Differensialning vazifasi va turlari




Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana12.05.2023
Hajmi1.22 Mb.
#59005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Aндижoн машинасозлик институти

Differensialning vazifasi va turlari. 
Ma’lumki, avtomobil burilayotganda uning g‘ildiraklari har xil yo‘l bosib turli 
chastotada aylanadi. Masalan, avtomobil burilayotganda uning tashqi g‘ildiraklari 
ichki g‘ildiraklariga qaraganda ko‘proq yo‘l bosib tez aylanadi. G‘ildiraklarni 
bunday turli chastotada aylanishi avtomobilning notekisliklarda (to‘g‘ri 


- 20 - 
yo‘nalishda) harakatlanganda, shuningdek, g‘ildiraklar har xil diametrga 
(shinalarning yeyilishi yoki havo bosimi turlicha bo‘lganda) ega bo‘lganda ham ro‘y 
beradi. Yetakchi bo‘lmagan oldingi g‘ildiraklarni bir-biriga nisbatan turli chastotada 
mustaqil aylana olishini ta’minlash uchun ularni o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan o‘qlar 
(sapfalar)ga o‘rnatilgan bo‘ladi. Yetakchi g‘ildiraklarga esa burovchi moment asosiy 
uzatmadan uzatiladi. Agar burovchi moment g‘ildiraklarga bitta umumiy val orqali 
uzatilgundek bo‘lsa, avtomobil burilayotganida uning g‘ildiraklari turli chastotada 
aylana olmasdan yo‘lga nisbatan sirpana boshlaydi. Shuning uchun yetakchi 
g‘ildiraklarni bitta butun valga o‘rnatilmasdan, har biri mustaqil aylana oladigan va 
yarim o‘q deb nomlangan alohida-alohida vallarga o‘rnatiladi. 
Demak, 
differensialning 
vazifasi 
avtomobilning 
burilishida 
yoki 
notekisliklarda harakatlanganida burovchi momentni yetakchi g‘ildiraklarga 
taqsimlash bilan ularni turli tezlikda aylana olishini ta’minlashdir. Avtomobillarda 
asosan shesternyali va kulachokli differensiallar ishlatiladi. Shesternyali 
differensiallar konstruksiyasi bo‘yicha bir muncha oddiy. 
Avtomobillarda konussimon shesternyali differensiallar keng tarqalgan 
bo‘lib, u differensial qutisi, sotollitlar, yarim o‘q shesternyalari tashkil topgan. 
Yarim o‘q shesternyalari yarim o‘qlar orqali yetakchi g‘ildiraklar bilan ulangan. 
Differensial planetar mexanizm bo‘lib, uning yetakchi zvenosiga differensial qutisi, 
yetaklanuvchi zvenosiga esa o‘lchamlari bir xil bo‘lgan yarim o‘q shesternyalar va 
kiradi. 
4.5-rasm. Asosiy uzatma va differensial: 
1-yarim o‘q; 2-yetaklovchi shesternya;3-yetaklanuvchi shesternya; 4-yarimo‘q 
shesternyasi; 5-sotolet shesternyasi. 


- 21 - 
Differensiallar transmissiyada o‘rnatilish joyiga qarab g‘ildiraklararo 
(burovchi momentni bir ko‘priqdagi yetakchi g‘ildiraklarga taqsimlash) va o‘qlararo 
(4x4; 6x4; 6x6 rusumli avtomobillarda burovchi momentni yetakchi ko‘priklarning 
asosiy uzatmalariga taqsimlash)larga; burovchi momentni yetakchi ko‘priklarga 
qanday nisbatda taqsimlanishiga qarab simmetrik va nosimmetriklarga bo‘linadi. 

Download 1.22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish