|
RAIS: Dissertant, so’z sizga, yetakchi tashkilot tomonidan berilgan izohlarga javob bersangiz.
YULDASHEVA N.M
|
bet | 8/16 | Sana | 14.07.2023 | Hajmi | 495.63 Kb. | | #76718 |
Bog'liq Stenogramma YULDASHEVA N axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W, kolloid kimyo lab.2022 y., Jadvallar Т.Жўраев, 25-amaliy mashg\'ulot, Рус тили фани тест основные типы уроков, Ro\'yxat, 17-ma`ruza, business-plan-2021-oz, Access uslubiy ko\'rsatma, ArizaRAIS: Dissertant, so’z sizga, yetakchi tashkilot tomonidan berilgan izohlarga javob bersangiz.
YULDASHEVA N.M.: Hurmatli taqrizchiga va Farg’ona davlat universitetiga dissertatsiya ishimni diqqat bilan o’qib chiqib, kamchiliklarini o’z vaqtida ko’rsatganliklari uchun chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.
1. “Metal nanozarrachalarning dielektrik funktsiyalari” nomli 2-bobda metall nanozarrachalarning zaryad tashuvchilar kontsentratsiyasi, relaksatsiya vaqti va elektr o’tkazuvchanligi uchun yangi ifodalar olingan, ularning bu ifodalar bo’yicha hisoblangan qiymatlari ham keltirilgan. Adabiyotlarda nanozarrachalar uchun bu kattaliklarning eksperimental qiymatlari yo’q. Bu qiymatlar fotoo’zgartirgichlardagi shu kattaliklarga qo’shiladi. Dissertatsiyaning 4.6-rasmida kremniydagi a=4 nm radiusli metall (Cu) nanozarrachalarining fotoelektron emissiya va yutilish kesimlarining () spektral bog‘liqligini hisoblash natijalari ko‘rsatilgan. Rasmdan ko'rinib turibdiki, maksimal nuqtada fotoelektron emissiya kesimi yutilish kesimining 0,15 qismini, ya’ni 15% ini tashkil qilmoqda. Demak yutilayotgan fotonlarning 15% fotoelektronlarga aylanadi.
2. Bu dasturdan foydalanish juda oson. Potensial ko’rinishi analitik shaklda chegaraviy shartlar bilan birga kiritiladi. To’lqin funksiya va ehtimollik amplituasi bo’yicha olingan natijalar avtomatik ravishda MS Excel jo’natilib, grafiklar chiziladi. MS Exceldagi grafiklarni esa istalgancha sayqallash mumkin.
3. Qolgan grammatik kamchiliklarga roziman, ular to’rilab qo’yildi.
RAIS: Dissertatsiya ishi avtoreferatiga kelgan taqrizlar haqida ma’lumotlar bersangiz. So’zni Ilmiy kengash kotibi fizika – matematika fanlari nomzodi dotsent Qo’chqorov Begzodga beramiz, marhamat.
Qo’chqorov B: Dissertatsiya avtoreferatiga taqrizlar.
ILMIY KOTIB:
Dissertatsiya avtoreferatiga quyidagi taqrizlar kelib tushgan.
АВТОРЕФЕРАТГА ТАКРИЗЛАР
Ilmiy kotib: Dissertatsiya avtoreferatiga 10 ta taqriz kelib tushgan.
Voronej davlat universiteti (Rossiya) dan prof. E.S.Rembeza tomonidan imzolangan. Fikr-mulohazalar ijobiy, e’tiroz va kamchiliklar yo'q.
O’sh davlat universiteti (Qirg’iziston) dan fizika-matematika fanlari doktori, professor. I.Tashpolotov tomonidan imzolangan. Fikr-mulohazalar ijobiy, e’tiroz va kamchiliklar yo'q.
Tojik texnika unversiteti (Tojikiston) dots. R.X.Diyorzoda tomonidan imzolangan. Fikr-mulohazalar ijobiy, e’tiroz va kamchiliklar yo'q.
Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetidan fizika-matematika fanlari doktori, professor. E.Z.Imamov tomonidan imzolangan. Fikr-mulohazalar ijobiy, e’tiroz va kamchiliklar yo'q.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori, f.-m.f.d. I.Tursunov tomonidan imzolangan. Fikr-mulohazalar ijobiy, e’tiroz va kamchiliklar yo'q.
O’z.R. FA Yadro fizikasi instituti ilmiy kotibi katta ilmiy xodim A.Muxtarov tomonidan imzolangan. Fikr-mulohazalar ijobiy, e’tiroz va kamchiliklar yo'q.
O’zMU huzuridagi Yarimo’tkazgichlar va mikroelektronika instituti ilmiy kotibi, f-m.f.d. N.Turg’unov tomonidan imzolangan. Fikr-mulohazalar ijobiy, e’tiroz va kamchiliklar yo'q.
Andijon mashinasozlik institute professori B.Asqarov tomonidan imzolangan. Fikr-mulohazalar ijobiy, e’tiroz va kamchiliklar yo'q.
Toshkent geologik fanlar universitetidan professor X.Yu.Raximov tomonidan imzolangan. Fikr-mulohazalar ijobiy, e’tiroz va kamchiliklar yo'q.
Alfraganus universiteti prorektori, dotsent K.U.Boboxojayev tomonidan imzolangan. Fikr-mulohazalar ijobiy, e’tiroz va kamchiliklar yo'q.
Urganch davlat universiteti fizika kafedrasi dotsenti, f.-m.f.d. A.Atamuratov tomonidan imzolangan. Fikr-mulohazalar ijobiy, e’tiroz va kamchiliklar yo'q.
RAIS: Rahmat. Taqrizlar bo‘yicha kengash ilmiy kotibiga savollar bormi? – (Kengash a’zolari: yo‘q). Ma’lumot sifatida qabul qilish haqida taklif bor. E’tirozlar bormi? – (Yo‘q). Qabul qilinadi.
RAIS: Rahmat. Dissertatsiyaning rasmiy muhokamasiga o‘tamiz. So‘zni – birinchi rasmiy opponent fizika-matematika fanlari doktori, professor Gafur Gulyamovga. Marhamat.
Prof. Gulyamov Gafur: Assalomu alaykum, hurmatli majlis ishtirokchilari! Barchangizni tantanali bo’lib turgan birinchi ochilish munosabati bilan muborakbod etaman. Hammalaringizga sog’lik-salomatlik tilayman. Albatta, yangi ilmiy kengash katta ilmiy ishlarni qilishda hizmat qilsin. Ishlarilarga omadlar tilayman. Dissertantimiz ishni yaxshi tushuntirib o’tdilar. Kremniy - yarimo’tkazgichlar fizikasining, hozirgi elektronikaning asosi hisoblanadi va dissertantimiz bu ishni boshidan boshlab uning ustida ish olib borgan. Kremniyni nanozarralar kiritib, o’zgartirish va boshqarishni tadqiq qilgan. Dastlabki vaqtlarda atomlarni diffuziyalab, nuqtaviy nuqsonlarni hosil qilish bilan yarimo’tkazgichlar xossalarini o’rganish, o’zgartirish ustida ish olib borilgan. Bu rivojlanish davomida chuqur, yengil kiritmalar (aralashmalar) kiritilgan. Keyin buning xususiyatlarini qanday qilib o’zgaradi, agar boshqa elementlar kiritilsa, o’shandan keyin chuqur satxlar (energiya) hosil bo’lgan. Bu soxada ishlar ko’p. Bundan maqsad yangi yarimo’tkazgich asboblarni elektrofizik, optik va fotoelektrik xususiyatlarini aniqlab topish. Mana bu hozirgi dissertatsiya ishi kremniyga nanozarrachalar kiritib, hossalarini aniqlash va o’zgartirishdir. Demak minglab, yuz minglab atomlardan yashkil topgan nanozarrachalar. Ilgari kremniyga atomlar bittalab, ikkitalab kiritilgan bo’lsa, hozirgi kunda nanozarrachalar kiritilmoqda va tadqiq qilinmoqda. Xususan mana bu ish o’sha metallar nanozarrachalarning kiritilishi yarimo’tkazgichni optik va elektrofizik xususiyatlariga qanday ta’sir qilishiga bag’ishlangan. Bu esa, bu sohada yangi qadam qilingan, har qanday yangi kichkina qadam katta natijalarga olib kelishi mumkin. Shu ma’noda bu ishning dolzarbligi, ilmiy ahamiyatiga hech qanday shubxa yo’q. Demak, ushbu soxada qilingan ishlarni rivojlantirish bo’yicha dissertantimiz nazariy jihatdan o’rganib chiqqan. Ishning birinchi qismi yarimo’tkazgichlarga kiritilgan nanozarralar haqida olib borilgan ishlarga bag’ishlangan. II bobda nanozarralarni dielektrik funksiyalarini tushayotgan yorug’lik chastotalariga bog’liqligini nazariy jihatdan o’rganilgan. Yangi ifodalar olingan. Olingan ifodalar mana shu usul bilan yarimo’tkazgichlardagi o’zgarishlarni nazariy tomoni aytilgan. Bu yerda dielektrik funksiya elektr magnit maydoniga tushganda yoki yorug’lik tushganda yarimo’tkazgich o’zini qanday tutishini ko’rsatib berilgan. Bu eng asosiy ko’rsatkich. Dielektrik singdiruvchanlikning real va mavhum qismlari uchun plazmonlar hosil bo’lishi xususiyatlarida o’rganilgan va yaxshi natijalarga erishilgan. Keyingi bobda, atom va nanozarracha uchun Shredinger tenglamasini yechish usullari ko’rib chiqilgan. Shredinger tenglamasini sonli yechish uchun turli potensiallar uchun - uchburchak, parabolik va to’g’ri burchakli ko’rinishlardagi potensiallar uchun ifodalar keltirib chiqarilgan. Kelajakdagi foydalanuvchilar uchun foydali deb o’ylayman. Keyingi bobda yorug’lik nanozarrachaga tushganda yarimo’tkazgichga elektronlar ajralib chiqishi ko’rib chiqilgan. Bu fotoelektronlar bo’lib, xususan ular opto-optoelektron asboblarda ishlatiladi. Buning uchun yarimo’tkazgichlardagi nanozarrachalarda plazmonlar uyg’onish shartlari keltirib o’tilgan. Ko’p ishlar shu bobda keltirib o’tilgan. Olingan natijalar, konkret nazariya uchun foydalanilgan. Mana bu yerda savol tushdi, 15% fotoelektronlarga aylanishi masalasida. Ilgari bu nolga teng bo’lgan. Nanzarracha kiritish orqali 15% qo’shilyapti. Ilgari tushayotgan yorug’lik o’sha qismi ishlatilmagan. Nanzarracha kiritish orqali yorug’lik tushganda 15% samaradorlik oshadi. Umuman nazariy tomondan ishlangan. Mana shu ishda yarim foizga oshirishning o’zi katta gap. Nazariy tomondan ish juda yaxshi ko’rib chiqilgan. Ish bor joyda kamchilik bo’ladi. Kamchilik bo’lmasligi uchun ish bo’lmasligi kerak. Ayrim kamchiliklar haqida to’xtalib o’taman:
“Metall nanozarrachalarning dielektrik funksiyalari” deb nomlangan ikkinchi bobda sirtiy plаzmоnlаrni uyg’оtilish mexanizmlari keltirilgan, lekin bu mexanizlardan qayerda foydalanganligi haqida ma’lumotlar berilmagan.
Shu bobda metallar dielektrik funksiyalarining real qismi uchun yangi ifodalar olingan, lekin ularning mavhum qismi haqida ma’lumotlar berilmagan.
“Yarimo’tkazgichlarga kiritilgan nanozarralar uchun Shredinger tenglamasi” deb nomlangan uchinchi bobda to’g’ri burchakli, uchburchakli va parabolik ko’rinishlardagi potensiallar Shredinger tenglamasining analitik va sonli yechimlari keltirilgan. Lekin qaysi potensial nanozarrani yaxshiroq tavsiflashi aytib o’tilmagan.
“Kremniyga kiritilgan nanozarralardan fotoemissiya kesimi” deb nomlangan to’rtinchi bobdagi 4.4-rasmda kremniydagi metall nanozarrachalarning fotoelektron emissiyasi (F2) elektr maydoni intensivligining spektral bog'liqligini hisoblash natijalari ko'rsatilgan va oltin uchun eng yuqori intensivlik qiymatiga erishilishi aytilgan. Lekin nima uchun nanozarracha ichida elektr maydoni bunday oshishi izohlanmagan.
Shuningdek, rasm va grafiklarni rasmiylashtirishda ayrim grammatik kamchiliklarga yo’l qo’yilgan.
Lekin bu aytilgan kamchiliklar ishni mazmunini o’zgartirmaydi. Olingan natijalar yangi. Dissertatsiya mazmunini chop etilgan maqolalar to’liq o’zida ifoda etadi. Ish OAK talablariga to’liq javob beradi. Yuldasheva Nazokatxon Murod qizi 01.04.10 – Yarimo’tkazgichlar fizikasi ixtisosligidan fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq. Rahmat.
|
| |