|
Amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakulteti axborot tizimlari va texnologiyalari
|
bet | 8/9 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 488,57 Kb. | | #235484 |
Bog'liq Amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakulteti axboro 3.2. Tarmoq fayl tizimi funksiyalari
Tarmoq fayl tizimi (NFS) tarmoq kompyuterlariga serverdagi umumiy kataloglarga kirishni taʼminlash uchun ishlatiladi. Fayllarni serverda markazlashtirilgan holda saqlash katta tarmoqdagi ishlarni tashkil qilishni osonlashtiradi. Ayniqsa bitta foydalanuvchi turli vaqtlarda turli xil kompyuterlarda ishlashi mumkin bo‘lgan joylarda bu juda qulay hisoblanadi, chunki u fayllarga istalgan kompyuteridan murojaat qilishi mumkin. Fayl serveridan foydalanib, birdaniga bir nechta vazifalar hal qilinadi:
barcha maʼlumotlarni muntazam ravishda zaxira nusxalash: bu operatsiyani bir necha o‘nlab yoki yuzlab kompyuterlar uchun alohida alohida bajarish qiyin, ammo bitta serverda yoki bir nechta serverlarda binu amalga oshirish oson;
maʼlumotlarni saqlash ishonchliligini oshirish: tarmoqdagi har bir kompyuterni RAID massivi bilan jihozlash maqsadga muvofiq emas, chunki kompyuterdagi fayllarning aksariyati, masalan o‘rnatilgan dasturiy taʼminot, ularni buzilishdan himoya qilishdan ko‘ra ularni qayta o‘rnatish osonroq; ammo fayl serverini RAID-massivi bilan jihozlash (hech bo‘lmaganda RAID-massivini tashkil qilishning dasturiy vositalarini qo‘llash) maqsadga muvofiq bo‘lar edi;
saqlash xarajatlarining pasayishi: Agar barcha kompyuterlarda katta hajmdagi diskni o‘rnatish qimmat va samarasiz bo‘lsa, unda serverda kengaytirilishi mumkin bo‘lgan katta diskni o‘rnatish mumkin;
barcha kompyuterdan maʼlumotlarga kirishni taʼminlash.
IV.Xulosa
Hozirgi vaqtda kompyuterga eng ko’p o’rnatilgan tizim bu windows operatsion tizimi hisoblanadi.Foydalanuvchi uchun qulay interfeys va boshlanuvchilar uchun oson tizim hisoblanadi.Fayl tizimining vazifasi dasturlar va maʼlumotlarni saqlash va kerak bo‘lganda ulardan foydalanishni taʼminlashdir. Ushbu kompyuterda ishlaydigan va masofadagi kompyuterlarga fayllar va kataloglarga kirish uchun bir qator xizmatlarni taqdim etadigan dastur ham fayl serveri deb ataladi.
|
| |