• PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04 ilmiy kengashning XULOSASI Talabgorning eng muhim ilmiy natijalari.
  • Ilmiy natijalarning to‘g‘riligi va yangiligi.
  • Andijon davlat universiteti




    Download 495.63 Kb.
    bet14/16
    Sana14.07.2023
    Hajmi495.63 Kb.
    #76718
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Stenogramma YULDASHEVA N
    axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W, kolloid kimyo lab.2022 y., Jadvallar Т.Жўраев, 25-amaliy mashg\'ulot, Рус тили фани тест основные типы уроков, Ro\'yxat, 17-ma`ruza, business-plan-2021-oz, Access uslubiy ko\'rsatma, Ariza
    Xulosa loyihasi


    Yuldasheva Nazokatxon Murod qizining 01.04.10 – Yarimo’tkazgichlar fizikasi ixtisosligidan fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan «Kremniy xususiyatlariga metall nanozarrachalar ta’sirini tadqiq qilish» mavzusidagi dissertatsiya ishi bo‘yicha Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04 ilmiy kengashning
    XULOSASI
    Talabgorning eng muhim ilmiy natijalari. Metall nanozarrachalar dielektrik funksiyalarini ularga tushayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligiga bog‘liqligini hamda ularning zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi, relaksatsiya vaqti, elektr o‘tkazuvchanligi kabi asosiy elektrofizik parametrlarini plazmonik parametrlarga bog‘liq holda hisoblaydigan yangi ifodalar keltirib chiqarilgan; Metall nanozarrachalardan kremniyga fotoemissiya kesimining metall nanozarrachalar turiga va o‘lchamiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan hamda eng maqbul metall turi mis ekanligi va uning o‘lchami 4 nm bo‘lishi kerakligi aniqlangan; metall nanozarrachalardan kremniyga fotoemissiyada nanozarracha ichidagi elektr maydon intensivligi 20 martagacha ortishi va oltin nanozarrachasi uchun bu kattalik eng yuqori bo‘lishi hamda fotoemission tokning maksimal qiymati oltin uchun eng katta 3.5 mA/sm2 bo‘lishi aniqlangan; Kremniydagi a=4 nm radiusli metall (Cu) nanozarrachalarining fotoelektron emissiya va yutilish kesimlarining spektral bog‘liqligini taqqoslash natijasida yutilayotgan fotonlarning 15% fotoelektronlarga aylanishi aniqlangan.
    Ilmiy natijalarning to‘g‘riligi va yangiligi. Tadqiqot mavzusi Andijon davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga kiritilgan bo‘lib, natijalari har yili kengashda muhokama qilingan va uslubiy tomondan to‘g‘ri bajarilgan. Tadqiqotning yangiligi: metall nanozarrachalar dielektrik funksiyalarini ularga tushayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligiga bog‘liqligini hamda ularning zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi, relaksatsiya vaqti, elektr o‘tkazuvchanligi kabi asosiy elektrofizik parametrlarini plazmonik parametrlarga bog‘liq holda hisoblaydigan yangi ifodalar keltirib chiqarilgan;
    metall nanozarrachalardan kremniyga fotoemissiya kesimining metall nanozarrachalar turiga va o‘lchamiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan hamda eng maqbul metall turi mis ekanligi va uning o‘lchami 4 nm bo‘lishi kerakligi aniqlangan;
    metall nanozarrachalardan kremniyga fotoemissiyada nanozarracha ichidagi elektr maydon intensivligi 20 martagacha ortishi va oltin nanozarrachasi uchun bu kattalik eng yuqori bo‘lishi hamda fotoemission tokning maksimal qiymati oltin uchun eng katta 3.5 mA/sm2 bo‘lishi aniqlangan;
    kremniydagi a=4 nm radiusli metall (Cu) nanozarrachalarining fotoelektron emissiya va yutilish kesimlarining () spektral bog‘liqligini taqqoslash natijasida yutilayotgan fotonlarning 15% fotoelektronlarga aylanishi aniqlangan.

    Download 495.63 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 495.63 Kb.