• Nasirov Abdumanap Abdulmajidovich f.-m. fanlari nomzodi, dotsent Ish bajarilgan tashkilot
  • Qo’chqorov Bekzod
  • YULDASHEVA N.M.
  • Andijon davlat universiteti




    Download 495.63 Kb.
    bet3/16
    Sana14.07.2023
    Hajmi495.63 Kb.
    #76718
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Stenogramma YULDASHEVA N
    axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W, kolloid kimyo lab.2022 y., Jadvallar Т.Жўраев, 25-amaliy mashg\'ulot, Рус тили фани тест основные типы уроков, Ro\'yxat, 17-ma`ruza, business-plan-2021-oz, Access uslubiy ko\'rsatma, Ariza
    Ilmiy rahbar:

    Zaynabidinnov Sirojiddin Zaynobiddinovich
    f.-m. fanlari doktori, O’zFA akademigi

    Rasmiy opponentlar:

    Gulyamov Gafur
    f.-m. fanlari doktori, professor




    Nasirov Abdumanap Abdulmajidovich
    f.-m. fanlari nomzodi, dotsent



    Ish bajarilgan tashkilot:
    Yetakchi tashkilot:

    Andijon davlat universiteti


    Farg’ona davlat universiteti

    RAIS: Kun tartibi bir ovozdan tasdiqlandi. Kun tartibini muhokama qilishga oʼtamiz. Izlanuvchining shaxsiy hujjatlariga doir materiallar bilan tanishtirish uchun so‘z – ilmiy kengash ilmiy kotibi fizika-matematika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Qo’chqorov Bekzodga beriladi, marhamat!
    ILMIY KOTIB: Assalomu alaykum hurmatli kengash a’zolari! Ruxsatingiz bilan talabgor Yuldasheva Nazokatxon Murod qizining shaxsiy hujjatlariga doir materiallar bilan tanishtirib o‘tsam.
    Yuldasheva Nazokatxon Murod qizi 1990 yil 23 avgustda Andijon viloyati Andijon tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 3 nafar farzandi bor. 2011 yilda Andijon davlat universitetining Fizika yo‘nalishida bakalavr va 2013 yilda Nazariy fizika yo‘nalishida magistratura mutaxassisligini tamomlagan. 2023 yil Andijon davlat universitetining 01.04.10 – Yarimo’tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturani tamomladi.
    2007-2011 yillarda Andijon davlat universiteti talabasi;
    2011-2013 yillarda Andijon davlat universiteti magistranti;
    2012-2017 yillarda Andijon shaxar 1 – umumta’lim maktabida fizika fani o’qituvchisi
    2017-2020 yillarda Andijon davlat universiteti fizika kafedrasi o’qituvchisi
    2020-2023 yillarda Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti
    2017 yildan hozirga vaqtga qadar Andijon davlat universiterti fizika kafedrasida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
    N.M.Yuldasheva falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi mavzusi Andijon davlat universiteti Kengashining 2022 yil 30-avgustdagi 1-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan, Ilmiy rahbar etib akademik S.Zaynobiddinov tayinlangan.
    Falsafa doktori (PhD) ishi mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida В2022.4.PhD/FM823 raqam bilan ro‘yxatga olingan.
    Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 28 ta ilmiy ishlar nashr ettirilgan, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 5 ta ilmiy maqola, jumladan, 1 ta maqola yuqori impakt faktorli xorijiy jurnallarda nashr qilingan hamda tadqiqot mavzusi bo‘yicha 1 ta ixtiro uchun patent va 3 ta (DGU) EHM dasturiy mahsulotlari uchun guvohnomalar olingan.
    Ish bajarilgan tashkilot: Andijon davlat universiteti.
    Yuldasheva Nazokatxon Murod qizining shaxsiy jildlarida OAK talabiga binoan barcha hujjatlar keltirilgan.
    RAIS: Hurmatli ilmiy kengash a’zolari! Talabgorning hujjatlari yuzasidan ilmiy kotibga yoki tadqiqotchiga savollar bormi? (Kengash a’zolari: savollar yo‘q.) Ma’lumot uchun qabul qilinsin, degan taklif tushyapti. E’tirozlar bormi? – (Yo‘q). Kim ushbu taklifga rozi bo‘lsa, ovoz berishlarini so‘rayman.
    - Qarshilar? - Yo‘q. Betaraflar - Yo‘q. Bir ovozdan qabul qilindi.
    Dissertatsiyaning asosiy mazmuni bilan tanishtirish uchun so‘z talabgor Yuldasheva Nazokatxon Murod qiziga beriladi. Marhamat, reglament 20 minut.
    YULDASHEVA N.M.: (Dissertatsiya yuzasidan ilmiy ma’ruza o‘qildi. Mavzuga oid slaydlar ko‘rsatildi).
    RAIS: Rahmat. Ma’ruza tugadi, dissertatsiyaning asosiy mazmuni bilan tanishdik. Kengash a’zolarida dissertantga savollar bormi? Kimda savollar bor? Agar mumkin bo’lsa, o’zim boshlab bersam.
    17 - slaydni ochsangiz. Keyingi paytlarda aynan mis nanozarrachasi kiritilganda kesimda eng baland cho’qqiga intilyapdi. Shuning sababini bilsak bo’ladimi?

    Download 495.63 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 495.63 Kb.