|
RAIS: Dissertantimiz javoblaridan qoniqdingizmi?
dots. Nasirov A
|
bet | 12/16 | Sana | 14.07.2023 | Hajmi | 495.63 Kb. | | #76718 |
Bog'liq Stenogramma YULDASHEVA N axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W, kolloid kimyo lab.2022 y., Jadvallar Т.Жўраев, 25-amaliy mashg\'ulot, Рус тили фани тест основные типы уроков, Ro\'yxat, 17-ma`ruza, business-plan-2021-oz, Access uslubiy ko\'rsatma, ArizaRAIS: Dissertantimiz javoblaridan qoniqdingizmi?
dots. Nasirov A.: Ha qoniqarli.
RAIS: Hurmatli ustozlar, hurmatli kengash a’zolari, keyingi masala, muhokamaga o’tamiz. Kim so’zga chiqishni hoxlaydi, kimda qanday fikr-mulohazalar bor? So’zni K.Onarqulov domlga bersak, marhamat.
ONARQULOV K.: Ruxsat bersangiz, qizimizni to’rt marta eshitdik. Ilmiy seminarda, yetakch tashkilot va Toshkentda bo’lgan seminarlarda eshitdik. Har safar ishning yangi qirralari ochilib bormoqda. Taqrizchilarimiz tomonidan aytib o’tildi. Kelajakda ko’rsatilgan tavsiyalarni hisobga olib, ishni yanad rivojlantirish kerak. Bularni hisobga olinganda shunday munosib ish chiqqanligidan bilan qizimizni tabriklaymiz. Muvaffaqiyat tilaymiz. Qo’llab quvvatlaymiz.
RAIS: Raxmat domla, yana kimda fikr-mulohazalar bor? So’z Shariboyev domlaga, marhamat.
SHARIBOYEV N.: Albatta bu qizimizning tadqiqot ishini ko’rdik, eshitdik. Muhokama qilyapmiz. Albatta, qizimiz o’z tadqiqot ishlarini namoyish etish davomida nafaqat fizikadan, balki matematika va informatikadan ham yetarlicha bilimlarga ega bo’lganligi, dasturlar tuzib, fizikaning dolzarb muammolariga qo’llay olaganligini ko’rsatdi. Qizimizning kelgusi ishlariga muffaqiyatlar tilab, kengash a’zolaridan uni qo’llab-quvvatlashlarini so’rab qolaman.
RAIS: Rahmat. Hurmatli kengash qatnashchilari! Yana so‘zga chiquvchilar bormi? Yetarli degan taklif bo‘lyapti, munozara tugadi deb hisoblaymiz. Marhamat, ilmiy kengash a’zolari, yana so‘zga chiquvchilar bormi? - (Ovozlar: yetarli). Yig‘ilishda ishtirok etayotganlar orasida so‘zga chiquvchilar bormi? - (Yo‘q).
Hurmatli ilmiy kengash a’zolari! Ish bajarilgan tashkilot va ilmiy seminar xulosalari, yetakchi tashkilot taqrizi, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati bo‘yicha kengashga kelib tushgan boshqa taqrizlar, rasmiy opponentlar va so‘zga chiquvchilar xulosalarida Yuldasheva Nazokatxon Murod qiziga 01.04.10 -Yarimo’tkazgichlar fizikasi ixtisosligidan fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish taklifi tushgan. Nizom bo‘yicha talabgor Yuldasheva Nazokatxon Murod qiziga 01.04.10 -Yarimo’tkazgichlar fizikasi ixtisosligidan fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish yuzasidan taklifni yashirin ovozga qo‘yish jarayoniga o‘tamiz. Onlayn va oflayn asosida yashirin ovoz berish jarayonini tashkil qilish va o‘tkazish uchun hisob komissiyasining tarkibini aniqlashimiz zarur. Hisob komissiyasi tarkibi bo‘yicha kimda qanday taklif bor? – (Kengash a’zolari: 3 kishidan iborat bo‘lsin). 3 kishidan iborat komissiya tarkibi tasdiqlansin, degan taklif bo‘lyapti.
1. f.-m.f.d., prof. Dadamirzayev Muxammadjon Gulomkodirovich
2. f.-m.f.n., Nuriddinova Mashxura Anvarbekovna
|
|
3. f.-m.f.d., Yo’lchiyev Shaxriyor Xusanovich
Hisob komissiyasiga nomzodlar bo‘yicha qanday takliflar bo‘ladi? (Kengash a’zolari: tasdiqlansin) Kim ushbu tarkib bo‘yicha hisob komissiyasi saylanishiga rozi bo‘lsa, ovoz berishlarini so‘rayman.
- Qarshilar? - Yo‘q. - Betaraflar? - Yo‘q. Qabul qilinadi.
Marhamat, ovoz berishga o‘tishingiz mumkin.
(Ovoz berish boshlandi)
Ovoz berish uchun 5 daqiqalik tanaffus e’lon qilinadi.
|
| |