|
Andijon davlat universiteti
|
bet | 7/16 | Sana | 14.07.2023 | Hajmi | 495.63 Kb. | | #76718 |
Bog'liq Stenogramma YULDASHEVA N axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W, kolloid kimyo lab.2022 y., Jadvallar Т.Жўраев, 25-amaliy mashg\'ulot, Рус тили фани тест основные типы уроков, Ro\'yxat, 17-ma`ruza, business-plan-2021-oz, Access uslubiy ko\'rsatma, ArizaQO’CHQOROV B: Dissertatsiya ishi bo‘yicha ish bajarilgan tashkilot Andijon davlat universitetining xulosasi taqdim etilgan. Kafedra yig‘ilish bayonnomalari berilgan. Bunda ijobiy xulosa berilgan va himoyaga tavsiya etilgan. Ilmiy seminar xulosasi ham xuddi shunday ijobiy baholangan va himoyaga tavsiya etilgan.
Yetakchi tashkilot – Farg’ona davlat universiteti. Mazkur dissertatsiya ishi yetakchi tashkilotda muhokamadan o‘tgan va ijobiy taqriz olingan. Yetakchi tashkilotdan kelgan taqrizni Farg’ona davlat universitetidan professor, fizika – matematika fanlari doktori K.Onarqulov domla tomonidan imzolangan. Taqrizda dissertatsiya ishining fan va amaliyot uchun dolzarbligi haqida yozilgan. Asosiy ilmiy natijalar ko’rsatilgan. Olingan natijalarni fanda va ishlab chiqarish uchun ahamiyati keltirilgan. Olingan natijalardan foydalanish uchun qo’shimcha tavsiyalar berib o’tilgan. Umuman olganda yetakchi tashkilot fikr-mulohazalari ijobiy. Umumiy e’tirozlar quyidagilar;
1. “Metall nanozarrachalaming dielektrik funksiyalari” nomli 2-bobda metall nanozarrachalaming zaryad tashuvchilar kontsentratsiyasi, relaksatsiya vaqti va elektr o’tkazuvchanligi uchun yangi ifodalar olingan, ularning bu ifodalar bo’yicha hisoblangan qiymatlari ham keltirilgan. Lekin bu qiymatlar tajriba natijalariga qanchalik mos kelishi aytilmagan.
2. “Yarimo’tkazgichlarga kiritilgan nanozarralar uchun Shredinger tenglamasi” deb nomlangan 3-bobda ixtiyoriy ko’rinishdagi potensiallar uchun Shredinger tenglamasini sonli yechish dasturi tuzilganligi aytilgan. Lekin bu dasturning boshqa adabiyotlarda mavjud dasturlardan afzal yoki kamchiligi ko’rsatilmagan.
3. Dissertatsiyada shuningdek, ayrim grammatik va stillistik kamchiliklar uchraydi.
Xulosa qilib, topshiriq doirasida Nazokatxon Yuldashevaning dissertatsiya ishi yakunlanganligi qayd etildi. Dissertant tomonidan qo’lga kiritilgan yangi natijalar yarimo’tkazgichlar materialshunosligi sohasiga, fan va ishlab chiqarish texnologiyasini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Xulosa va tavsiyalar ishonchli va asosli. Dissertatsiya ishi 01.04.10 – Yarimo’tkazgichlar fizikasi fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun O’zbekiston respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining barcha talablariga javob beradi. Yuldasheva Nazokatxon Murod qizining dissertatsiyasi Namangan muhandislik – texnologiyalar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04 raqamli ilmiy kengashda himoyaga tavsiya etish uchun taqdim etildi. Dissertatsiya va avtoreferat yuzasidan fikr-mulohazalar Farg’ona davlat universiteti ilmiy yig’ilishidagi 2023 yil 7 iyul №3 sonli bayonnomasida muhokama qilindi. N.M. Yuldashevaning “Kremniy xususiyatlariga metall nanozarrachalar ta’sirini tadqiq qilish” mavzusidagi dissertatsiya ishi bo’yicha fikr-mulohazalar seminar kotibi fizika – matematika fanlari fasafa doktori (PhD) D.Yusupova tayyorladi. Shuningdek, protokol ishtirokchilari ro’yxati va sharxlovchilar sharxi mavjud.
|
| |