Analitik kimyo fanining texnologiyadagi ahamiyati




Download 46.6 Kb.
bet1/3
Sana23.02.2024
Hajmi46.6 Kb.
#161384
  1   2   3
Bog'liq
Analitik kimyo fanining texnologiyadagi ahamiyati
1-amaliy, 1-amaliy mashg\'ulot, geokniga gornaya elektrotehnika capenko efred mirskiy mi suharev, 27-Ma\'ruza, Tyutor M. Saitovning hisoboti, Гурунтлар.тест, amaliyot dasturi (EEE), 5f6c41bc6a0f77.76404169Exsel жадвал хисоблагичларида иктисодий ва молиявий масалалрни ечиш (1), Намуна штат жадвали учун, Ma\'ruza-3, 3-amaliy mashg\'ulot, 5A, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 31 январдаги 59, Илмий ишлар рўйхати, Илмий ишлар 3.5 шакл

Mavzu: Analitik kimyo fanining texnologiyadagi ahamiyati
Reja:
1. Analitik kimyo- mustaqil kimyoviy fan sifatida.
2 . Analitik kimyoning qishlok xo’jaligidagi ahamiyati.
3. Analitik kimyoning rivojlanish davrlari.
4. Sifat analizi usullari.
Analitik kimyo — moddalar tarkibini aniqlash usullari haqidagi fan. U sifat analizi va miqdoriy analizga boʻlinadi.
Analitik kimyoning vujudga kelishi va rivojlanishi turli ishlab chiqarish sohalarining paydo boʻlishi va taraqqiy etishi bilan bogʻliq. Miqdoriy analiz rudalar va tayyor mahsulotlar tarkibidagi oltin, kumush va boshqa metallarning miqdorini aniqlashdan iborat boʻlgan edi; keyinroq borib, u ilmiy asosda yoʻlga qoʻyildi. Hozirgi zamon kimyosining tugʻilish davri (17-asr oʻrtasi — 18-asr oxiri)da analitik kimyo moddalarning kimyoviy tarkibini oʻrganadigan fan deb hisoblanardi. 17-asr oʻrtalarida Robert Boyl suvli eritmalardagi anorganik moddalarning miqdoriy analiziga asos soldi. 19-asr boshida Jozef Gey-Lussak hajmiy analizni, oʻsha asrning oʻrtasida esa R. Bunzen va R. Kirxgof spektral analiz asoslarini ishlab chiqishdi. 20-asrda Analitik kimyoga fizik va fizik-kimyoviy usullar (masalan, kolorimetriya, rentgen, lyuminessensiya, elektron mikroskopiya, elektr analiz usullari va boshqalar) tobora koʻproq joriy etildi. Shu bilan bir vaqtda analitik kimyo amaliy maqsadlarda keng qoʻllanila boshladi.
Tekshirish obyektiga koʻra analitik kimyoni anorganik moddalar analizi va organik moddalar analiziga boʻlish rasm boʻlgan. Anorganik moddalarning sifat analizida eritmadagi ionlarni topish uchun, odatda, yaxshi seziladigan har xil (rang hosil boʻlishi yoki eritma rangining keskin oʻzgarishi, gaz ajralib chiqishi kabi jarayonlar bilan boradigan) reaksiyalardan foydalaniladi. Organik moddalarning sifat analizida esa maxsus usullar qoʻllaniladi. Oddiy modda yoki biror birikmadagi elementning miqdorini aniqlashda uning biror fizik xossasi (masalan, ogʻirligi, hajmi, zichligi, nur sindirish koʻrsatkichi, elektr oʻtkazuvchanligi, sirt tarangligi va hokazolar) oʻlchanadi. Element yoki moddalar miqdori va oʻlchanadigan fizik xossalar oʻrtasida analitik yoki grafik ifodalangan maʼlum funksional bogʻliqlik boʻlishi kerak. Vazniy analiz va titrlash usullari modda miqdori bilan uning ogʻirligi yoki hajmi orasida toʻgʻri proporsional bogʻliqlik saqlanishiga asoslanadi. Spektral usullarda element miqdori bilan analitik spektr chiziqlarining ravshanlik darajasi oʻrtasidagi proporsional bogʻliqlikka maʼlum chegarada rioya qilinadi. Fotometrik analizda esa moddaning konsentratsiyasi bilan nurning yutilishi oʻrtasidagi proporsional bogʻliqlik eʼtiborga olinadi. Element (modda) miqdorini oʻlchashdan avval, odatda, u boyitiladi va aniqlanadigan element qulay birikma holida ajratib olinadi. Koʻpchilik usullar selektiv va sezgir boʻlmaganligi uchun moddalarning miqdorini oʻlchashda ularni guruhlarga boʻlib, ayrim elementlarni choʻktirib, haydab, ekstraksiyalab ajratish katta ahamiyatga ega. Birga boʻladigan koʻpchilik ionlarning choʻkishiga va ekstraksiyalanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ularni barqaror kompleks ionlarga aylantirish mumkin. Aniqlanadigan elementni eritmadan elektroliz qilib erkin holda yoki oksid holida ajratib olsa boʻladi. Maʼlum sharoitni tanlab, bir xil elementlarni elektrodda choʻktirib, boshqalarini esa eritmada qoldirishga erishiladi. Koʻpchilik metallarning oz miqdorini ajratib olish uchun ichki elektroliz usuli qoʻllaniladi. Eng qulay ajratish usullaridan biri xromatografiya hisoblanadi. Organik analizda elementlar miqdorini aniqlash uchun modda avval SO2, N2O, N2, NH3 va hokazolargacha parchalanadi. Keyinchalik ularning miqdori anorganik analiz usullarida aniqlanadi. Miqdoriy elementar analiz birikmaning brutto-formulasini aniqlash imkoniyatini beradi. Organik birikmalarning struktura formulasini aniqlash uchun funksional analiz oʻtkaziladi. Unda har qaysi funksional guruh uchun tavsifli reaksiyalardan foydalaniladi. Tabiat va sanoat obyektlaridagi elementlarning nihoyatda oz miqdorini aniqlash zarur boʻlgani uchun analitik usullar (mikrokimyoviy, ultramikrokimyoviy va yarim-mikrokimyoviy usullar)ning sezgirligini oshirish yoʻlida ishlar olib borilmoqda. Oʻzbekistonda A.k-.ni rivojlantirishga Sh. T. Tolipov, N. A. Parpiyev va boshqa olimlar katta hissa qoʻshdilar.
Har qanday modda bir yoki bir necha kimyoviy elementdan tashkil topganligini siz bilasiz. Masalan, grafik birgina uglerod elementidan, suv esa vodorod va kislorod elementlaridan tashkil topgan. Moddaning qanday elementlardan tashkil topganligini aniqlash uchun uni kimyoviy analiz qilish zarur. Kimyoviy analiz ayni modda tarkibida qanday elementlar borligini aniqlash bilan cheklanmasdan, balki bu moddada ular o’zaro qanday miqdoriy nisbatlarda ekanligini ham aniqlaydi. Analitik kimyo moddalarni analiz qilish usulari haqidagi fan bo’lib, uning mazmunini analiz qilishning nazariy va amaliyotga oid masalalarni hal qilishdan iborat.
Hozirgi kunda analitik kimyo oldiga ancha murakkab masalalar qo’yiladigan bo’ldi. Endi kimyoviy elementlarning faqat o’zigina emas ularning izotoplarini ham aniqlash talab etilmoqda.
Hozirgi vaqtda «modda tarkibi» degan tushunchaning o’zi ham keng ma‘no kasb etadi. Endilikda «modda tarkibi» degan tushuncha ayni moddadagi kimyoviy elementlar bir necha atomdan iborat funktsional gruppalar ion, molekula va izotoplarni ham o’z ichiga oladi.
Analizdan maqsad hamda uni hal etish usullariga qarab analitik kimyo «sifat analiz va miqdoriy analiz» qismlariga bo’linadi
Sifat analizida tekshirilayotgan modda tarkibida qanday elementlar gruppasi va qanday ionlar bor-yo’qligi aniqlanadi. Masalan ammafosda N2, P,H2, O2, elementlar yoki NH+4,va H2PO4 ionlarning mavjudligi aniqlanadi.
Miqdoriy analizda murakkab modda tarkibidagi elementlarning miqdori massa protsenti aniqlanadi. Masalan, ammofos tarkibida Р2О5 dan m % borligi aniqlanadi.
Murakkab moddalar avvalo, sifat analiz qilinib, so’ngra tekshirilayotgan elementlarning massa protsentlari, ya‘ni miqdorlari aniqlanadi. Demak sifat analiz miqdor analizdan oldin o’tkazilishi shart.
Miqdor analizi natijalariga ko’ra reaktsiyaning muvozanat konstantasi , moddaning eruvchanlik ko’paytmasi va boshqa qiymatlar hisoblab chiqarilishi mumkin.
Boshqa fanlar kabi analitik kimyo ham mustaqil fanlar qatorida o’rganiladi.
D. I. Mendeleevning elementlar davriy sistemasi, elektrolitik dissotsilanish nazariyasi, massalar ta‘siri qonuni, kimyoviy muvozanat, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, koordinatsion birikmalar hosil bo’lishi, tuzlarning gidrolizlanishi va asoslarning amfoterligi kabi mavzular kimyoviy analizning nazariy asosini tashkil etadi.
Hozirgi davrda analitik kimyo zamonaviy mukammal usullarga ega. Ular kimyoviy moddalarning turli xususiyatlariga asoslangan. Masalan, moddalarning cho’kmaga tushishi, rangi, gaz holatda bo’lishi kabi xossalariga asoslanib analitik usullar yaratiladi. Barcha usullarni uch gruppaga kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoyaviy usullarga ajratish mumkin.
Kimyoviy usullar kimyoviy reaktsiyalarga asoslanadi. Analiz protsessida foydalaniladigan ana shunday kimyoviy reaktsiyalar analitik reaktsiyalar, ularni vujudga keltiruvchi moddalar esa reagentlar deb ataladi. Kimyoviy analiz usullari puxta sinovdan o’tkaziladi. Shu sababli ular aniq natija beradi. Lekin ko’pchilik kimyoviy usullarning Download 46.6 Kb.
  1   2   3




Download 46.6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Analitik kimyo fanining texnologiyadagi ahamiyati

Download 46.6 Kb.