• Bosh uzatmaning tuzilishi, ishlashi va uning o’quv stendini loyihalash
  • - 45 -  8. XULOSA VA TAKLIFLAR




    Download 1.22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/19
    Sana12.05.2023
    Hajmi1.22 Mb.
    #59005
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    Bog'liq
    Aндижoн машинасозлик институти

     


    - 45 - 
    8. XULOSA VA TAKLIFLAR 
    Prezidentimiz I.A.Krimov mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy 
    rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim 
    ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisida qayd 
    etganidek, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining o’ziga xos 
    xususiyati mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan, 
    yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga 
    qaratilgan investitsiya loyihalariga ustuvor ahamiyat berilayotganida namoyon 
    bo’lmoqda. 
    Bitiruv malakaviy ishim uchun “Bosh uzatmaning tuzilishi, ishlashi va 
    uning o’quv stendini loyihalash” mavzusi bo’lib, buni tayyorlashda ustozlarni 
    o’rgatgan bilimlari, yo’l yo’riqlari hamda o’quv amaliyoti davrida o’rgangan va 
    tanishgan ilmiy amaliy tajribalarim ushbu ishimni tayyorlashga asos bo’ldi. 
    Men ushbu Nexia avtomobilining asosiy uzatmasi stendini tayyorlashda 
    Nexia avtomobilining asosiy uzatmasi, differensial, uzatmalar qutisi va yarim 
    o’qlaridan foydalandim. Bundan tashqari stendni loyihalashda menga quyidagi 
    detallar kerak bo’ldi: 
    - Profil; 
    - Panera; 
    - 6 na g’ildirak; 
    - Alekopon 
    - Maxsus kley
    - Tosh; 
    - Har xil turdagi bolt gaykalar; 
    - Shuruplar; 
    - Turli rangdagi texnik kraska. 
    Men ushbu bitiruv malakaviy ishim bo’yicha o’quv stendini tayyorlashda 
    birinchi navbatda asosiy uzatmani o’rnatish uchun tag qismi stol qismini profil


    - 46 - 
    panera, alekopon, g’ildiraklar, maxsus kleylardan foydalanib tayyorlab oldim. So’ng 
    avtomobil uzatmalar qutisiga, asosiy uzatmaga va yarim o’q himoyalovchi g’ilofiga 
    qirqim berilib, asosiy uzatma, uzatmalar qutisi va yarim o’qlar stolga mahkamlanib 
    qotirildi. 
    Hozirgi zamonaviy ya’ni old yuritmali, dvigateli ko’ndalang joylashgan 
    avtomobillarda silindrik asosiy uzatmalar qo’llaniladi. Bu uzatmaning afzalligi 
    uning foydali ish koeffitsienti 0,98 dan kam emasligidir. 
    Takliflarim: 
    Demak, men ushbu o’quv stendini tayyorlash davomida o’qitilayotgan 
    fanning, ya’ni laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarini laboratoriya jihozlari bilan, 
    mavzuga oid o’quv stendlari bilan, ko’rgazmali vositalar bilan hamda o’quv 
    proyektori yordamida dars mashg’ulotlari olib borilsa, biz talabalarning bilimi va 
    uni tushunish darajasi yuqori hamda yodlab olish oson bo’ladi. Shundan kelib chiqib 
    shu kabi stendlar sonini ko’paytirish va zamonaviyligini oshirish kerak deb bilaman. 


    - 47 - 

    Download 1.22 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 1.22 Mb.
    Pdf ko'rish