Andijon davlat universiteti




Download 495.63 Kb.
bet10/16
Sana14.07.2023
Hajmi495.63 Kb.
#76718
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Stenogramma YULDASHEVA N
axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W, kolloid kimyo lab.2022 y., Jadvallar Т.Жўраев, 25-amaliy mashg\'ulot, Рус тили фани тест основные типы уроков, Ro\'yxat, 17-ma`ruza, business-plan-2021-oz, Access uslubiy ko\'rsatma, Ariza
Dots. Nasirov A.: Avvalambor Assalomu alaykum, hurmatli kengash a’zolarni, hurmatli Ramazan Abdullayevich yangi kengash ochilishi bilan tabriklayman va omad tilab qolaman. Mana nomini o’zidan ma’lum kremniy xususiyatlariga metall nanozarrachalar ta’siri, kremniy yaxshi o’rganilgan. Ayniqsa, rezonans. Bu ish nazariy jihatdan dolzarbligi o’rganilgan. Shu oxirgi paytlarda nanozarracha kiritish. Shart emas, uning sirtida bo’lishi, farqi yo’q qayerda bo’lishi bu – bir. Ikkinchi masala nanozarrachalarni kiritish va rezonans (lokallashgan plazmon rezonansi) hodisasidan foydalanish. Rezonansda kremniy nanozarralar bilan ko’proq ta’sirlashadi va natijada foydali ish koeffitsiyenti (FIK) tubdan o’zgaradi. Eng asosiysi amaliy tomondan eng yaxshi joyi shu bo’lsa kerak deb o’ylayman. Mavzu albatta o’ta dolzarb. Demak asosiy maqsadi, plazmonlar metall nanozarrachalar ichidagi elektronlar tebranib, atrof-muhit yuzasida va hajmida bo’ladimi rezonans asosida biz shunga ega bo’lamiz. Aynan o’sha patenti ham Quyosh elementi yana ham ko’proq yorug’lik yutilishu uchun qilingan. Metall nanozarrachalarga yorug’lik tushganda katta effekt beradi. Bu asosiy yutuqlaridan biri.
Tadqiqot natijasida “Visual Basic” dasturiy vositalar yordamida metall nanozarrachalar kiritilgan kremniyning asosiy fotoelektrik xossalarini kompleks tadqiq qilish imkonini beruvchi rasman ro’yxatdan o’tgan “Nanoplazmonika uchun metallarning dielektrik funksiyalari”, “Metall nanozarralardan fotoemissiya kesimi” EHM dasturiy mahsulotlari ishlab chiqilgan.
Kvant o’lchamli effektlardan samarali foydalanishga imkon beradigan yangi konstruksiyali fotoelektrik o’zgartirgichlar tayyorlash uchun teksturalangan kremniy sirtlarida tekis taqsimlangan metall nanozarrachalarni hosil qilishning yangi usuli taklif qilingan va unga O’zbekiston Respublikasi patenti olingan.
Barcha ishda ayrim grammatik, stilistik kamchiliklar bo’ladi. Kamchiliklarni ko’rsatib o’tsam:

  1. “Metall nanozarrachalarning dielektrik funktsiyalari” nomli 2-bobda “Eng kichik kvadratlar usuli” yordamida olingan metallar dielektrik funksiyalarining tushayotgan yorug’likning to’lqin uzunligiga bog’ligi ifodalarining boshqa mualliflar tomonidan olingan shunday ifodalardan afzalligi izohlanmagan.

  2. “Yarimo’tkazgichlarga kiritilgan nanozarralar uchun Shredinger tenglamasi” deb nomlagan 3-bobda to’g’ri burchakli, parabolik va uchburchakli ko’rinishlardagi potensiallar uchun Shredinger tenglamasining yechimlari ko’rib chiqilganda potensiallarning analitik ifodalari keltirilgan va dastur tuzilganligi aytilgan. Lekin bu ifodalar va dasturdan qayerda va qanday foydalanilganligi aytilmagan.

  3. Xulosa qismida fotoelektrik o’zgartirgichlarga nanozarrachalar kiritilishi natijasida ularning samaradorligi qanchaga yaxshilanganligi keltirilmagan.

  4. Dissertatsiyada shuningdek, ayrim imlo va grammatik kamchiliklarga yo’l qo’yilgan.

Nazariy ish, umuman olganda, dissertatsiyada bu kamchiliklar bartaraf etildi deb o’ylayman va ishning asosiy mazmuniga jiddiy ta’sir etmaydi. Bajarilgan ish tugallangan. Masala aniq qo’yilgan va yechilgan. Dissertatsiya ishining ilmiy tomondan saviyasi va ilmiy ahamiyati, dissertatsiyaning asoslanganlik darajasi, natijalarning ilmiy yangiligi, natijalarning amaliyotga joriy etilganligi, e’lon qilingan ishlar, dissertatsiya va avtoreferatini rasmiylashtirish bo’yicha OAK nizomida ko’rsatilgan talablarga to’liq javob beradi. Yuldasheva Nazokatxon Murod qizi 01.04.10 – Yarimo’tkazgichlar fizikasi ixtisosligidan fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiqdir.

Download 495.63 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Download 495.63 Kb.