• ANDIJON -2022 KIRISH
  • Andijon davlat universiteti fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi kurs ishlarining bajarilishi bo




    Download 25.77 Kb.
    bet1/4
    Sana14.12.2022
    Hajmi25.77 Kb.
    #34674
      1   2   3   4
    Bog'liq
    КУРС ИШИ БЎЙИЧА ТАВСИЯЛАР
    Mustaqi ish mavzulari 1, metodichka, AES VA GES HAQIDA MA’LUMOT, 5-oy, 6-dars, Mavzu css rang berish usullari, chegara, orqa fon, shrift, marg, Mavzu Pedagogik Kompyuter dasturlari, 16-mavzu web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o’rnatish (1), O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

    FUQAROLIK JAMIYATI NAZARIYASI KAFEDRASI



    KURS ISHLARINING BAJARILISHI BO’YICHA



    USLUBIY KO’RSATMA

    ANDIJON -2022
    KIRISH

    O'zbekiston Respublikasidagi demokratlashtirish hamda tubdan yangilanish jarayonlari ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan.


    Yoshlarni yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga o'rgatish, istiqbol vazifalarni ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish ta’lim tizimi xodimlari oldida turgan ulkan vazifadir.
    Bugungi kunda ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati XXI asr fani muvaffaqiyatining garovidir. Qadimgi davrlardan to bugungi kungacha fan umuman jamiyatga va alohida har bir kishiga xizmat qiladi. Bizni o'rab turgan jamiki narsalar - bu inson ilmiy faoliyatining amaliy shakllari bo'lib hisoblanadigan texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayoni orqali moddiy boyliklarda mujassam bo'lgan aqliy ish mahsulidir.
    Ilmiy tadqiqot ishi sifatida talabalar tomonidan tayyorlanadigan mustaqil ish, keys, loyiha texnologiyasi, referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyalari o'zining xususiyatlari, talablari bilan bir-biridan ajralib turadi.
    Kurs ishi talabaning fanni o'qitish jarayonida talab etilgan mustaqil ish shaklidagi topshiriqlarning davomi sifatida bajariladi.
    Ushbu ko'rsatmada talabaning mustaqil ilmiy ijodiy ishi sifatida kurs ishini yozish va uni himoya qilish tartibi, mazmuni ifodalangan bo'lib, u musiqa sohasiga doir fanlarning nazariy asoslari va mohiyatini chuqur o'zlashtirish, aniq amaliy material va manbalarni tadqiq etish, musiqa metokasini tahlil qilish va umumlashtirish ishlarini amalga oshiradi.
    Kurs ishi bu avvalo qat’iy rejali faoliyatdir. Zamonaviy vositalar bilan puxta qurollangan ilmiy tadqiqot tabiat va jamiyatdagi ob’ektiv qonuniyatlarni ochish va teran bilishga imkon beradi. Shundan keyin avval-boshdagi fikrning aniq maqsadni ko'zlab ishlanishini davom ettirish, oldindan mo'ljallangan tadqiqot sxemasini aniqlashtirish, o'zgartirish, unga qo'shimchalar qilish jarayoni kechadi.
    Kurs ishi fan bo'yicha o'quv faoliyati turi sifatida qaraladi va uni o'rganishga ajratilgan soat chegarasida amalga oshiriladi.
    “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari”, “O’zbek xalq musiqa ijodi”, “Musiqa tarixi” bo'yicha yoziladigan kurs ishining maqsadi talabalarda Musiqa metodikasiga taalluqli dolzarb mavzu va masalalar borasida tasavvur hosil qilish va ularni o'rganishga yo'naltirish, ularga“Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari”, “O’zbek xalq musiqa ijodi”, “Musiqa tarixi” fanidan olgan nazariy bilim va ko'nikmalarni mustahkamlash, ularda musiqa metodikasini ilmiy nuqtai-nazardan bayon etish va ularni amaliyotga joriy etish malakasi va tajribasini shakllantirish, musiqa metodikasiga oid muammolar qo'yish va ularning yechimini topish bo'yicha iqtidorini rivojlantirish, nazariy va amaliy faoliyat bilan bog'liq ilmiy adabiyotlarni, tahliliy materiallarni o'rganish va tasniflash ko'nikmasini hosil qilish, amaliy ma'lumotlar va statistik materiallar bilan ishlash hamda ulardan ilmiy asosda foydalanishga ko'nikma hosil qilishdan iborat.
    Kurs ishi bo'lajak mutaxassisning shakllanishida muhim va hal qiluvchi bosqichlardan biri bo'lib, fandan olgan amaliy mustaqil bilimni egallashning muhim tadbiri hisoblanadi.
    Kurs ishining asosiy vazifasi talabada tanlab olgan mavzusi bo'yicha bugungi holatni tahlil qilish, ilmiy-amaliy muammolarni yoritib berish va ularni yechish borasida tavsiyalar ishlab chiqish bo'yicha ko'nikmalar hosil qilishdir. Shu bois, kurs ishining darajasi talabaning ilmiy nazariy tayyorgarligining muhim ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
    Kurs ishi yozishda talaba:

    • ilmiy dunyoqarash tavsifidagi bilimlar tizimini egallagan bo'lishi;

    • gumanitar va ijtimoiy iqtisodiy fanlar asosini, davlat siyosati masalalarini bilishi;

    • ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil etishi;

    • mavzuga doir tarixni bilishi;

    • milliy, ma’naviy masalalar va umuminsoniy qadriyatlar bo'yicha o'z nuqtainazarini bayon etishi va ilmiy asoslay olishi;

    • milliy g'oya asosida faol hayotiy o'rinni egallashi;

    • tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar, hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo'lishi;

    • tabiat va jamiyat rivojilanishi haqidagi bilimlarni egallashi;

    • zamonaviy ilmiy asoslarda ulardan hayotda va kasbiy faoliyatda foydalana olishi;

    • insonlar orasidagi jamiyatga, atrof muhitga bo'lgan munosabatini tartibga soluvchi huquqiy va ahloqiy me’yorlarni bilishi;

    • ularni kasbiy faoliyatda hisobga olishi;

    • axborotni to'plash, tahlil qilish, saqlash, ishlab chiqish va ulardan unumli foydalana olishi;

    • mustaqil fikrlash va kerakli takliflar keltirishi lozim.

    Kurs ishlari mavzu jihatdan xilma-xil bo'lsa ham uslubining bir-biriga o'xshash tomonlari bor. Bunda har bir tarih fani sohalarining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, kurs ishi yoziladi.

    1. KURS ISHINI YOZISHGA TAYYORGARLIK

    Kurs ishi mavzulari kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan tuzilib, kafedra majlisida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Kurs ishi mavzusi qisqa va aniq bo'lishi lozim va mavzu talabaning ilmiy va amaliy qiziqishlarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda tanlab olinadi. Fan bo'yicha ma’ruza olib boruvchi professor-o'qituvchi talaba tanlagan mavzuni ro'yxatga oladi va kurs ishi yozilishini nazorat qiladi.
    Kurs ishini bajarish jarayonida ilmiy va tarbiyaviy ishlar kompleks asosda amalga oshirilib, ular orasida quyidagilar birinchi darajali ahamiyatga ega:

    1. Fanning dolzarb mavzusi va muammolari chuqur o'rganiladi. Kurs ishi ustida ishlash jarayonida talaba tanlagan mavzuni chuqur o'rganishi, uning yo'nalishlarini tahlil qilish haqida tushunchaga ega bo'ladi;

    2. Mustaqil ishlash usullari bilan tanishadi, iqtisodiy, nazariy va amaliyotning dolzarb masalalarini yozma bayon qilish usullarini o'rganadi;

    3. Bibliografiya tuzish, statistik to'plamlardan foydalanish, mavzular bo'yicha konspekt tuzish, tavsiyalaridan kelib chiqib, rasmiylashtiriladi;

    4. Huquqiy me’yoriy hujjatlarni amaliyotda tadbiq qilinishini o'rganadi.

    Kurs ishini bajarish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

    1. Kurs ishi mavzusini tanlash;

    2. Kafedra tomonidan tavsiya qilingan adabiyotlarni to'plash, ularni o'rganish, konspektlash, kerakli joylarini yozib olish;

    3. Kurs ishi rejasini tuzish;

    4. Nazariy masalalar va amaliy materiallarni umumlashtirish, tahlil qilish, qaytadan ishlab chiqish;

    5. Kurs ishi matnini yozib chiqish, uni rasmiylashtirish va ilmiy rahbarga taqriz uchun taqdim etish;

    6. Taqrizning talablari asosida ishga ayrim tuzatishlar kiritish, qo'shimcha savollarga javob berish;

    7. Kurs ishi himoyasiga tayyorlanish.

    Kurs ishi mavzusini tanlashda, uning ahamiyati, nazariy va amaliy materiallarni mavjudligi va yetarli bo'lishi, yangi masalalarni o'rganilishi, tanlangan mavzu haqida umumiy tasavvurga ega bo'lishi, tanlangan masalalarga qiziqishi ham muhim ahamiyatga ega.
    Mavzu juda keng masalalarga bag'ishlanmasligi, qisqa masalalarni aniqlash bilan chegaralanmasligi kerak.
    Mavzu tanlashda shunga e’tibor qaratish kerakki, bu masalani o'rganish talabaning bilmagan narsalarini bilib olishga, kursning navbatdagi bo'limlarini o'rganishga yaqindan yordam berishi lozim.
    Talabalar uchta yoki to'rtta fandan yozadigan kurs ishining bir-biri bilan bog'langan bo'lishi talabaning o'zaro bog'langan masalalarini izchil o'rganishga yordam beradi.

    Download 25.77 Kb.
      1   2   3   4




    Download 25.77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon davlat universiteti fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi kurs ishlarining bajarilishi bo

    Download 25.77 Kb.