|
Andijon davlat universiteti
|
bet | 5/16 | Sana | 14.07.2023 | Hajmi | 495.63 Kb. | | #76718 |
Bog'liq Stenogramma YULDASHEVA N axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W, kolloid kimyo lab.2022 y., Jadvallar Т.Жўраев, 25-amaliy mashg\'ulot, Рус тили фани тест основные типы уроков, Ro\'yxat, 17-ma`ruza, business-plan-2021-oz, Access uslubiy ko\'rsatma, ArizaYULDASHEVA N.M.: 10- va 11-ifodalardagi zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi va relaksatsiya vaqti ifodalarini, umumiy holdagi elektr o’tkazuvchanlik formulasiga qo’ysak, bizda elektr o’tkazuvchanlikning plazmonlar parametrlariga bog’liq bo’lgan yangi ifodasi kelib chiqadi.
ONARQULOV K.: Raxmat. Xulosa qismida tushayotgam yorug’likning 15% fotoelektronlarga aylanishi aniqlandi deyilgan. 15% fotoelektronlarga aylanishi aytilgan 85% fotoelektron hosil qilmaydi deb tushunamizmi shu nanozarracha kiritilganda? Bu maksimal qiymatmi yoki qo’shimcha qiymat ma’nosida paydo bo’lyaptimi?
YULDASHEVA N.M.: 7-rasmda kremniydagi 4 nm radiusli (Cu) metall nanozarracha fotoelektron emissiya va yutilish kesimlarining spektral bog’liqligini ko’rsatib o’tdik. Natijalardan ko’rinadiki, maksimal nuqtada fotoemissiya kesimi yutilish kesimining 0,15 qismini, ya’ni 15 % ni tashkil qilmoqda. Demak, yutilayotgan fotonlarning 15% fotoelektronlarga aylanyapti. Bu albatta fotoo’zgartorgichlardagi qo’shimcha hosil bo’layotgan zaryad tashuvchilar miqdori.
ONARQULOV K.: Raxmat, tushunarli.
RAIS: Marhamat, kimda qanday savollar bor? Marhamat, Maxmud Bazarovich.
NABIYEV M.B.: Hozir aytib o’tdingiz, kremniyga metall nanozarrachalar kiritilganda mana shunday o’zgarishlar bo’lyapti dedingiz. O’sha metall nanozarrachalarini siz kiritganmisiz na’munaga? Yoki tayyor na’muna bo’lganmi?
YULDASHEVA N.M.: Ma’lumki, bizning tadqiqotimiz nazariy ish. Fotoo’zgartirgichlardagi yarimo’tkazgichga metal nanozarrachalar kiritilgan va asosiy formulalar asosida Visual Basicda dastur tuzilganmiz hamda natijalar MS Excelga jo’natilib, grafik va jadval ko’rinishida tasvirlangan.
NABIYEV M.B.: Nazariy, tushunarli.
RAIS: Marhamat, kimda qanday savollar bor? Mashxura Anvarbekovna, marhamat.
NURIDDINOVA M.A.: 17 – slayddagi maksimum nima ma’noni bildiradi? Fotoemissiya kesimini eng yuqori qiymatga erishgani qanday fizik ma’noni bildiradi?
|
| |