Android dasturlash muhiti




Download 233 Kb.
bet1/6
Sana24.11.2022
Hajmi233 Kb.
#31604
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
149 ANDROID DASTURLASH MUHITI
Yakuniy nazorat, Ariza to`lov shartnoma, Bildirgi yakuniyga, Mexatronika Bu Nima Mexatronika Asoslari. Mexatronika Va Roboti, Ariza yotoqxona, Объективка электрон

ANDROID DASTURLASH MUHITI

Mobil dasturlash sohasi juda tez rivojlanmoqda, shu bilan birga smartfonlar dunyodagi texnologik tovarlar bozorida peshqadamlikni ushlab turib, ularning barcha maishiy texnika va elektronika o’rtasidagi ulushi 44 foizni tashkil qiladi. Gartner analitik kompaniyasi ma’lumotlariga ko’ra, 2018 da 1,56 milliard smartfon iste’molchilar tomonidan sotib olingan.


Shu bilan birga, Android operatsion tizimi yildan-yilga mashxurligi oshib borib, o’tgan 2018 yilda dunyodagi barcha smartfonlarning 80% dan ortig’i Android operatsion tizimida ishlab chiqarildi. Agarda siz smartfonlardan tashqari — soatlar, planshetlar, televizorlar, terminallar va hatto muzlatgichlarni ham mavjudligini hisobga olsangiz, Android ulushi yanada yuqori bo’ladi.
Biroq, operatsion tizimning bunday ortib borayotgan mashhurligini hisobga olgan holda, foydalanuvchi talablari ham doimiy ravishda o’zgarib, ortib boradi. Hozirgi kun insonlari har qanday vazifani bajarishi kerak — bankdagi xizmatlarni to’lash, oziq-ovqat buyurtma qilish, do’stlar bilan suhbatlashish, o’yin o’ynab vaqtini o’tkazish va hokazo. Bunday ilovalar doimo Google Play do’konida joylab kelinyapti.
Aynan shuning uchun Androidda mobil ilovalar ishlab chiquvchi dasturchi kasbining rivojlanishi ulkan salohiyatga ega, siz eng yirik kompaniyalarda ishlashingiz va minglab odamlar foydalanadigan foydali ilovalarni yaratishingiz mumkin. Indeed ma’lumotlariga ko’ra, Androidda dasturchilarning Amerika Qo’shma Shtatlaridagi o’rtacha ish haqi yiliga - $115,779$, Rossiyaning Headhunter tizimida esa har oyda 500 dan ortiq android dasturchilari bo’sh ish o’rinlarini nashr etadi. O’z sohasini yaxshi biladigan Android mutaxassis, albatta, ishsiz qolmaydi.
Ushbu maqolada, agar siz Android dasturchi bo’lishga qaror qilsangiz, mobil dasturlashni qayerdan boshlashni tushuntirib o’taman. Birinchi navbatda qaysi tillarni o’rganish kerak? Ta’limni qanday bosqichlarga ajratish kerak? Shuningdek, zamonaviy mutaxassis bir vaqtning o’zida bir nechta dasturlash tillarini bilishi kerakmi degan savolga javob berib o’taman.

Download 233 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 233 Kb.