• KELISHILDI Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ______________ “____” _________ 2021 yil
  • Andijon davlat universiteti




    Download 49.14 Kb.
    bet1/15
    Sana29.01.2023
    Hajmi49.14 Kb.
    #40018
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    5A140100 – Biologiya (turlar bo‘yicha)1
    y33jismoniy tarbiya - копия, 10-mavzu. Hayvonot olamining xilma xilligi. (4 soat) r e j a, 26, 1- test, Тер ш касб-хунар паспорт, Mavzu Tasvirga matn joylash Fan Informatika №16 Darsning maqsa-hozir.org (1), Web-sahifalarda Animatsiyalar va ularni o’rnatish-hozir.org, YADAS 2023 2024, Turdiyev Temirbek slide

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI



    KELISHILDI Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ______________
    ____” _________ 2021 yil




    TASDIQLAYMAN
    Rektor________ A.S.Yuldashev
    ____”___________2021 yil

    5A140100 – Biologiya (turlar bo‘yicha)
    magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun
    mutaxassislik (ixtisoslik) fanlaridan kirish imtihoni


    DASTURI

    Andijon-2021


    Аnnotatsiya

    Dastur 5A140100 – Biologiya (turlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5140100- Biologiya ta’lim yoʼnalishining oʼquv rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan.


    Tuzuvchilаr:


    ADU Zoologiya va biokimyo kafedrasi mudiri A.K.Xusanov


    ADU Zoologiya va biokimyo kafedrasi dotsenti A.Ummatov




    KIRISH

    Zamonaviy hayotni bugun ilm-ma’rifat va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Jahonning yetakchi davlatlarida ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqdir.


    Mamlakatimizda 2019-yilning oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o‘quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, inovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e’tirofga erishish hamda boshqa ko‘plab aniq yo‘nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun xizmat qiladi.
    5140100 – Biologiya bakalavriat taʼlim yoʼnalishi negizida 5A140100 – Biologiya (turlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligiga kiruvchi talabgorlar uchun taʼlim yoʼnalishi oʼquv rejasiga asosan 5 ta umumkasbiy va ixtisoslik fanlari boʼyicha: “Botanika”, “Zoologiya”, “Genetika”, “Odam va hayvonlar fiziologiyasi”, “O‘simliklar fiziologiyasi” fanlaridan yozma ish savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyun kungi PQ-5157-son qaroriga ko‘ra magistratura mutaxassisligiga qabul 2 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda universitetda mutaxassislik fanlaridan imtihon topshiriladi. Ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. Mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlari yozma ish ko‘rinishida o‘tkaziladi.



    1. Download 49.14 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 49.14 Kb.