|
Andijon davlat universiteti
|
bet | 6/16 | Sana | 14.07.2023 | Hajmi | 495.63 Kb. | | #76718 |
Bog'liq Stenogramma YULDASHEVA N axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W, kolloid kimyo lab.2022 y., Jadvallar Т.Жўраев, 25-amaliy mashg\'ulot, Рус тили фани тест основные типы уроков, Ro\'yxat, 17-ma`ruza, business-plan-2021-oz, Access uslubiy ko\'rsatma, ArizaYULDASHEVA N.M.: Bu slayda metallar nazarrachlardan kremniyga fotoemissiya kesimining spektral bog’liqlik grafigi keltirilgan. Garfiklardagi maksimumlar LPR (lokallashgan plazmon rezonansi), ya’ni tushayotgan yorug’lik to’lqin uzunligi bilan nanozarracha ichidagi elektr maydon tebranishlari to’lqin uzunligining tenglashishi oqibatida rezonans yuz berishini bildiradi.
RAIS: Ustozlar marxamat, kimda qanday savollar bor? Abdulaziz Abdubannayevich, marhamat?
ABDUKARIMOV A.A.: 4-rasmda nima ortib boryapti, radius o’lchami ortib boryaptimi? Shuni tushuntirib bersangiz?
YULDASHEVA N.M.: Kremniyda metall nanozarrachalarning (Cu) turli o’chamlarida fotoemissiya kesimining spektral bog’liqlik grafigi keltirilgan. Grafikdan ko’rinib turibdiki, mis nanozarrachasi o’lchami 4 nm bo’lganda fotoemissiya kesimi eng yuqori qiymatga erishadi. Nanozarracha o’lchami oshib borgani sayin egri chiziq maksimumi o’ngga surilib, pasayib boradi.
RAIS: Ustozlar marhamat, yana qanday savollar bor? Agar savollar bo’lmasa, yetarli degan taklif tushyapti. Yetarli, yaxshi. Dissertant, sizga ruxsat.
RAIS: Ustozlar so’z navbati dissertantning ilmiy rahbari, fizika – matematika fanlari doktori, professor, O’zR FA akademigi Sirojiddin Zaynobiddinovichga beramiz. Marhamat, ustoz.
ZAYNOBIDDINOV S.: Nanozarrachalarning tabiati va ularning hosil bo’lishi masalalariga o’tgan asrning 70 yillarida qattiq kirishilgan. Plazmonlardan elektronlar ajralib chiqishini qonuniyatlarni o’rgandik. Mana shularning modda xususiyatlarini nanoo’lchamlarda tadbiq etish orqali keyinchalik foydalanishimiz mumkin. Eksperimentlarimizni qilish juda qiyin. Tajribalarda ko’rsatilgan natijalarga moslashtirib, nazariy hisoblashlar mosligi, demak bu to’g’ri ekanligini ko’rsatadi. Qizimiz buni bizga isbotlab berdi. Nazariy asoslarda va hisoblashlarda olingan natijalar keyinchalik undan foydalanish imkoniyatini beradi. Qizimizni studentlik paytidan beri bilamiz, juda yaxshi o’qidi. Ish bajarish davomida 3 ta bolani tarbiyalash ham o’zi katta bitta ish. Tadqiqot ishlarini o’z vaqtida oxiriga yetkazdi. O’ylaymanki, qizimiz ishlarini yana davom ettirib, keyinchalik yanada yaxshi natijalarga erishadi. Kengash a’zolaridan qizimizni qo’llab-quvvatlarini so’rab qolaman.
RAIS: Ustozlar, keyingi so’z navbatini yetakchi tashkilot taqrizi va dissertatsiya avtoreferatiga kelgan taqrizlar bilan tanishtirishni Ilmiy kengash kotibi fizika – matematika fanlari nomzodi dotsent Qo’chqorov Begzodga beramiz, marhamat.
|
| |