• Kurs ishlarini taqriz qiluvchi professor-oʼqituvchilar oldiga quyidagi talablar qoʼyiladi
  • Kurs ishlarini taqriz qilish tartibi




    Download 54.55 Kb.
    bet4/7
    Sana27.02.2023
    Hajmi54.55 Kb.
    #43662
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Algebra va sonlar nazaryasi — kurs ishi sirtqi 8 11 2022 111
    Tezis Abu Rayhon Beruniyning geometriyaga oid tadqiqotlari, B1.B.32-Geodeziya-2, Avtoreferat Mahmudov N.N, taq raqamli texnika ma\'ruza, texnika3, a0833c8a1817526ac555f8d67727caf6, Презентация, Full,이력서(양식) E7, Академик ёзув, konferensiya UFA 2023 , 1-ma\'ruza AT, N.XidirovSh.Fozilchayev-Moliyaviyrisklarnazariyasi, 1-Amaliy mashg\'ulot (2), 4 - Mustaqil ishi MIT
    5. Kurs ishlarini taqriz qilish tartibi.
    Tugallangan kurs ishi himoyaga qoʼyilishdan oldin taqriz qilinishi kerak. Bunda birinchi navbatda tayyorlangan ishning ijobiy tomonlarini, keyin esa kamchiliklarini koʼrsatib, ularni bartaraf etish yoʼllari koʼrsatilishi kerak.
    Taqrizdan oldin kurs ishi albatta diqqat bilan oʼqib chiqilishi kerak, aks holda nomigagina yozilgan taqrizlar tufayli sifat jihatidan talabga javob bermaydigan kurs ishlari ham ijobiy baholanib ketilishiga yoʼl qoʼyilishi mumkin.
    Kurs ishlarini taqriz qiluvchi professor-oʼqituvchilar oldiga quyidagi talablar qoʼyiladi:
    Kurs ishining mazmuniga umumiy baho berish va unda yoʼl qoʼyilgan xatolarni koʼrsatish, shuningdek, talabaga kamchiliklarni tuzatish yoʼllari boʼyicha maslahat berish hamda shunga tegishli muloxazalarni taqriz varagʼiga yozib qoʼyish;
    - Taqrizda kurs ishining birinchi navbatda, ijobiy tomonlarini koʼrsatish bilan birga, barcha salbiy tomonlarini ham chuqur tahlil qilib, mohiyati yoritilmagan savollarni talabaga tushuntirib berish;
    - Kurs ishida har bir betning chetiga va taqrizning oʼzida yoziladigan mulohazalarda mustaqil bajarilgan ishda qaysi muammolarga, yaʼni qaysi savollar mohiyatini yoritishga ilmiy-ijodiy yondoshganligini, qaysi birlarini toʼldirish zarur ekanligini koʼrsatish;
    - Nazariyaning amaliyot bilan uzviy ravishda bogʼlab olib borilish darajasini koʼrsatiladi; Kurs ishini toʼgʼri rasmiylashtirishga jiddiy eʼtibor berish ham muhim hisoblanadi. Chunki kurs ishini mazmunli va yetuk saviyada yozish bilan birga uni did bilan rasmiylashtirishga eʼtibor berilsa, bu taqrizda alohida koʼrsatiladi.
    - Kurs ishining ham ijobiy ham salbiy tomonlarini tahlil qilish, talabalarga tanlangan muammo boʼyicha chuqur, nazariy va amaliy bilimlarga ega boʼlishga koʼmaklashadi hamda ularni kelajakda yetuk mutaxassis boʼlib yetishishiga yordam beradi. Talabaning yozgan kurs ishini hech qanday asossiz, qoniqarsiz baholashga yoʼl qoʼyish mumkin emas, aks holda, bu ularning oʼqishga boʼlga ishtiyoqini soʼndiradi, yaʼni talabaning ijodiy faoliyatiga taʼsir qiladi. Shu boisdan taqrizda kurs ishi mavzusi mohiyati qanday darajada yoritilganligini har tomonlama obʼektiv taxlil qilib, qoʼyilgan bahoni dalillar bilan asoslash lozim.

    Download 54.55 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 54.55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishlarini taqriz qilish tartibi

    Download 54.55 Kb.