• 4. Kurs ishini bajarish tartiblari va unga qoʼyiladigan asosiy talablar.
  • Kirish qismida
  • Xulosa va tavsiyalarda
  • Kurs ishining tuzilishi va tarkibi




    Download 54.55 Kb.
    bet3/7
    Sana27.02.2023
    Hajmi54.55 Kb.
    #43662
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Algebra va sonlar nazaryasi — kurs ishi sirtqi 8 11 2022 111
    Tezis Abu Rayhon Beruniyning geometriyaga oid tadqiqotlari, B1.B.32-Geodeziya-2, Avtoreferat Mahmudov N.N, taq raqamli texnika ma\'ruza, texnika3, a0833c8a1817526ac555f8d67727caf6, Презентация, Full,이력서(양식) E7, Академик ёзув, konferensiya UFA 2023 , 1-ma\'ruza AT, N.XidirovSh.Fozilchayev-Moliyaviyrisklarnazariyasi, 1-Amaliy mashg\'ulot (2), 4 - Mustaqil ishi MIT
    3. Kurs ishining tuzilishi va tarkibi.
    Kurs ishining tarkibi:
    -titul varagʼi (2-ilova);
    -kirish;
    -asosiy qism (topshiriqqa mos):
    -adabiyot sharxi (tahlili) va tanlangan yunalish (yoki metod)ni asoslash;
    -tajriba qismi;
    -tajriba natijalari va ularning muhokamasi;
    -xotima (xulosa va tavsiyalar);
    -foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati;
    Rejadagi savollar mantiqan bir-birlari bilan bogʼlangan boʼlishi, har bir keyingi savol oʼzidan oldingi savolning mantiqan davomi boʼlib, bir butunni tashkil etishi kerak.
    4. Kurs ishini bajarish tartiblari va unga qoʼyiladigan asosiy talablar.
    Kurs ishi Kompyuterda WORD tizimida Times New Roman shriftida 14 shrift bilan, satrlar orasini 1,5 intervaldan qilib 25-30 bet hajmida yozilishi kerak. Sahifada matnning toʼrt tomonida boʼsh joy qoldiriladi, chapdan 30 mm, oʼngdan 15 mm. yuqoridan va pastdan 25 mm boʼlishi kerak .
    Qoʼlda yozilgan matn qoramtir tusdagi (qora, toʼq binafsha, toʼq koʼk rangli) siyoh, yoki pastada chiroyli husnixat bilan yozilishi va satrlar orasidagi masofa 8-10 mm boʼlishi (bir betda 25-27 satr joylashishi) kerak. Hamma matn bitta rangdagi va tusdagi siyoh (pasta) bilan yozilishi kerak.
    Kirish qismida
    (3÷4 bet) mavzuning dolzarbligi, uning uzluksiz taʼlim tizimida ahamiyati, kurs ishining maqsadi, vazifalari, obʼekti, predmeti va amaliy ahamiyati yoritiladi.
    Tahliliy qismda
    (6÷8 bet) tanlangan mavzu boʼyicha vaziyatning, muammoning bugungi kun xolati tahlili keltiriladi.
    Аsosiy qismda
    (10÷12 bet) muammoni maqbul yechimini topishga qaratilgan fikr-mulohazalar chizmalar, sxemalar jadvallar, grafik hamda diagrammalar bilan boytilgan xolda ifoda etiladi
    Xulosa va tavsiyalarda (1÷2 bet) kurs ishini tayyorlash, olingan natijalarni rasmiylashtirish, himoya qilish jarayonida shakllangan fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalar bayon etiladi.
    Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxatida (15-20 ta) kurs ishini tayyorlash(yozish)da keng foydalanilgan turli nashrlar: meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, oʼquv va uslubiy qoʼllanmalar, lugʼatlar, koʼrsatmalar, monografiyalar, maqolalar va shuningdek, veb saytlar keltiriladi. Shu oʼrinda koʼp sonli manbalardan foydalanish, bu boshqa mualliflar fikrini toʼgʼridan-toʼgʼri koʼchirib olishni anglatmasdan, balki ishlab chiqilgan u yoki tinglovchining oʼz fikri, qarashlarini bayon etishi talab etilishi kerak. Аdabiyotlar roʼyxati (son) miqdor jihatdan emas, balki mazmunan mavzuni toʼliq yoritish va qoʼyilgan masalalarni atroflicha hal etish uchun yetarli boʼlishi maqsadga muvofiq.
    Ilova(lar)da malaka ishiga oid va uning mazmun-mohiyatini yanada mukammalroq yoritish uchun xizmat qiladigan materiallar oʼz aksini topishi zarur.
    Аdabiyot tanlash, uni oʼrganish, qayta ishlash va kurs ishi matnining xomaki hamda oxirgi variantlarini tayyorlash uchun sarf qilinadigan vaqt miqdori va bajarish muddatini aniq belgilab olishlari maqsadga muvofiqdir. Belgilangan muddatga qarab ishni bajarish talabaning pishiq-puxta ish olib borishini taʼminlaydi va unga kurs ishini oʼz vaqtida nihoyasiga yetkazib topshirishiga imkon beradi.
    Kurs ishini bajarishda dasturda koʼrsatilgan adabiyotlar bilan cheklanmasdan, ayrim masalalarni batafsil bayon qilish imkonini beradigan qoʼshimcha adabiyotlardan ham faydalansa maqsadga muvofiq boʼladi

    Download 54.55 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 54.55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishining tuzilishi va tarkibi

    Download 54.55 Kb.