Android Studio ni sozlash va o’rnatish uchun qo’llanma




Download 462,41 Kb.
Sana19.01.2024
Hajmi462,41 Kb.
#141009
Bog'liq
windows android studio


Android Studio ni sozlash va o’rnatish uchun qo’llanma (Windows uchun)
Hozirgi kunda Mobil dasturlash sohasi kundan-kunga rivojlanib bormoqda va bu tizimda foydalanuvchilar soni oshgan sari oshmoqdagi kamaygani yo’q. Buni Android dasturchilariga bo’layotgan talablardan ham bilib olsak bo’ladi. (Indeed.com)
Android platformasiga ilova yaratish uchun sizda Java dasturlash tilida (yoki Kotlin),Android APIs, va Android application architecture dan xabaringiz bo’lishi kerak.Bundan tashqari, yana bir muhim yordamchi albatta foydali, har tomonla qulay sharoitga ega bo’lgan dastur kerak.Ko’p yillar davomida, Eclipse IDE Android dasturlash uchun ishlatilib kelindi.Lekin bugun Android Studio o’zining imkoniyatlari bilan yetakchilikni qo’lga oldi.
Android Studio da yangi bo’lsangiz, bu maqola siz uchun ancha foydali bo’ladi deb o’yladim.Men qisqacha Android development platformasi bilan tanishtirib o’taman so’ngra qanday qilib ko’chirishni, o’rnatishni, va birinchi ilovani chiqarishni o’rganamiz.
Android Studio
Android Studio Google ning Android ilovalarini qurish uchun ishlab chiqqan rasmiy IDE hisoblanadi.Bu IDE IntelliJ IDEA asosida qurilgan, bu IDE dasturchilarga kerakli bo’lgan ko’plab foydali imkoniyatlarni taqdim etadi.
Android Studioni Ko’chirish (Download)
Google Android Studioni Windows, Mac OS X va albatta Linux platformalari uchun ishlab chiqqan.Siz Android studioni Android Studioni rasmiy sahifasidan ko’chirib olishingiz mumkin, u yerda siz Android Studioga kerak bo’ladigan SDK ni ham topishingiz mumkin bo’ladi.Android Studioni ko’chirishdan oldin o’zingizni kompyuteringizni tuzilishiga qarab chiqing:
Windows uchun talablar

  • Microsoft Windows 7/8/10 (32-bit or 64-bit)

  • 3 GB RAM minimum, 8 GB RAM (tavsiya qilingan) (plus 1 GB Android Emulator uchun)

  • 2 GB hotiradan joy minimum, 4 GB (tavsiya qilingan) (500 MB IDE plus 1.5 GB Android SDK uchun va emulator system image uchun)

  • 1280 x 800 minimum ekran o’lchami

Mac OS uchun talablar

  • Mac OS X 10.10 (Yosemite) yoki yuqori, 10.13 gacha (High Sierra)

  • 3 GB RAM minimum, 8 GB RAM (tavsiya qilingan) (plus 1 GB Android Emulator uchun)

  • 2 GB hotiradan joy minimum, 4 GB (tavsiya qilingan) (500 MB IDE plus 1.5 GB Android SDK uchun va emulator system image uchun)

  • 1280 x 800 minimum ekran o’lchami

Linux OS uchun talablar

  • GNOME or KDE desktop. Ubuntu 14.04 LTS, Trusty Tahr

  • GNU C Library (glibc) 2.19 yoki yuqori

  • 3 GB RAM minimum, 8 GB RAM (tavsiya qilingan) (plus 1 GB Android Emulator uchun)

  • 2 GB hotiradan joy minimum, 4 GB (tavsiya qilingan) (500 MB IDE plus 1.5 GB Android SDK uchun va emulator system image uchun)

  • 1280 x 800 minimum ekran o’lchami

Kompyuteringiz bu talablarga javob berishini bilganingizdan keyin, Android Studion o’zingizni operatsion tizimizga ko’chirib oling, Misol(android-studio-ide-182.5314842-linux.zip)
Android Studionni Windows 10 x64-bit ga o’rnatish
Ko’chirib bo’lganingizdan so’ng sizda xuddi shu ekran ochilishi kerak. Android Studio Setup (Figure 1)

Figure 1. Set up Android Studio
Next tugmasini bosgan holda keyingi oynaga o’tamiz, ya’ni Android Virtual Device paneliga (AVD).

Figure 2. Android AVD ni o’rnatish
Men default bo’lgan sozlamalarni turganini ma’qul deb bildim.Yana Next tugmasini bosamiz va Configuration Settings bo’limiga o’tamiz. Bu yerda siz Android Studioni qayerga o’rnatish kerakligini belgilaysiz.

Figure 3. Tanlagan joyingizda albatta 500 mb dan ko’proq joy bo’lishi kerak
Next tugmasini bosamiz, va Choose Start Menu Folder paneliga o’tamiz.

Figure 4
Bu yerda ham hech narsaga tegmagan holda Install tugmasini bosamiz.

Figure 5. Installing process boshlandi
O’rnatish jarayoni tugagandan so’ng sizda ushbu oyna ochiladi.

Figure 6. Next tugmasi ochiladi
Va Next tugmasini bosgandan keyin jarayon yakunlanadi va Finish tugmasi ochiladi.

Figure 7
Finish tugmasi bosilishi bilan Android Studio avtomat ishga tushadi va birinchi bo’lib sizdan android studioga tegishli loyihani ya’ni proektni ochishni yoki ochmaslikni so’raydi.

Bu yerda agar proektingiz bo’lsa 1 radio buttoni tanlasangiz bo’ladi yoki ikkinchisi tanlab jarayonni davom ettiramiz.

Figure 9. Android Studio Splash Screen
Men yana shunday muammoga duch kelganman Finding Available SDK Components ya’ni Kerakli bo’lgan SDK ni topib yuklash jarayoni boshlangan.

Figure 10. Android Studio kerakli bo’lgan SDK ko’chirishni boshlaydi
Bundan so’ng Android Studio Setup Wizard dialogi chiqadi.

Figure 11.
Next tugmasini bosgan holda sozlamalarni sozlab ketaveramiz:

Figure 12. O’rnatish tipini tanlaymiz
Bundan so’ng yana Next tugmasini bosamiz va keyingi bosqichda o’zingiz ko’rib turgandek theme tanlaymiz ya’ni o’zimiz qulay bo’lgan UI theme.

Figure 13.
O’zingizga yoqqan theme tanlab bo’lgandan so’ng Next tugmasini bosib keyingi oynaga o’tamiz:

Figure 14.
So’nggi qism barcha kerakli fayllar yuklash jarayoniga ham yetib keldik.Finish tugmasini bosib bir oz kutamiz kerakli fayllarni yuklash jarayoni bir oz muddatni o’z ichiga oladi.

Figure 15. Jarayon tugagandan so’ng shu oyna ko’rinadi
Finish tugmasini bosgan holda Welcome Android Studio oynasiga o’tamiz.

Shu bilan bizni Android Studioni o’rnatish jarayoni yakunlanadi va biz o’zimizni birinchi Android dagi loyihamizni Start a new Android Studio project tugmasi orqali ishga tushiramiz.
Sizning birinchi Android Studio mobil ilovangiz
Android Studioni bilan tanishib chiqishni eng yaxshi yo’llaridan biri bu albatta ilova yaratish ya’ni Hello World.
Start a new Android Studio project tugmasini bosgan so’ng u bizni shu oynaga olib keladi.

Company domain o’zingiz hohlagan so’zlarni qo’ysangiz bo’ladi bu asosan siz ishlayotgan proektdan kelib chiqib yoki siz ishlayotgan kompaniyadan kelib chiqiladi. Bir papka oching Android loyihalaringizni o’sha yerda saqlash uchun va uni Project Location da ko’rsating va Next tugmasini bosing.

Android Studio sizdan loyihangiz uchun kerakli faktorlarni tanlashingizga imkoniyat beradi ya’ni target devices… Buni boshida shunday qoldirsangiz ham bo’ladi va Next.

Endi activityni sozlashga ham keldik, o’zingiz uchun kerak bo’ladigan activity turini tanlang va davom ettiring Next. (Men Empty Activity da davom ettirdim).

Bundan so’ng sizda ushbu oyna ochiladi. Next

Birinchi marta Android Studioni o’rnatsangiz xuddi shu oynaga duch kelasiz bunda Android Studio constraint layoutga tegishli bo’lgan bir ikki fayllarni yuklab oladi bu sizga user interfaceni hosil qilish uchun kerak bo’ladi.
Finish tugmasini bosish esdan chiqmasin.

Mana Android Studio ham ishga tushdi. Endi buni Run qilsangiz sizda Hello World Applicationi paydo bo’ladi :)
Android Studio User Interface bilan batafsil tanishib chiqib siz uni imkoniyatlarini o’zingiz uchun kashf etasiz.
Download 462,41 Kb.




Download 462,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Android Studio ni sozlash va o’rnatish uchun qo’llanma

Download 462,41 Kb.