• T A Q D I M N O M A
  • Andijon mashinasozlik instituti “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulьteti “Texnologik mashinalar va jihozlar” yo`nalishi 3-bosqich 158-15 gurux talabasi, 1991 yil 26-dekabrda tug`ilgan, Andijon viloyati Jalaquduq tumani O`rg`i mfy




    Download 149.5 Kb.
    bet2/8
    Sana13.06.2022
    Hajmi149.5 Kb.
    #23551
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    ТАҚДИМНОМА.
    Texnik ijodkorlikni rivojlantirish metodlari, Maruza 3 (2022y), Gidrodinamikaning asosiy masalasi. Harakat turlari, Boshqaruv psixologiyasi, deviant-xulq-atvorli-o-smirlar-alohida-xususiyatlarining-ijtimoiy-psixologik-tashxisi, Alisher Navoiyn kurs, BAHOLASH QAYDNOMASI intitut, Хўж шарт ЮБС, Шаблон проекта курсовой, Development of Auditing in Russia[, 157357, Javascript и jQuery
    Andijon mashinasozlik instituti
    Mashinasozlik texnologiyasi” fakulьteti
    Fizika va kimyo” kafedrasi mudiri: p.f.n. G.Umarova

    Andijon mashinasozlik instituti “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulьteti “Texnologik mashinalar va jihozlar” yo`nalishi 3-bosqich 158-15 gurux talabasi, 1991 yil 26-dekabrda tug`ilgan, Andijon viloyati Jalaquduq tumani O`rg`i MFY, Orzu ko`chasi 2-uyda istiqomat qiluvchi millati o`zbek, partiyasiz Ashurboyev Jasurbek Komil o`g`liga

    T A Q D I M N O M A

    Ashurboyev Jasurbek Komil o`g`li 2010 yilda Jalaquduq pedagogika ijtimoiy-iqtisodiyot kollejini tamomladi. 2015 - yili Andijon mashinasozlik instituti “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulьteti “Texnologik mashinalar va jihozlar” yo`nalishiga to`lov shartnoma asosida o`qishga qabul qilindi.


    Institutda o`qish jarayonida Ashurboyev Jasurbek texnika fanlarining muhim va dolzarb masalalarini mustaqil tadqiq qilishga layoqatli talaba sifatida tanildi. Uning qiziqish ko`lami juda keng.
    Ashurboyev Jasurbek umumkasbiy yo`nalish fanlariga alohida qiziqadi. O`qishga, ilm olishga bo`lgan qiziqishi tufayli barcha fanlardan a’lo baholarga o`qimoqda. O`qish va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan birga, respublika miqyosida hamda institutlar aro tashkil etiladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda mumtazam ishtirok etib kelmoqda. Hozirda J.Ashurboyev xalqaro va respublika miqyosida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjuman to`plamlarida 25 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilish bilan birga ko`pgina respublika va mintaqaviy ilmiy-nazariy va amaliy anjumanlarda ishtirok etdi.
    Ashurboyev Jasurbek nafaqat o`qishda, balki institut va fakulьtet doirasidagi jamoatchilik ishlarida ham faol qatnashib keladi. Jumladan, J.Ashurboyev ko`kalamzorlashtirish ishlari va institut miqyosida o`tkaziladigan turli tadbirlarning doimiy tashkilotchisi va ishtirokchisi. Shuningdek, u institut “Yoshlar ittifoqi” tarkibidagi “Yosh olimlar va iqtidorli talabalar” jamiyati faol a’zosidir.
    U institutning rejali ishlarini bajarishda va jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. Jumladan, institut birlashgan kasaba uyushmasi qo`mitasi tomonidan tashkil qilingan ko`rik-tanlovlar va tadbirlarning faol ishtirokchisi hisoblanadi. Talabalar va o`z ustozlari orasida alohida xurmatga ega.
    Ashurboyev Jasurbek institutda ta’lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etib, “Ta’lim to`g`risida” gi qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning tub mohiyatini talabalarga yetkazishda targ`ibotchilik-tashviqotchilik vazifalarini ham o`tab kelmoqda. Rejali ishlarda, xususan, sport, madaniy va ma’rifiy tadbirlarda muvaffaqqiyatli qatnashganligi va jamoat ishlarida faolligi uchun bir necha marta institut ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
    Ashurboyev Jasurbek doimiy ravishda o`z malakasini, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-nazariy saviyasini oshirish ustida qat’iyat va sabr-toqat bilan ishlaydi. U talaba sifatida o`quv mashg`ulotlariga jiddiy yondoshadi va ularni qunt bilan o`rganishga va o`rgatishga harakat qiladi.
    Ashurboyev Jasurbek har ishda tashabbuskor, jur’atli, to`g`riso`z, ma’anviy yetuk, o`z hamkasblariga nisbatan doimo mehribon va g`amxo`r.
    “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulьteti jamoasi Ashurboyev Jasurbekni kelajakda o`z kasbining yetuk mutaxassisi bo`lib yetishishiga ishonch bildiradi va O`zbekiston Respublikasi “I.A.Karimov” nomli Davlat stipendiyasiga nomzod sifatida tavsiya etamiz.


    Download 149.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 149.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon mashinasozlik instituti “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulьteti “Texnologik mashinalar va jihozlar” yo`nalishi 3-bosqich 158-15 gurux talabasi, 1991 yil 26-dekabrda tug`ilgan, Andijon viloyati Jalaquduq tumani O`rg`i mfy

    Download 149.5 Kb.