lib, shart if qismida bajariladi. Agar shart rost bo’lsa, shartdan so’ng yozilgan instruksiyalar to’plami (tarkibli instruksiya) bajariladi, agar yolg’on bo’lsa, else qismida yozilgan (yozilmagan bo’lishi ham mumkin) tarkibli instruksiya bajariladi.
Masalan:
if(a>b) Console.Writeln(“kattasi=”+a);
else Console.Writeln(“kattasi=”+b);
Shart operatorining natijasi bool tipiga tegishli bo’lib, true(rost) yoki
false(yolg’on) bo’lishi mumkin. C# da quyidagi munosabat amallari mavjud:
= = - tenglik,
> - katta,
< - kichik,
>= - katta yoki teng,
<= - kichik yoki teng
!= - teng emas.
if (shart) operator1; else operator2;
Agar shart rost bo’lsa, operator1 bajariladi, agar yolg’on bo’lsa,
operator2 bajariladi. Shuni alohida takidlab o’tish lozimki, agarda siz shart
yolg’on bo’lganda dasturingiz hech bir ish bajarmasligini xohlasangiz,
operator2 ni yozmasligingiz mumkin.Bunda dastur if else dan so’ng yozilgan
kod bo’yicha o’z ishini davom ettiradi. Agarda operator1 yoki operator2 dan
so’ng bajarilishi lozim bo’lgan amallar soni 1 tadan ortiq bo’lsa ular figurali {}
qavslar orasida yozilishi lozim.
Tanlash Operatori
Tanlash operatori bizga bir nechta qiymatlardan, o’zgaruvchilarga to’g’ri keluvchi qiymatni tanlashda va uni ishga tushirishda ishlatiladi. Misol uchun hafta kunlarini raqamidan topish topshiriq sifatida berildi. Ularni bemalol topishimiz mumkin, lekin kompyuterga uni qanday tushuntiramiz?
Sintaksis:
switch ()
{
case : ; break;
case : ; break;
...
case : ; break;
default : operator N + 1; break;
}
switch kalit so’zini yozganimizdan so’ng qavslar ichiga biror-bir o’zgaruvchini kiritishimiz zarur shundan so’ng jingalak qavslar ochamiz va tanlash maqsadida case kalit so’zlarini kiritamiz va undan so’ng ifodamizni kiritamiz va uni nima vazifa bajarishini operatorlar yordamida yozishimiz kerak bo’ladi, bir nechta (siz xohlagancha) qiymatlar berilgandan so’ng o’zgaruvchiga to’g’ri kelmaydigan qiymat lar ham berilishi mumkin, bunday holatlarda default kalit so’zidan foydalanamiz.
Masala: Har bir hafta kunlarining raqamiga moslab ularni biriktirib qo’ying, aks holda “Bugun ahvollar joyidami og’ayni???” degan javob qaytarilsin.
byte n;
Console.Write("Hafta kuni raqamini kiriting: ");
n = long.Parse(Console.ReadLine());

switch (n)
{
case 1:
Console.WriteLine("Dushanba"); break;
case 2:
Console.WriteLine("Seshanba"); break;
case 3:
Console.WriteLine("Chorshanba"); break;
case 4:
Console.WriteLine("Payshanba"); break;
case 5:
Console.WriteLine("Juma"); break;
case 6:
Console.WriteLine("Shanba"); break;
case 7:
Console.WriteLine("Yakshanba"); break;
default:
Console.WriteLine("Bugun ahvollar joyidami og'ayni???"); break;
}
default - Odatda case ichida e'lon qilinmagan ifodaga nisbatan qo'llaniladi. Ya'ni agarda case ichidagi ifoda uchun mos kelmasa, C# odatiy operatorlarni ishga tushiradi. (kiritilgan qiymatlardan bittasi ham to'g'ri kelmasa, default da berilgan qiymatni qabul qiladi)
break - Ma'lum bir ifodaga tegishli operatordan keyin qo'yiladigan kalit so'z. C# tili e'lon qilingan operatorni ishga tushirgandan so'ng, u ushbu so'zni o'qiydi va kodni to'xtatadi. Agarda u mavjud bo'lmasa, undan keyingi operatorni ham bajarib logik xatolikka yo'l qo'yishi mumkin!

Download 1,39 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Download 1,39 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«amaliy matematika va informatika»

Download 1,39 Mb.