• Silindrsimon uzatma.
  • Asosiy uzatmaning uzatishlar sonini aniqlash




    Download 1.22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/19
    Sana12.05.2023
    Hajmi1.22 Mb.
    #59005
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
    Bog'liq
    Aндижoн машинасозлик институти

    5.2. Asosiy uzatmaning uzatishlar sonini aniqlash 
    5.1-rasm. Yakka asosiy uzatmaning sxemalari. 
     
    Chervyakli uzatma. Bu uzatmalarda chervyak yuqorida yoki pastda 
    joylashishi mumkin. Agar chervyak yuqorida joylashgan bo’lsa o’q o’qli 
    avtomobillarda burovchi momentni o’qlarga yetkazish oson va kardanli uzatmaning 
    ishlashi uchun yaxshi sharoit yaratiladi (chunki kardan vallari orasidagi burchak 
    kichik bo’ladi). Agar chervyak pastda joylashgan bo’lsa avtomobilning og’irlik 


    - 26 - 
    markazi nisbatan pastga joylashadi, lekin kardan uzatmaning ishlash sharoiti 
    og’irlashadi. 
    Chervyakli uzatmaning uzatishlar soni quyidagicha aniqlanadi: 
    𝑈
    2𝜋
    =
    𝑍
    2
    𝑍
    1
    =
    𝐷
    𝑤
    𝑑
    𝑤
    ∙ 𝑡𝑔𝛽

    bu yerda: 
    𝑍
    1
    – chervyakning g’ildirak ilashishda bo’lgan tishlar soni; 
    𝑍
    1
    – g’ildirak tishlar soni; 
    𝐷
    𝑤
    – g’ildirakning boshlang’ich diametri; 
    𝑑
    𝑤
    – chervyakning boshlang’ich diametri; 
    β – chervyak vintining burchagi. 
    Chervyakli uzatmaning avzalliklari: o’lchamlari kichik, shovqinsiz ishlaydi, 
    dinamik yuklanishlar minimal. Chervyakli uzatmaning kamchiliklari: FIK nisbatan 
    kichik, ya’ni 0,9-0,92 (eng katta FIK p = 45
    0
    da bo’ladi, lekin unda uning o’lchamlari 
    katta bo’lib ketadi, shuning uchun (β = 25-30
    0
    ), narxi baland. 
    Silindrsimon uzatma. Oldingi g’ildiraklari yetakchi avtomobillarda agar 
    dvigatel ko’ndalang joylashgan bo’lsa, silindrsimon uzatma ishlatiladi va bu 
    uzatmalar qutisi, ilashish muftasi bilan bitta blokda joylashtiriladi. Silindrsimon 
    uzatmaning tishlari to’g’ri tishli (Ford Fiesta), qiya tishli (VAZ, Fiat) yoki shevron 
    tishli (Xonda) bo’lishi mumkin. Silindrsimon uzatmaning uzatishlar soni 3,5-4,2 
    FIK esa 0,98 ga teng. 
    Konussimon uzatma. Bu uzatmalarda asosan spiral yoki aylana tishli 
    shesternya va g’ildiraklar ishlatiladi. Konussimon uzatmalarning uzatishlar soni 
    quyidagicha aniqlanadi: 
    𝑈
    2𝜋
    =
    𝑍
    2
    𝑍
    1

    𝑍
    2
    =
    𝐷
    𝑤
    ∙cos 𝛽
    2
    𝑚
    𝑛

    𝑍
    1
    =
    𝑑
    𝑤
    ∙cos 𝛽
    1
    𝑚
    𝑛

    bu yerda: 
    𝑍
    2
    – g’ildirak tishlari soni; 
    𝑍
    1
    – shesternya tishlari soni; 
    𝑚
    𝑛
    – normal modul; 
    𝐷
    𝑤
    – g’ildirakning boshlang’ich diametri; 


    - 27 - 
    𝑑
    𝑤
    – shesternyaning boshlang’ich diametri; 
    β
    2
    – g’ildirak tishining qiyalik burchagi; 
    β
    1
    – shesternya tishining qiyalik burchagi. 
    Shesternya va g’ildirak tishlarining normal moduli va qiyalik burchaklari teng 
    bo’lgani uchun: 
    𝑈
    2𝜋
    =
    𝑍
    2
    𝑍
    1
    =
    𝐷
    𝑤
    𝑑
    𝑤

    Gipoidli asosiy uzatma. Bu uzatmalarda yetaklovchi shesternya va 
    yetaklanuvchi g’ildirakning o’qlari bitta gorizontal tekislikda yotmaydi, ya’ni 
    shesternya yoki yuqorida yoki pastda joylashgan bo’ladi. Bu uzatma avval faqat 
    yengil avtomobillarda qo’llanilgan, keyinchalik uning afzalliklari aniqlangandan 
    so’ng, boshqa avtomobillarda ham o’rnatila boshlangan. 
    Gipoidli asosiy uzatmaning uzatishlar soni: 
    𝑈
    2𝜋
    =
    𝑍
    2
    𝑍
    1
    =
    𝐷
    𝑤
    ∙ cos 𝛽
    2
    𝑑
    𝑤
    ∙ cos 𝛽
    1

    Shesternyaning spiral burchagi g’ildirakning spiral burchagidan katta bo’lgani 
    uchun 
    cos 𝛽
    2
    > cos 𝛽
    1
    cos 𝛽
    2
    cos 𝛽
    1
    = 𝑘; 𝑘 = 1,2 … 1,5 
    Ko’pincha
    𝛽
    1
    = 45 … 50
    0
    , 𝛽
    2
    = 20 … 30
    0

    Gipoidli asosiy uzatmaning uzatishlar sonini g’ildirak va shesternyadagi 
    momentlarning nisbati orqali ham aniqlash mumkin. 
    𝑈
    2𝜋
    =
    𝑀
    2
    𝑀
    1
    =
    𝑃
    2
    ∙ 𝐷
    𝑤
    𝑃
    1
    ∙ 𝑑
    𝑤

    bu yerda: P
    1
    va P
    2
    – shesternya va g’ildirakdagi aylanma kuchlar 
    𝑃
    1
    = 𝑃
    𝑛
    ∙ cos 𝛽
    1
    va 
    𝑃
    2
    = 𝑃
    𝑛
    ∙ cos 𝛽
    2
    bo’lgani uchun: 
    𝑈
    2𝜋
    =
    𝑃
    𝑛
    ∙ cos 𝛽
    2
    ∙ 𝐷
    𝑤
    𝑃
    𝑛
    ∙ cos 𝛽
    1
    ∙ 𝑑
    𝑤
    =
    𝐷
    𝑤
    𝑑
    𝑤
    ∙ 𝑘. 
    Gipoidli uzatmaning va konussimon asosiy uzatmalarda uzatishlar soni – 
    yengil avtomobil uchun: 
    𝑈
    2𝜋
    = 3,5 … 4,5; 


    - 28 - 
    yuk avtomobillari va avtobuslar uchun: 
    𝑈
    2𝜋
    = 5 … 7 ga teng. 
    Gipoidli uzatmaning afzalligi konussimon uzatmaga nisbatan mustahkamligi 
    yuqori va shovqinsiz ishlashi hisoblanadi. Mustahkamligi yuqori ekanligining 
    sababi gipoidli uzatmalarda yetaklovchi shesternya o’rtacha diametri katta bo’lib, 
    g’ildiraklar diametri va uzatishlar soni bir xil bo’lgan gipoidli va konussimon 
    uzatmalarda yetaklovchi shesternya diametri k
    r
    marta katta hisoblanadi, ya’ni: 
    𝑑
    𝑤
    =
    𝐷
    𝑤
    ∙𝑘
    𝑟
    𝑈
    2𝜋

    Shesternyaning o’rtacha diametri katta bo’lsa, tishning mustahkamligi oshadi, 
    chunki uning qalinligi 10-15% ga oshadi. Tishning spiral burchagi katta bo’lsa, 
    shuncha marta ilashishda bo’lgan tishlar soni oshadi. Gipoidli uzatmalarda bir 
    vaqtda ilashishda bo’lgan tishlar soni konussimon uzatmadagi tishlar sonidan 
    taxminan 1,5 marta ko’p. Gipoidli uzatmalarning FIK 0,96-0,97 atrofida, chunki 
    ilashishdagi tishlar orasidagi nafaqat ko’ndalang, balki bo’ylama sirpanish bo’ladi. 
    Shuning uchun tishlar orasidagi ishonchli moy plyonkasini hosil qilish uchun 
    maxsus tarkibli gipoid moylar ishlatiladi. 
    Men ushbu bitiruv malakaviy ishimda Nexia SONCH avtomobili bosh 
    uzatmasini ya’ni asosiy uzatmasining stendini tayyorladim. Nexia SONCH asosiy 
    uzatmasi silindrik uzatmadir. Bunday uzatmalarda uzatmalar qutisi va ilashish 
    muftasi bilan birgalikda umumiy hisoblangan karterda joylashtiriladi. Uzatmaning 
    yetakchi tishli g’ildiragi uzatmalar qutisi yetaklanuvchi valining orqa uchiga 
    mahkamlanadi yoki u bilan birgalikda yaxlit ishlanadi. Shovqinsiz ishlashini 
    ta’minlash maqsadida ko’pincha g’ildiraklar qiya tishli bo’ladi va uning uzatishlar 
    soni 3,5…4,2 oralig’ida tanlanadi. Silindrik asosiy uzatmalarning FIK 0,98 dan kam 
    emas. 
    Silindrik asosiy uzatmalar dvigateli ko’ndalang joylashgan old yuritmali 
    yengil avtomobillarda qo’llaniladi. Uzatmalar soni 3,94 bo’lgan bir juft qiya tishli 
    g’ildiraklardan tashkil topgan asosiy uzatma, uzatmalar qutisi va ilashish muftasi 
    bilan birgalikda umumiy karterda joylashtirilgan. Uzatmaning tishli kichik g’ildiragi 
    uzatmalar qutisi yetaklanuvchi vali bilan birgalikda yaxlit ishlanib, karterda bir 


    - 29 - 
    tomonda silindrik rolikli va ikkinchi tomonda sharikli podshipniklarda o’rnatilgan. 
    Uzatmaning tishli katta g’ildiragi differensial qutisi, konussimon rolikli 
    podshipniklarda bir tomoni bilan ilashish muftasi karteriga, ikkinchi tomoni bilan 
    esa uzatmalar qutisi karteriga o’rnatilgan. Bu podshipniklar qiya tishli g’ildiraklar 
    ilashishidan vujudga keladigan o’q bo’ylab yo’nalgan kuchni o’ziga qabul qiladi. 
    Nexia avtomobilining asosiy uzatmasi tuzilishi quyidagi rasmda keltirilgan. 
    5.2-rasm. Nexia avtomobilining oldingi g’ildiraklar yuritmasi. 
    1 – tashqi sharnir korpusi; 2 – sharnir zo’ldiri; 3 – zo’ldirlar seperatori; 4 – mushtcha; 
    5 – himoyalovchi g’ilof; 6 – val; 7, 11 – differensial podshipniklarini rostlovchi 
    gayka; 8 – satellite; 9 – yarim o’q (val) shesternyasi; 10 – differensial qutisining 
    podshipnigi; 12 – ichki universal sharnir korpusi; 13 – sharnir zo’ldiri; 14 – siqqich 
    (xomut); 15 – spidometr yuritmasining yetakchi shesternyasi; 16 – qopqoq; 17 – 
    satellitlar o’qi. 


    - 30 - 

    Download 1.22 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




    Download 1.22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asosiy uzatmaning uzatishlar sonini aniqlash

    Download 1.22 Mb.
    Pdf ko'rish