• Jadval 8 Avtomobillarda ishlatiladigan moylarning har 100 l yonilg’iga sarfiga tug’ri keladigan sarfi.
  • Tayanch iboralar
  • Qo’shimcha adabiyotlar
  • Internet saytlari
  • Avtomobil transporti uchun yonilg’i sarfi har bir bosib o’tilgan 100km yo’l uchun litrda(l/100km) belgilanadi




    Download 0.84 Mb.
    bet52/52
    Sana29.03.2017
    Hajmi0.84 Mb.
    #2613
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
    Avtomobil transporti uchun yonilg’i sarfi har bir bosib o’tilgan 100km yo’l uchun litrda(l/100km) belgilanadi.

    Jadval 7

    Avtomobillar uchun

    Yonilg’i markasi

    Yonilgi sarfi lg’100km

    VAZ (xammasi uchun)

    AI-93

    8,5

    VAZ-2121 «Niva»

    AI-93

    12

    NEKSIYA

    AI-93

    10,0

    DAMAS

    AI-93

    8,0

    TIKO

    AI-93

    5,5

    Dogan

    AI-93

    10,0

    GAZ-21 «Volga»

    A-76

    13,0

    GAZ-24 «Volga»

    AI-93

    10,5

    UAZ-469, -469V

    A-76

    16

    GAZ-51

    A-72

    21,5

    GAZ-53

    A-76

    25,5

    KAMAZ-5511

    Dizel yonilg’isi

    34

    Ikarus –260, -280

    Dizel yonilg’isi

    40,44

    Mersedes-Bents 0405

    Dizel yonilg’isi

    38,0


    Normalarning o’zgarishi. Konkret èkspluatatsiya sharoitga qarab normalar ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin (5% dan 20% gacha ko’paytirilishi mumkin).

    Yonilg’i tejashga oid chora-tadbirlar.


    1) Yonilg’i sarfiga ta’sir ètuvchi asosiy omillar avtomobil harakatlanayotganda unga ko’rsatiladigan qarshilikka(aèrodinamik qarshilik, g’ildirashga bo’ladigan qarshilik, inertsiya kuchlari).

    2) Dvigatelning tejamli ishlashini ta’minlash.

    3) Umumiy chora-tadbirlar. Avtomobilning texnik holatini tekshirib turish. O’z vaqtida va rejada ko’rsatilgan hajmda TXK o’tkazish.

    Jadval 8

    Avtomobillarda ishlatiladigan moylarning har 100 l yonilg’iga sarfiga tug’ri keladigan sarfi.


    Motor moyi, l

    Transmission moy, l

    Maxsus

    Palstik moy, kg

    Benzinda ishlaydigan engil avtomobillar

    2,4

    0,3

    0,1

    0,2

    Dizelli yuk avtomobillar

    3,2

    0,4

    0,1

    0,3

    BelAZ, MAZ




    0,5

    1,0

    0,3

    Motor moyining sarflash normalari VAZ avtomobillarining barcha modellari uchun har 100 l yonilg’iga 0,8 l, Neksiya uchun 0,05l, tiko uchun 0,0275l va Mersedes – Bents 0405 avtobusi uchun 0,19l miqdorida belgilangan.

    Yonilg’i aralashmasida quyuqlashgan benzin tezroq yonadi. Bu barcha sharoitlar, bosim va o’t olishning ilgarilanishi tegishlicha bo’lganda shunday bo’ladi. Avtomobil toqqa chiqayotganda bir necha kilometr balandlikka suyuqlashgan aralashmaning barcha belgilari paydo bo’ladi: dvigatel quvvatni yo’qotadi, ortiqcha qiziydi. Ammo bu erda gap aralashma tarkibining o’zgarishida èmas, u avvalgicha qoladi, faqat atmosfera bosimining kamayishi natijasida uning zichligining o’zgarishidadir.

    Ŝilindrlarga kelayotgan yonilg’i aralashmasining zichligi faqat tog’li joylarda èmas, balki aralashma kiritish klapani orkali kirayotganda, ayniksa, drossel zaslonkasi qiya bo’lganda gidravlik yo’qotishlar natijasida kuchli kmayadi, Chunki zaslonka qancha yopilgan bo’lsa, bir xil hajmda ŝilindrlarga shuncha kam miqdorda yonilg’i aralashmasi keladi. Demak, drossel zaslonkasining yopila borishi bilan aralashma uning tarkibi avvalgicha qolayotgan bo’lsa ham, kam yonadi.

    Yonishni susayishini kompensatsiyalash uchun aralashmaning o’t olish momentini ilgarilatish lozim, bu vazifani vakuumli o’t oldirishni regulyatori bajaradi.

    Biroq dvigatel yuklamaga bog’liq ravishda siyraklanish bir xil, aylanish chastotasi har xil bo’lgan rejimda ishlay oladi. Bunday holda aylanish chastotasi katta bo’lganda yonish porshen ish yo’lining bir qismini o’tib bo’lgandan so’ng tugaydi, ya’ni yonilg’i yonganda ajralgan iisiklikdan to’la foydalanilmaydi. Demak, aylanish chastotasi qancha yuqori bo’lsa, yonilg’i aralashmani shuncha ilgari o’t oldirish kerak. Bu vazifani markazdan qochma o’t oldirishni ilgarilatish rostlagichi bajaradi.

    Dizel dvigatellari faqat siyraklashgan aralashmada(a=2...5) ishlaydi, shu sababli ular benzin bilan ishlaydigan dvigatelllarga nisbatan ancha zararsizdir. Biroq dizel dvigatellari tejamkorligining yuqori bo’lishining sababi faqat yonilg’ining to’la yonishi èmas, balki siqish darajasining kattaligi hamdir.

    Ŝilindrdagi benzin yonganda ajralgan ènergiyaning faqat 25-30% igina mexanik ènergiyaga aylanadi. Termodinamikaning shafqatsiz qonunlari shunday. Dizelda yonilg’ining yonish harorati yuqori va ajralgan ènergiyaning foydali ishga aylanish samaradorligi ham yuqori - 36...39%, havo turbina yordamida bosim bilan kiritiladigan dvigatellarda èsa 45% gacha bo’ladi. Dvigatelning o’zining tejamkorligi èsa doimiy saqlanmaydi, yuklanish bilan aniqlanadigan ish rejimiga va drossel zaslonkasining ochilishiga bog’liq.

    Yonilg’ining minimal solishtirma sarfi, drossel zaslonkasi èkonomayzer tizimining ulanish arafasidagi, dvigatelning maksimal buruvchi momentiga mos holatdagi aylanish chastotasiga tug’ri keladi. Dvigatelning èng tejamli ish rejimi avtomobil harakatining èng tejamli harakatlanish rejami bilan mos tushmaydi.



    Yonilg’ining tejamliligi bir qator parametrlarni taCHiflovchi umumiy xossadir. Masalan, yonilg’ining nazrat sarfi, berilgan o’zgarmas tezlikdagi yonilg’i sarfi, shahar ŝikli bo’yicha xarakatlanishdagi yonilg’i sarfidir. Bu tushunchalardan tashqari minimal èkspluatatsion yonilg’i sarfi tushunchalari mavjud. Bu ko’rsatkichlardan hammasi 100km yo’l bosish uchun sarflangan yonilg’i miqdori(litr)ni ifodalaydi.

    Yonilg’i tejamliligi to’la jixozlangan va to’la yuklangan avtomobil uchun aniqlanadi, bunda haydovchining va har bir yo’lovchining massasi 75 kg dan, har bir yo’lovchi uchun yuk 10kg dan deb qabul qilinadi.



    Engil avtomobil uchun yonilg’ining nazorat sarfi, avtomobil gorizontal asfalt yo’lda 80km/soat tezlik bilan harakatlanganda o’lchaganda yonilg’i sarfidir.

    Chet èlda va bizdagi bu ko’rsatkichdan tashqari 90km/soat va 120km/soat o’zgarmas tezlik bilan harakatlangandagi yonilg’i sarfi ham ko’rsatiladi. Bu parametrlar qiymatlarining nisbati bilvosita avtomobilning aèrodinamik sifatini tavsiflaydi.



    Tayanch iboralar: Yonilg’i sarfining yo’l normalari, yonilg’ining nazorat sarfi, yonilg’ini tejash, neft mahsulari sifati, yonilg’ining tejamliligi.

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
    Asosiy adabiyotlar


    1. Hamroqulov O. transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion materiallar. Jizzax: JPI bosmaxonasi 2004 yil.

    2. Стуканов В.А. Автомобильные эксплуатационные материалы. М.: 2001.

    3. Гурев Ф. Автомобильные эксплуатационные материалы. М.: Транспорт. 1986.


    Qo’shimcha adabiyotlar


    1. 5310500 “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nаlishi Dаvlаt stаndаrti, nа’munаviy vа ishchi o’quv rеjаlаr hаmdа dаsturlаr.

    2. Аvtоmоbillаr 1va 2-qism. Х.Mаmаtоv, Tоshкеnt, O’zbекistоn, 1995-98 yil

    3. “GM-Uzbekistan” va “Sam Avto” zavodlari to’g’risida mа’lumоtlаri.

    4. Аvtоhаmrох vа аvtооlаm jurnаllаri.


    Internet saytlari

    1. www.uzsamauto.com

    2. www.uzth.uz

    3. www.uzdongju.uz

    4. www.avtooyna.uz

    5. www.uzkoje.uz

    6. www.daz.uz

    7. www.uzautosanoat.uz




    Download 0.84 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




    Download 0.84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil transporti uchun yonilg’i sarfi har bir bosib o’tilgan 100km yo’l uchun litrda(l/100km) belgilanadi

    Download 0.84 Mb.