• ANNOTATSIYA
  • Autoekologiya
  • Annotatsiya




    Download 237.64 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana31.10.2022
    Hajmi237.64 Kb.
    #28666
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    E4fbHH3OBrCkAPirNmo3NmXdFCquJipqtQwhicCR
    маьлимот ва тавсианома, 401 bet, Волейбол тугарак (1), Кружок развитие речи, Ro’ziboboyeva Hulkar Alisher qizi, Mavzu, BLUM TAKSONOMIYASI, 2 amaliy ish Ruslan, Doc1, Internetga ulangan buyumlarni dasturlash 465-Qarar dstur, Internet ilovalarini ishlab chiqish 465-Qarar dstur, Magisterskaya dissertaciya Roon Mariya, 1. Borliq tushunchasi va uning asosiy turlari. Harakat va rivojl, JMB SLAID 1


    6– MODUL. FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O’QITISHNING 
    DOLZARB MASALALARI. 
    6.7.1- Mavzu: O’zbekistonda kimyo sanoatining istiqbollari va ekologiya
    (II-qism) 
    ANNOTATSIYA 
    Usbu ma’ruzada “Ekologiya” tushunchsi, ekologiya turlari. O`rta asrlarda 
    O`rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlarning tabiat fanlarining rivojlanishiga 
    qo`shgan hissalari. Hozirgi zamon ekologiyasining asosiy vazifalari. Ekologik 
    omillar. Ekologik muammolar. “Atmosferaning dimiqishi” hodisasi. Ozon 
    qatlamining siyraklanishi. Pestitsidlardan foydalanish muammolari haqida 
    ma’lumotlar keltirilgan 
     
    REJA: 
    1. Kimyoviy ekologik muammolar va ularning yechimlari 
    2. O’quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish 
    3. Pestitsidlardan foydalanish muammolari 
    Maqsadimiz kimyo darslarida O`zbekistonda kimyo sanoati va ekologik 
    savodxonlikni o`zlashtirish ko`nikmalarini rivojlantirish 
     “Ekologiya” yunoncha so`z bo`lib, “ecos”- uy, makon, «logos» - “fan” degan 
    ma’noni anglatadi. Bu atamani fanga birinchi bo`lib nemis biologi Ernest Gekkel 
    1866 yilda fanga kiritgan. Ekologiya mustaqil fan sifatida 
    XX asrning boshlarida ajralib chiqqan. 
    Ekologiya- tirik organizmlarning (o`simlik, hayvonot, mikroorganizmlar 
    dunyosi va inson) atrof-muhit bilan murakkab o`zaro munosabatlarini, birgalikda 
    yashash, bir-biriga nisbatan o`zaro ta’sir ko`rsatish, yashash uchun kurash 
    qonuniyatlarini o`rganadi, qolaversa, o`zaro munosabatlar, 
    o`zaro
    ta’sirlar 
    oqibatida 
    paydo bo`lgan 
    ekologik 
    noqulayliklarning 
    oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. 
    Tirik 
    organizmlarning 
    tuzilish 
    darajasiga 
    mos 
    holatda 
    ekologiya 
    autoekologiya va sinekologiyaga bo`linadi. 


     “Autoekologiya” ayrim organizmlarga o`z xususiyatlari orqali turli tabiiy 
    omillarning ta’sirini o`rganadigan ekologiyaning bo`limidir. Ma’lum hududda 
    tarqalgan ayrim turlarga tegishli individlar yig`indisini autoekologiyao`rganadi. Bu 
    guruhlar populyatsiyalar (populyatsiya lotincha so`z bo`lib, “aholi” ma’nosini 
    beradi) deb ataladi. 
    Sinekologiya” deganda, organizmlar guruhini dialektik birlikda va o`zaro 
    bog`langanligini hisobga olib, kompleks, har tomonlama o`rganadigan fan 
    tushuniladi. 
    Insonning jamiyat a’zolari bilan birgalikda o`zaro munosabatlarda yaratgan 
    ijtimoy va ruhiy muhitlari ta’sirini ijtimoiy ekologiya o`rganadi. 
    Tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan bog`liqligi qadimdan ma’lum 
    bo`lgan. XIX-XX asrlardagi ekologik ma’lumotlar tirik organizmlarning ayrim 
    guruhlarini o`rganishga qaratilgan edi. Bu vaqtda olimlardan J.Byuffon 
    hayvonlarning, J.B.Lamark o`simlik va hayvonlarning tashqi muhitga ta’sirini 
    o`rgangan. XIX asrning ikkinchi yarmida ekologiya fani o`simliklar va 
    hayvonlarning iqlim omillariga moslanishini o`rgandi. Bu vaqtda A.N.Beketov, 
    A.F.Middendorf, 1877 yilda nemis gidrobiologi K.Myobius biotsenozlar 
    to`g`risidagi tasavvurlarni asoslab berdi. Uning rivojlanishiga Morozov, Sukachev, 
    Ramenskiy, Raunkier, Elton, Gilyarov, Serebryakov, Tensli, F.Klementes, 
    G.Odum va Yu.Odumlar katta hissa qo`shganlar. 
    Umumiy ekologiyaning rivojlanishida D.N.Korshakovning “Muhit va jamoa” 
    deb nomlangan O`rta Osiyo universitetida o`qigan ma’ruzalari, keyinchalik 
    “Hayvonlar ekologiyasi asoslari” nomi bilan birinchi yozilgan darslik bo`lib qoldi. 
    1935 yilda ingliz olimi A.Tensli ekosistemalar, 1942 yilda esa V.N.Sukachyov 
    biogeotsenoz haqidagi ta’limotni ilgari surgan. 
    O`rta asrlarda O`rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso 
    al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, 
    Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta 
    hissa qo`shganlar. 
    O`zbekistonda o`simliklar dunyosini o`rganishga bag`ishlangan ilmiy tadqiqot 


    ishlari asosan ekologik yo`nalishda olib borilgan bo`lib, bu borada M.S.Popov, 
    Ye.P.Korovkin, K.Z.Zokirov, A.M.Muzaffarov, M.M.Nabiyev kabi olimlarning 
    mehnati kattadir. O`zbekistonda ekologik ishlarning asoschilari D.N.Kashkarov va 
    Ye.P.Korovin hisoblanadi. Ekologik ishlarning dolzarbligi munosabati bilan O`zR 
    FA Botanika institutida V.A.Burigin rahbarligida o`simliklar ekologiyasi 
    laboratoriyasi tashkil etilgan. Keyinchalik bu ishlarni O.H.Hasanov va 
    R.S.Verniklar davom ettirgan. O`zbekistonda ekologik yo`nalish davomchilari 
    V.A.Selevin, T.S.Zoxidov va I.I.Kolechikov ishlarida rivojlandi. 1970 yilda 
    T.Zoxidov tomonidan ornitologiya laboratoriyasi tashkil etilgan. 1979 yilda 
    ixtiologiya va gidrobiologiya laboratoriyasi xodimlari A.M.Muxammadiev 
    rahbarligida O`zbekiston suv omborlari, ko`llarning biologik rejimi, suvning 
    ifloslanishi bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borildi. 
    Hozirgi zamon ekologiyasining asosiy vazifalarini quyidagicha tasvirlash 
    mumkin: 
    1. Hayot tuzilishi qonuniyatlarini, shu bilan birga, tabiiy tizim va biosferaga 
    antropogen faoliyatning ta’sirini o`rganish; 
    2. Tabiiy boyliklardan ratsonal foydalanishning asosini yaratish, biosferada 
    bo`layotgan jarayonlarni boshqarish, insonning yashash muhitini buzilishlardan 
    saqlab qolish; 
    3. Populyatsiya sonini boshqarib borish
    4. Agrosanoat komplekslarida kimyoviy vositalar kam ishlatiladigan chora-
    tadbirlarni ishlab chiqishni ta’minlash; 
    5. Tabiiy muhit ifloslanishining ekologik indeksatsiyasini ishlab chiqish; 
    6. Buzilgan tabiiy muhitni tiklash; 
    7. Biosferaning namuna bo`ladigan qismini saqlab qolish; 
    8. Atrof muhitni sifatli insonlarga, tirik mavjudotlarga zarari tegmaydigan 
    holatda saqlashni huquqiy, texnik, tashkiliy boshqarishning kompleks, strategik 
    chora tadbirlarini ishlab chiqish natijasida aholining sihat- salomatlik darajasini 
    ko`tarish; 
    9. Urbanizatsiyani ekotizimga tazyiqini o`rganish, uni olini olish chora-


    tadbirlarini ishlab chiqish; 
    10. Aholining ekologik, ma’naviy ta’lim tizimini ishlab chiqish, yoshlikdan 
    boshlab uzluksiz ta’lim berish uslublarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, 
    barkamol ekologik ma’naviyatga ega bo`lgan avlodlarni tayyorlash. 

    Download 237.64 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 237.64 Kb.
    Pdf ko'rish