• Ammiakni sintez qilish jarayonini avtomatlashtirish
  • Ammiakni sintez qilish jarayonini avtomatlashtirish




    Download 204.97 Kb.
    Sana22.10.2022
    Hajmi204.97 Kb.
    #27845
    Bog'liq
    4-kurs21 larga
    Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba), QXAKT AMALIY USLUBIY, 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2-TOM NAMMTI YSMKT, 2.2 reja, 2.2 docx

    Ammiak – azotning vodorod bilan hosil qilgan eng oddiy birikmasi; oʻtkir hidli, rangsiz, zaharli gaz, kaynash temperaturasi 33,35°, suyuqlanish temperaturasi – 77,7°. 1 l A.ning ogʻirligi 0,7713 g, suvda yaxshi eriydi. A.ning suvdagi eritmasi kuchsiz asos. U tabiatda sof holda nihoyatda oz miqdorda uchraydi, azotli organik mod-dalarning parchalanishidan hosil boʻlib turadi. A. toshkoʻmirni quruq haydashda qoʻshimcha mahsulot sifatida olinadi, ammo, asosan, azot bilan vodoroddan sin-tetik usulda hosil qilinadi: N2=3H2 2NH3=22 kkal, reaksiya faollovchi ok-sidlar (A12O3, KjO, CaO, SiO2, goho MgO) yordamida suyuqlantirilgan Fe,O4dan qaytarish usuli bilan olingan temir (katalizator) ishtirokida, 300–1000 atm bosim va 500–550° temperaturada olib boriladi. Laboratoriyada ammoniy tuzlaridan olinadi. Ammoniy tuzlari, mas, (NH4)2SO4, NH4NO3 ishqoriy metall tuzlariga oʻxshaydi, lekin ishqorlar ta’-sir etganida A. ajralib chiqadi. A.ning suvdagi eritmasi novshadil spirtdir. A. asosan nitrat kislota olishga sarfla-nadi. A. ham, ammoniy tuzlari singari qishloq xoʻjaligida oʻgit sifatida ishlatiladi. Undan sovituvchi vosita sifatida ham foyda-laniladi. A. Oʻzbekistonda – Chirchiq, Fargʻona va Navoiy kimyo kombinatlarida sin-tez qilinadi, buning uchun lozim boʻlgan azot havodan, vodorod esa Buxoro tabiiy gazidan konversiya usuli bilan olinadi.
    Ammiakni sintez qilish jarayonini avtomatlashtirish 
     
    0,3% Ar va 1% gacha SN4 bo‟lgan azot-vodorod aralashmasi turt bosqichli markazdan kochma 
    kompressorda 31,5 MPA bosimgacha siqiladi va xavo sovutkichida 40 Sgacha sovutilgandan sung 
    ammiak sintezi agregatining kondensasion kolonkasi 1 ga yunaltiriladi. Suyuk ammiak katlamidan 
    utib, u namlik koldiklaridan va uglerod dioksididan yuviladi hamda kolonkaning seperasion qismida 
    sirkulyasion gaz bilan aralashib ketadi. Gazlar aralashmasi sirkulyasion gazni trubalar oraligida 
    sovitib, 35-45 S gacha kiziydi va kondensasion kolonkadan issiklik almashtirgichi 2 ga chikadi. 
    Issiklik almashtirgichning trubalar oraligida gaz 140-190 S gacha kiziydi va sintez kolonkasi 3 ga 
    yunaladi. 

    3,3% NH3 bo‟lgan gaz aralashmasi sintez kolonkasi oldida bir nechta okimga ajraladi. Asosiy 


    okim sintez kolonkasining pastki qismiga boradi, kolonka korpusi bilan katalizator kutisi orasidagi 
    halka oralik bo‟yicha kutariladi va uning ustiga joylashgan issiklik alamashgichga keladi. Issiklik 
    almashgichining trubalar oraligida gaz katalizator kutisidan chikayotgan gaz bilan issklik almashinish 
    hisobiga 400-440 S gacha kiziydi va katalizator zonasiga keladi, u erda azot-vodorod aralashmasidan 
    ammiak xosil bo‟ladi. 14-16% ammiakka ega bo‟lgan gaz aralashmasi ketma-ket turt katlam 
    katalizatordan utib, 400-530 S temperaturada markaziy truba bo‟yicha yuqoriga kutariladi, issiklik 
    almashgich isitgichi naychalari buylab utadi, u erda 335 S gacha soviydi va sintez kolonkasidan chikib 
    ketadi. Keyin gaz aralashmasi suv isitgichi 4 trubalari bo‟yicha utib, u erda 215 S gacha soviydi, keyin 
    esa issiklik almashtirgich 2 trubalari bo‟yicha utib, 60-75 S gacha sovib, xavo bilan sovitish apparatlari 
    5 ga keladi.
    Gaz aralashmasi 30-40s gacha soviganda kondensasiyalangan ammiak separator 6 da ajraladi va 
    ammiak tuplagichida yigiladi. 10-12% ammiak bo‟lgan gaz aralashmasi separatordan sirkulyasion 
    kompressor 7 ga yunaltiriladi. U erda 31,5 MPa gacha siqiladi va kondensasion kolonna 1 hamda 
    suyuk ammiak buglatgichi 8 dan iborat ikkinchi kondensasion sistemaga uzatiladi. Gaz kondensasion 
    kolonnaning trubalar oraligiga yuqoridan kiritiladi, bu erda u trubalar buylab yuruvchi gaz bilan 20-
    25S gacha sovutiladi va buglatgichga keladi, bu erda u trubalar oraligida -12 S da kaynab turuvchi 
    ammiak bilan -5-0S gacha sovitiladi. Sovutilgan sirkulyasion gaz bilan kondensasiyalangan ammaia 
    aralashmasi kondensasion kolonna 1 ning separasion qismiga uzatiladi, bu erdan suyuk ammiak 
    gazdan ajraladi. Sirkulyasion gaz azot vodorot aralashmasi bilan aralashtiriladi va sikl takrorlanadi. 
    Kondensasion kolonna 1 ning olingan suyuk agregat minus5 minus 2 S temperaturada 2MPa gacha 
    drossellanadi va ammiak tuplagichiga junatiladi. 

    Dastlabki gaz aralashmasi bo‟lgan metan va argon sintez siklida tuplanadi. Inert gazlar 


    konsentrasiyasini ma‟lum darajada tutib turish uchun sirkulyasion gazning bir qismi sistemadan doimo 
    chiqarib turiladi. Gaz 29,5 MPa bosim ostida kondensasion kolonna 9 ga yunaltiriladi , u erda gaz 
    issiklik almashgichning trubalar oraligi buylab utadi va buglatgich 10 ning trubalariga tushadi , u erda 
    esa ammiak -34S da kaynab turadi. -28S gacha sovitilgan gaz kondensasion kolonna 9 ning separasion 
    qismiga suyuk ammiakni ajratish uchun qaytariladi va keyin foydalanishga yunaltiriladi. Gazdagi 
    ammiak miqdori sovitilgandan sung 2%gacha pasayadi .kondensasion kolonna 9 dan6 suyuk ammiak 
    2MPa gacha drosellanadi va ammiak tuplagichga yunaltiriladi. 

    Ammiakni sintez qilish jarayoning samaradorligi ko‟p jihatdan kataliz xududida optimal 


    temperatura rejimini yaratish bilan belgilanadi, u sirkulyasion gazning tarkibi , bosimi , hajmiy 
    tezligiga va katalizatorning xossalariga bog‟liq. Agar temperatura rejimi gazlar miqdori va boshqa 
    parametrlar ammiak bo‟yicha berilgan unumdorlikni ta‟minlasa past bosim esa ammiak sintezi 
    sistemasining yaxshi ishlashi haqida dalolat beradi.

    Ammiak sintezi reaksiyasining tezligi gaz aralashmasi tarkibiga bog‟liq muvozanat holatida 


    optimal tarkib stexiometrik tarkib hisoblanadi. Ishchi sharoitida reaksiyaning maksimal N2:N2=2,5-2,8 
    nisbatda kuzatiladi, bunday nisbat berilgan darajada metanning konversiyasi bosqichida xavo sarfini 
    o‟zgartirish yuli bilan tutib turiladi. 

    Reaktorga kirishda gazda ammiak miqdorining ortishi bosimning usishiga olib keladi (chunki 


    sintez reaksiyasi tezligi pasayadi), ammiakning boshlangich konsentrasiyasining kamayishi esa juda 
    yuqori darajadagi almashishlarga va shunga mos xolda sistemada bosimning kamayishiga olib keladi. 
    Bosim oshganda reaktorda temperatura ortadi, chunki aylanish darajasi va mos ravishda temperatura 
    ortadi. Yangi sintez gazning ortiqcha miqdori kirganda bosim ortadi va mos ravishda kattaliz xududida 
    temperatura ortadi. Reaktorga kirishda inert gazlar miqdorining kamayishi jarayon tezligining va 
    konversiya darajasining ortishiga olib keladi, buning natijasida reaktorda temperatura kutariladi. 
    Sikldagi doimiy bosim gaz sarfini rostlovchi klapan 37 yordamida o‟zgartirish yuli bilan bosim 
    rostlagich 11 orkali tutib turiladi. Yangi gaz tarkibi ishlab chiqarishning oldingi bosqichlarida 
    rostlanadi. 

    Kolonna sinteziga kirishdagi gaz temperaturasi sovuk gazni baypas chizigida chiqarish issiklik 


    almashgichi yonidagi uzatuvchi rostlaovchi klapan 38 ga ta‟sir ko‟rsatuvchi temperatura rostlagich 12 
    yordamida o‟zgarmas kilib turiladi. Sintez kolonnasidagi temperatura rejimi xar bir polkada 
    temperatura rostlagichlari 13-16, sovuk gazni polkalarga rostlovchi klapanlar 39-42 yordamida 
    avtomatik uzatish yuli bilan barqarorlashtirilib turiladi. 

    Kondensasion kolonnalar 1 va 9 dan hamda separator 6 dan satxni rostlagichlar 17-19 va 


    rostlaovchi klapanlar 43-45 yordamida suyuk ammiakni berish buginlari rostlashni muxim buginlari 
    hisoblanadi. Shuningdek suyuk ammiak buglanishlarida satx rostlagich 20-21 lar hamda rostlovchi 
    klapan 46 va 47 lar yordamida satxlarning doimiyligini avtomatik ta‟minlash kuzda tutilgan. 

    Asosiy texnologik parametrlarini nazorat qilish vazifasini amalga oshirish uchun bir kator 


    nazorat-o‟lchov asboblarini o‟rnatish kuzda tutilgan. Quyidagi parametrlarni o‟lchovchi asboblar 
    muxim hisoblanadi; 
    Kolonna devori sirtining (datchik 22), kolonna chiqishida gazning (datchik 23), yangi azotvodorod 
    aralashmasini (datchik 24), chiqariluvchi issiklik almashgich kirishidagi serkulyasion gazni, 
    buglatkichlar chiqishida gazsimon ammiakning temperaturalari (datchiklar 25 va 26); 
    Yangi azot-vodorod aralashmasini (datchik 27), suyuk va gazsimon ammiakning (datchiklar 28-30) 
    bosimlari; 
    Yangi azot-vodorod aralashmasi (datchik 31), tozalangan gaz (datchik 32) serkulyasion gaz ( datchik 
    33) sarfi; 
    Serkulyasion (datchik 34), yangi (datchik 35) va xaydalgan (datchik 36) gazlarning tarkibi. 

    Uglerod dioksida truba kompressor bir yordamida, suyuk ammiak nasos 2 bilan va amoniy 


    karbonat eritmasi esa nasos 3 bilan 23-25 MPa bosim ostida reaktor 4 uzatiladi. Karbamid 23 MPa 
    bosim ostida 180-190 temperaturada sintez kilinadi. Reaktor 4 chikkan eritma 1,8 MPa bosimgacha 
    drosellanadi va urtacha bosim ajratish apparati 5 ga yullanadi, u erda 155-158 temperaturada ammoniy 
    karbamidi deyarli tula parchalanadi va eritmadan ammiak hamda uglerod dioksidi xaydaladi. 
    Karbamid eritmasi apparat 5 dan past bosimli ajratish apparatiga yullanadi. 

    Tarkibida NH3,SO2,N2O bo‟lgan gaz fazasi 5 apparatdan absorber–yuvgich 6 ga keladi, u 


    erda ammiak uglerod dioksidan matochli eritma bilan yuviladi. Xosil bo‟lgan ammoniy karbomadi 
    eritmasi 3 nasos yordamida 4 reaktorga uzatiladi. Asosan ammiak va inert gazlardan iborat absorber-
    yuvgich 6 dan gaz fazasi kondensator 7 ga tushadi, u erda ammiak kondensasiyalanadi va ammiak 
    idish 8 ga okib tushadi, idish 8 dan ammiak 2 nasos bilan issitgich 9 orkali reaktor 4 ga uzatiladi. 

    Ammiakning va uglerod dioksidining karbamidga aylanish jarayonining eng qulay sharoitlari 


    bu reaksiyalarni ketishi bilan belgilanadi, shuningdek reaksion massaning tabiy holati bilan aniqlanadi. 

    Karbamidni sintez qilish maqsadga muvofiq bo‟lgan minimal temperatura 160-170 ni tashkil 


    etadi. Yanada past temperaturalardan ammoniy karbamidining karbamidga aylanish tezligi juda kichik. 
    Amalda karabmidni sintez killish jarayoni 185-195S da utkaziladi. 

    Jarayon bosimi ortirilganda ammoniy karbamidi parchalaninsh temperautrasi ortadi. Shunday 


    qilib yuqorida ko‟rsatilgan temperaturalarda karbamidni sintez qilish uchun ammoniy karbamadini 

    192 


    parchalanishiga tuskinlik kiluvchi bosimni tutib turish zarur. Amalda sintez qilish temperaturasi 185-
    195S bo‟lganida bosim taxminan 18-20 MPa bo‟lishi kerak. 

    Karbamidni sintez qilish jarayonining samaradorligi uchun dastlabki reagentlarning nisbati 


    katta axamiyatga ega. Ammiak va uglerod dioksidining stexiometrik nisbatida ular aylanishlarining 
    muvozanatlik darajasi 45-55% dan oshmaydi. 

    Bu nisbatning oshishi bilan ammiakning aylanish muvozanatlik darajasi ortadi, birok ortiqcha 


    ammiakning ortishi ma‟lum chegaragachagina maqsadga muvofiqdir. Hisoblashlarning ko‟rsatishicha 
    ammiakning 80-100% ga teng (stexiometrikdan) ortiqcha bo‟lishi eng tejamlidir. 

    Karbamid sintezining kechishiga dastlabki reagentlarda suv aralashmasi sezilarli ta‟sir 


    ko‟rsatadi, uning bo‟lishi ammoniy karbamatning aylanish darajasini pasaytiradi. 

    Karbamid sintezi uchun qo‟llaniladigan texnik ammiak va (ayniksa) uglerod dioksidida 


    karbamid sintezining ketishiga yomon ta‟sir ko‟rsatuvchi inert aralashmalalar bor. 

    Avtomatik rostlash sxemasiga jarayonning quyidagi parametrlarini barqarorlashtirish kiradi; 


    Idish 8 da suyuk ammiakning satx balandligini rostlagich 10 va rostlovchi klapan 20 yordamida; 
    rostlagich 11 va rostlovchi klapan 26 yordamida urtacha bosimni ajratish apparati 5 ning ko‟pdagi satx 
    balandligi 3 nasosning baypas chizigida o‟rnatilgan rostlagich 12 va rostlovchi klapan 19 yordamida 
    absorver –yuvgich 6 dagi ugleammoniyli tuzlar eritmasining satxi balandligi; 
    Isitgich 9 dan bug kondensatini chiqarish chizigida o‟rnatilgan rostlovchit klapan 22 va 
    rostlagich 13 yordamida reaktor 4 ga uzatiladigan ammiakning temperautrasining, bugin uzatish 
    chizigida o‟rnatilgan rostlovchi klapan 24 va 25 hamda temperaturani rostlovchi rostlagichlar 14 va 15 
    yordamida parchalash apparati 5 dagi temperaturalar; 
    Nasos 2 ning baypasidagi o‟rnatilgan rostlovchi klapan va sarflovchi 16 yordamida reaktor 4 ga 
    uzatilayotgan suyuk ammiak sarfiy rostlagich 17 va rostlovchi klapan 27 yordamida absorver yuvgich 
    6 ga uzatiladigan motka eritma sarfi; 
    Reaktor 4 dan gaz fazasini chiqarish chizigida o‟rnatilgan rostlovchi klapan 23, bosim 
    rostlagich 18 yordamida reaktor 4 dagi bosimlar kiradi.

    Download 204.97 Kb.




    Download 204.97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ammiakni sintez qilish jarayonini avtomatlashtirish

    Download 204.97 Kb.