O’quv fanining maqsad va vazifalari




Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/62
Sana20.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#36157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
davolash-ishi-dasturi

O’quv fanining maqsad va vazifalari 
Respublikamizda ta'limni takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi talablari asosida mazmun jihatidan yangi o‘quv dasturlari va darsliklar 
yaratishga qaratilmoqda. Davlat tili maqomiga ega bolgan ozbek tilini oqitishni ham bugungi 
davr talablariga javob beradigan darajaga yetkazish ana shunday muhim vazifasidir. 
Mustaqil davlatimizda ozbek tilining ijtimoiy mavqeyi tobora ortib borayotganligi, lotin 
yozuviga asoslangan yangi ozbek alifbosi va imlo qoidalarining joriy etilganligi, ish yuritishda 
toliq davlat tiliga otilayotganligi barcha mutaxassislarning millatidan qat'iy nazar, ozbek tilini 
puxta egallashlarini taqozo etmoqda. Shuningdek, uzluksiz ta'limning barcha, bosqichlarda
jumladan, oily о’quv yurtlarining о’qish boshqa tilda olib borilayotgan guruhlarda ham о’zbek
tilini о’rganish yо’lga qо’yildi. Shunga kо’ra, universitet va institutlarda о’zbek tilini davlat tili 
sifatida о’rganishga qaratilgan konsepsiya yaratildi. 
"О’zbek tili" fanini (jami 90 soat ajratilgan) о’qitishning asosiy maqsadi talabalarning 
о’zbek tilidan egallagan bilim va kо’nikmalarini mastahkamlash va yanada kengaytirish, 
tanlagan ixtisosliklari doirasida davlat tilini puxta bilishlariga yordamlashishi, nutqlarini kasbiy 
atamalar bilan boyitish, о’zbek tilidan yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta'minlashga 
erishishdir. Ushbu maqsadda о’qituvchi va talaba oldiga qator vazifalar qо’yiladiki, bular 
mutaxassisning kundalik mehnat faoliyati hamda kundalik turmushda zarur bо’lgan nutqiy 
mavzularda о’zbek tilida mustaqil sо’zlay olishlari va yozishlari, ixtisoslikka oid turli nutq 
uslublarida matn tuza olish, uni о’zgartira bilish malakalarini shakllantirishni kо’zda tutadi. 
Shunga kо’ra, oily ta'limda talabalarga muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy grammatik 
bilimlarni berish, ixtisoslik doirasida og‘zaki va yozma nutqni о’stirish, turlicha tipdagi 
matnlarni erkin tuza olish malakalarini о’stirish vazifasi qо’yilgan. 
Konsepsiyani yaratishda oliy ta'lim bakalavriat bosqichining ta'lim rus va boshqa 
mahalliy tillarda olib boriladigan guruhlari talabalariga davlat tilini о’qitishning zamonaviy 
texnologiyasi inobatga olindi hamda talabalarning akademik litsey va kollejlarda о’zbek tilidan 
egallashlari shart bо’lgan bilimlar kо’lami va darajasiga asoslanildi. 


 “O’zbek tili” fanidan oliy ta’limning namunaviy dasturi O’zbekiston Respublikasining 
“Davlat tili” to’g’risidagi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga” muvofiq o’rta
1
maktab hajmidagi bilimlariga ega bo’lgan tibbiyot institutlarning rusiyzabon guruhlari 
talabalariga “O’zbek tili” fanini tibbiyot ilmiga yo’naltirilgan holda o’qitishga mo’ljallangan. 
Fanning maqsadi ixtisoslik ta'lim yo’nalishidagi bilim va ko’nikmalardan tashqari
kundalik muloqot bilan bog’liq hamda ma'naviy-ma'rifiy bilimlarni o’z ichiga oladigan 
mavzularga ham e'tibor qaratishdan iborat. 
Amaliy mashg’ulotlarda asosiy lеksik mavzular, jonli muloqotlar o’z fikrini mustaqil 
yozma va og’zaki nutq orqali ifodalay olish, so’z va iboralarning tarjimasi, talaffuzi va 
ixtisoslikka oid so’z boyligi hamda zarur til ko’nikmalarini egallashga, shuningdеk, til o’rganish 
va o’zlashtirishning barcha vositalari, ya'ni og’zaki nutq, o’qish, yozuv, so’z boyligi, 
grammatikadan unumli va to’g’ri foydalanish, amaliyotda qo’llashni o’rgatish fanning asosiy 
vazifalaridir. 

Download 1.38 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish