Menejmentning axborot ta’minoti va uning xavfsiligini ta’minlash




Download 246.17 Kb.
bet3/6
Sana13.04.2023
Hajmi246.17 Kb.
#50909
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
203-gr2
ХИЗМАТ ФАРМОЙИШИ, 1-amaliy ish (2), Мустақил иш мавзулари, Akmeologiyaning hozirgi kundagi rivojlanishi va uning boshqa fanlar bilan, Litosferani muhofaza qilish, Renessans aloqa xati ferpi, 5, czMVfVlMVziLGuK90FBDmVs7H2SmXjIPB8dKjRnt, Unix, Operatsion tizimlarning asosiy vazifalari. Operatsion tizimlarni, JAHON TARIXI0001, 1683275580, tx mus Jaloliddin, file(2)
Menejmentning axborot ta’minoti va uning xavfsiligini ta’minlash.

Hozirgi sharoitda muhim yo’nalishlardan biri bu axborot ta’minoti hisoblanadi. Unga asosli boshqaruv qarorlarni qabul qilish uchun ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash kiradi. Boshqaruvning yuqori pog’onasiga firma faoliyati va holati haqidagi axborotni yetkazish hamda firmaning hamma bo’linmalari o’rtasida axborotlar bilan o’zaro almashish xozirgi zamon elektron-hisoblash texnikasi va aloqaning boshqa texnik vositalari asosida amalga oshiriladi.


Ko’plab firmalar uchun firma ichidagi axborot tizimi texnologik jarayonni tashkil etishda ishlatiladi. Bu yerda axborot boshqaruv qarorlarni qabul qilish uchun ma’lumotlarni yetkazishda katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, operativ qarorlarni qabul qilishni talab qiladigan, ishlab chiqarish jarayonida paydo bo’ladigan chetlanishlar haqidagi axborotlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Qarorlarni qabul qilishda yangi ilmiy bilimlar, ixtirolar haqidagi ma’lumotlar, o’zining firmasi va raqib firmalarning texnik yangiliklari muhim rol o’ynaydi.
Axborot boshqaruv qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish uchun mos bo’lgan ma’ruzalar, hisobotlar va takliflarga asos bo’lib xizmat qiladi.
Axborotga quyidagi talablar qo’yiladi:
- qisqa, aniq ifodalanishi, o’z vaqtidaligi;
- aniq boshqaruvchilarning ehtiyojini qondirish;
- aniqligi va ishonchliligi, boshlang’ich ma’lumotlarni to’g’ri tanlash,
ma’lumotlarni uzluksiz yig’ish va ularga ishlov berish.
Xozirgi sharoitda yirik sanoat firmalarda boshqaruv qarorlarni tayyorlash va qabul qilish jarayoniga xizmat qiladigan axborot tizimlari yaratilgan va samarali ishlamoqda. Ular quyidagi vazifalarni hal qiladi: ma’lumotlarga ishlov berish, axborotlarni qayta ishlash, intellektual faoliyatni amalga oshirish.
Firma ichidagi boshqaruv tizimni samaraliligini aniqlash uchun ko’p firmalarning hisob va hisobotlarida quyidagi ko’rsatkich, ya’ni olinadigan foydani texnik vositalarga va firma ichidagi axborot tizimini ishlashini ta’minlashga ketadigan harajatlarga nisbati ko’rsatkichi ishlatiladi.
Asosiy prinsiplar va maqsadlar quyidagilardan iborat:
- yo’nalishiga qarab, axborotning mazmuni va uning xarakteriga ko’yiladigan talablarni aniqlash;
- markazlashgan va markazlashmagan boshqaruvda axborotni saqlash, ishlatish, taqdim etish tizimini ishlab chiqish;
- firmada va xar bir xo’jalik bo’limida texnik vositalarga (shu jumladan kompyuter texnikasiga) bo’lgan ehtiyojni aniqlash;
- dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, ma’lumotlar bankini yaratish
va ishlatish;
- marketing dasturlarini ishlab chiqish jarayonida, rejalashtirishda, nazoratda, sonli ma’lumotlarni to’plash va ishlov berishda ko’pvariantli hisob-kitoblarni o’tkazish;
- matnli axborotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish va ularni chiqarish;
- nusxa ko’chirish qurilmalar, telekslar, hamma aloqa va kommunikasiya vositalari bilan ta’minlash;
- kompyuter texnikasini ishlatish asosida ma’muriy-boshqaruv mehnatni avtomatlashtirish.
Firma ichidagi axborot tizimining vazifalari quyidagilardan iborat:
- firmada moliyaviy axborotning sifatini oshirish va o’z vaqtida yetkazish maqsadida boshqaruvning yuqori pog’onasida va ishlab chiqarish bo’linmalarida moliyaviy hisobotlarning ma’lumotlarini to’plash va ishlov berish faoliyatini o’zaro muvofiqlashtirish;
- boshlang’ich ma’lumotlarni yig’ish, ishlov berish va saqlash tizimining asosiy yo’nalishlarini aniqlash;
- axborotni qayta ishlash texnologiyasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash.
Firma ichidagi axborot tizimi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- har bir aniq rahbarning firmaning ishlab chiqarish – savdo faoliyatini operativ boshqarish maqsadida kerak bo’lgan axborotning xarakteri va mazmuniga bo’lgan ehtiyojini aniqlash;
- butun kerak bo’lgan axborot bilan ta’minlash maqsadida firmani va har bir boshqaruvchini texnik vositalarga bo’lgan ehtiyojini aniqlash;
- axborot tizimini uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida texnik vositalarni sotib olish, arenda qilishga ketadigan hamma harajatlarni markazlashgan holda rejalashtirish;
- axborot tizimida texnik vositalarni ishlatishga ketadigan xarajatlar darajasini aniqlash (xizmat ko’rsatish personalini saqlash va o’qitish, foydalanilayotgan xonalar uchun to’lash, disketalar, lazer disklar, qog’ozlar va h.k.);

Download 246.17 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 246.17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Menejmentning axborot ta’minoti va uning xavfsiligini ta’minlash

Download 246.17 Kb.