Talabalarda quyidagi ko`nikmalar bo`lishi shart




Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/62
Sana20.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#36157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
davolash-ishi-dasturi

 
Talabalarda quyidagi ko`nikmalar bo`lishi shart: 

о’zbek tili mansub bо’lgan til oilasi va guruhi, о’zbek tilining fonetikasi va 
morfologiyasi, о’zbek tilining gap qurilishini; 

о’zbek tilining sо’z boyligi, xususan, ixtisoslik leksikasining qо’llanishi, 
ma'nolari,sinonimiyasi va uslubiy xususiyatlarini; 

о’zbek tilining publisistik va ilmiy uslubini

rasmiy - idoraviy nutq uslubi xususiyatlari va davlat tilida hujjat tuzish, ish yuritish
madaniyatini; 

о’zbek tilida sintaktik jiqatidan tо’g’ri gap tuza olishni; 

bog‘lanishli matn tuzish, uni ijodiy о’zgartirish, qisqartirish va kengaytirishni; 

tanlagan sohasidagi axborot materiallarini о’zbek tiliga va aksincha о’z ona tiliga erkin 
tarjima qilishni; 

og‘zaki va yozma nutqda о’zbek tilining grammatik qoidalarini qо’llay olishi, о’z
ixtisosligi bо’yicha о’zbek tilida maqola, risolalar tayyorlashda lug‘atlardan foydalana 
olish; 

sо’zlarni о’rinli qо’llay olish, о’qish va keyingi mehnat faoliyati jarayonida о’zbek tilida 
muloqotga kirisha olish, yetarli yozma va og‘zaki savodxonlikka ega bо’lish; 

о’zbekcha nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni о’rganishda egallagan bilim 
va kо’nikmalarini qо’llash, о’zbek tilida ish yuritish kо’nikmalarini о’z faoliyatiga tatbiq 
eta olish va ixtisosligi sohasidagi kitob, maqolaga taqriz yoza bilish, boshqalar fikriga 
munosabat bildirish, turli nutqiy vaziyatlarda о’z fikrini о’zbek tilida asosli bayon qilish 
kо’nikmasiga ega bо’lishi lozim. Shuningdek, о’zbek tili fanini davlat tili sifatida puxta 
egallash uchun har bir talaba о’zbek tilining og‘zaki va yozma nutq shartlarini tо’liq 
о’zlashtirishi, uning sо’z boyligidan grammatik bilimlar asosida tо’qri foydalana bilishi, 
kundalik turmush va tanlangan ixtisosligiga oid mavzularda о’zbekcha erkin muloqotga
kirisha olishi zarur. Shunga kо’ra, talabalar о’zbek tili fanidan: 

umumiy о’rta va о’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negizida о’zbek tilining fonetikasi, 
grammatikasi bо’yicha egallagan bilimlarini tо’ldirishi va rivojlantirishi; 

о’zbek tilining sо’z boyligi, soha atamalaridan gap tuzish va uni nutq uslublarida
tо’g’ri qо’llashda foydalana bilishi; 

kasbiy atamalarni tushunishi, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil 
qо’llay olishi; 

milliy va umuminsoniy qadriyatlar, mutaxassisligiga oid mavzularda bo g‘lanishli matn 
tuza olishi va bunday matnlarni tarjima qilishi; 

о’zbek xalqining tarixi, an'analari, urf-odatlari, mustaqil davlatimizning ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyoti tо’g‘risidagi turli nutqiy vaziyatlarda erkin muloqotga kirisha olishi; 

ixtisoslikka oid ilmiy atamalarni tо’g‘ri о’qish, ma'nosini izohlay bilish, ular ishtirokidagi 
gaplarni sintaktik jihatdan tо’g‘ri tuzishni bilishi va amalda qо’llay olishi. 

о’z fikrini og‘zaki va yozma tarzda о’zbek tilining grammatik qoidalari, me'yorlariga 
amal qilgan holda mustaqil ifodalashi; 

о’z ixtisosligi bо’yicha lug‘atlardan foydalangan holda maqola, turli rasmiy ish 
hujjatlarini tayyorlay bilishi

davlat tilida yetarli yozma savodxonlikka ega bо’lish, ish yuritish kо’nikmalarini mehnat 
faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi; 

о’zbek tilidagi turli matnlarni, xususan, ixtisoslikka oid matnlarni tushunib о’qishi va 
tarjima qilishi; 

о’zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan о’rinli foydalanish, ular 
yordamida о’z fikr-muloqazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bо’lishi zarur. 
2
 
2
“O’zbek tili” fan dasturi 3- bet.



Download 1.38 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabalarda quyidagi ko`nikmalar bo`lishi shart

Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish