|
Andijon mashinasozlik insituti elektrotexnika fakulteti eee k-01-23 guruh talabas Begimqulov javohirning yo’nalishga kirish fanidan tayyorlagan mustaqil ishi mavzu: Elektr qurilmalarni himoyalovchi kommutatsiya apparatlari
|
Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 1,59 Mb. | | #145875 |
Bog'liq Begimqulov javohir
Andijon mashinasozlik insituti elektrotexnika fakulteti EEE k-01-23 guruh talabas Begimqulov javohirning yo’nalishga kirish fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
MAVZU:Elektr qurilmalarni himoyalovchi kommutatsiya apparatlari.
Elektr apparatlar — turli qurilmalar, mashinalar, mexanizmlar va boshqalarning elektr va noelektr parametrlarini oʻzgartirish, rostlash, oʻlchash, nazorat qilish hamda ularni ortiqcha kuchlanishlardan himoya qilish uchun moʻljallangan elektr qurilmalar. Vazifasiga koʻra, kommutatsion, ishga tushiruvchirostlovchi, rostlovchi, cheklovchi, oʻlchovchi, nazorat qiluvchi turlarga boʻlinadi. Ishi qanday fizik hodisaga asoslanganligiga qarab, Elektr apparatlarni elektromagnit, issiqlik, induksion va boshqalar turlarga ham boʻlish mumkin. Baʼzan, bir apparatning ishi bir necha fizik hodisalarga asoslangan boʻladi. Avtomatik va noavtomatik Elektr apparatlar ham farqlanadi. Elektr apparatlar jumlasiga boshqarish knopkalari, rubilniklar, ajratkichlar, viklyuchatellar
kommutatsion Elektr apparatlar), kontaktorlar, kontrollyorlar, magnitli ishga tushirgichlar, reostatlar va boshqalar (ishga tushiruvchirostlovchi Elektr apparatlar), rostlagichlar, stabilizatorlar va boshqalar (rostlovchi Elektr apparatlar), elektr reaktorlar, eruvchan saqlagichlar, razryadniklar va boshqalar (cheklovchi Elektr apparatlar), tok transformatorlari, kuchlanish transformatorlari (oʻlchovchi Elektr apparatlar) va boshqalar qurilmalar kiradi. Elektr apparatlar elektr tarmoqlarini himoya qilish tizimlarida, ishlab chiqarish jarayonlarida qoʻllaniladigan ishga tushirishrostlash qurilmalarida, transport vositalarida, avtomatika va telemexanika tizimlarida, aloqa, radio va televideniye tarmoqlari va boshqalar koʻp sohalarda ishlatiladi.
himoya apparatlari
Elektromagnit kontaktorlar. Elektr zanjirlarini masofadan turib ulab-uzish uchun mo‘ljallangan elektromagnit boshqarish apparati elektromagnit kontaktor deyiladi. 10.1- rasmda elektromagnit kontaktorning prinsipial sxemasi ko'rsatilgan. Elektromagnit kontaktorning chulg'amidan boshqarish toki Ib o‘tganda, elektromagnit maydon ta'sirida qo‘zg‘aluvchi qism tortiladi va unga o‘rnatilgan asosiy kontaktlar yopil elektr dvigatel yoki uskuna tarmoqqa ulanadi. Elektromagnit kontaktorning qo‘zg‘aluvchi qismida asosiy kontaktlardan tashqari yordamchi — blok-kontakt deb ataluvchi kichik tokli kontaktlar ham bor. Bu kontaktlar elektr uskunaning boshqarish va dvigatel holatidan xabar berish (signalizatsiya) sistemasida ishlatiladi.
Kommutatsiya (lotincha): commutatio — oʻzgartirish) — 1) elektr zanjirlari va ularning qismlarida simlar, kabellar, mashinalar, transformatorlar, apparatlar va asboblarni maxsus qurilmalar yordamida almashlab ulash. Elektr zanjiridagi tok yoʻnalishini kalitlar, kontaktorlar, rele va boshqa qurilmalar oʻzgartiradi; 2) hisoblash mashinalarini har bir yangi masalani yechish uchun qayta sozlash; 3) elektr stansiya va kichik stansiyalarning toʻgʻri va uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun mashina, transformator, akkumulyatorlar batareyasi, apparatlar (uzgich-ulagich, muhofaza relelari, oʻlchash transformatorlari va boshqalar)ni elektrga ulash
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Andijon mashinasozlik insituti elektrotexnika fakulteti eee k-01-23 guruh talabas Begimqulov javohirning yo’nalishga kirish fanidan tayyorlagan mustaqil ishi mavzu: Elektr qurilmalarni himoyalovchi kommutatsiya apparatlari
|