|
Andijon davlat universiteti
|
bet | 4/16 | Sana | 14.07.2023 | Hajmi | 495.63 Kb. | | #76718 |
Bog'liq Stenogramma YULDASHEVA N axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W, kolloid kimyo lab.2022 y., Jadvallar Т.Жўраев, 25-amaliy mashg\'ulot, Рус тили фани тест основные типы уроков, Ro\'yxat, 17-ma`ruza, business-plan-2021-oz, Access uslubiy ko\'rsatma, ArizaYULDASHEVA N.M.: 3-rasmda plazmon parametrlarining elektronning metalldan va kremniydan chiqish ishlari farqiga bog’liqligi keltirilgan. Rasmdan ko’rinib turibdiki, oltin, kumush va misda bu kattalik eng katta qiymatlarga erishadi. Shuning uchun ham 2 - rasmda keltirigan fotoemissiya kesimi bu metallar uchun eng katta qiymatga erishadi.
RAIS: Keyingi savol. Ikkinchi savol ham kelib qoldi. Klassik nuqtai nazardan olsak, moddaning yorug’lik dispersiyasi qonunida moddaning sindirish ko’rsatkichi yorug’lik chastotasining to’rtinchi darajasiga proporsional bo’lishi aytilgan. Endi kvant nuqtai nazaridan oladigan bo’lsak, bu qonuniyat qanday bajarilyapti, metall nanozarrachalar kiritganingizda?
YULDASHEVA N.M.: Biz dispersiya qonuni uchun biz taklif qilgan qator ko’rinishdagi ifoda James W.Fleming, Marvin J.Weber va boshqalarning “Handbook of Optical Materials” (Pub. Location Boca Raton, 2018, Pages 536, eBook ISBN 9781315219615) qoʼllanmasida keltirilgan metallar sindirish koʼrsatkichining yorugʼlik energiyasiga (toʼlqin uzunligiga) bogʼliqlik eksperimental natijalarni “Eng kichik kvadratlar” usuli yordamida approksimatsiyalash (qayta ishlash) asosida plazmonik parametrlarni oson (avtomatik) aniqlashga imkon beradi. Hisoblash aniqligi eksperiment va nazariy hisoblangan natijalarning bir-biriga yaqinligi (2 (xi kvadrat)ning qiymatlari) bilan belgilanadi. Ular 1-jadvalda keltirilgan, yaʼni ularning aniqligi yetarlicha yuqori.
RAIS: Yaxshi. Ustozlar kimda qanday savollar bor? So’z ustoz professor K. Onarqulovga, domla marhamat.
ONARQULOV K.: Raxmat. Savolim, shuki, asosiy vazifadan kelib chiqqan holda qanday o’lcham va qaysi metallning nanozarrachasi eng optimal hisoblanadi. Qaysi metall va qanday o’lcham? Marhamat.
YULDASHEVA N.M.: Raxmat ustoz bergan savolingiz uchun. 2-rasmdan ko’rinib turibdiki, kremniyga kiritilgan nanozarrachalardan eng ma’quli mis nanozarrachasi hisoblanadi. 4-rasmdan ko’rinib turibdiki, mis nanozarrachasining o’lchami 4 nm bo’lganda, fotoemissiya kesimi eng yuqori qiymatga ega. Agar mis nanozarrachaning o’lchami oshib borgani sari fotoemissiya kesimi pasayib, kichrayib va maksimum o’nga siljib boradi.
ONARQULOV K.: Demak, optimal 4 nm o’lchami sifatida, material metall sifatida mis nanozarrachasi eng maquli hisoblanadi. 12-slaydni marhamat ochsangiz. Mana shu yerdagi 12- va 13-formulalarni izohlab bersangiz. Bularning nima farqi bor?
|
| |