Anotatsiya: Ushbu maqolada Matematika fanini kasbiy ta’lim sohalariga yo’naltirib o’qitish hamda dars jarayonlari haqida ma‘lumotlar berilgan




Download 16.41 Kb.
Sana19.08.2022
Hajmi16.41 Kb.
#25279
Bog'liq
MATEMATIKA FANINI KASBIY TA
27-28-маъруза (1), KT 7-lab, metralogiya 1-mustaqil ish, 4 Гарднер интеллект урганиш методикаси, 1 Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari, Ergashev Panji Karimovich, Шахноз Абдуллаевна, 7-sinf-informatika-testlar, REFERAT

MATEMATIKA FANINI KASBIY TA'LIM SOHALARIGA YO'NALTIRIB O'QITISH
Saitjonova Hulkar Hayitjon qizi
Anotatsiya:Ushbu maqolada Matematika fanini kasbiy ta’lim sohalariga yo’naltirib o’qitish hamda dars jarayonlari haqida ma‘lumotlar berilgan.
Ayrim texnikaviy-nazariy fanlar o‘zining amaliyoti hisobiga to‘ldirib boriladi, shu bilan birga amaliy tatbiqni kengaytirib, yangi-yangi yo‘nalishlarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham matematika o‘qitish jarayonida nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog’lanishi, o‘quvchilarda mantiqiy tafakkurning rivojlanishi va fazoviy tasavvurni, fikrlashning kengayishi, olgan bilimlarga yangi sharoitni tatbiq qilishni, real hodisalarda qatnashayotgan komponentlar, parametrlarni inobatga olib modellashtirishlarni amalga oshirishda yordam berishning o‘zi o‘quvchilarning har bir fikr yoki matematik jarayonga ijodiy yondashishlariga, ayniqsa, izchillik asosida matematik ko‘nikma va malakaning dars yoki o‘tkaziladigan har bir mashulotlarda shakllanishi, rivojlanishi uchun juda muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd qilish mumkin. Shuning uchun har bir darsni metodik jihatdan to‘g’ri tashkil etilishi o‘quvchilarda matematik bilim, ko‘nikma va malakaning rivojlanishida didaktik tamoyillar bilan metodlarni izchil yo’naltirish muhim ahamiyat kasb etadi.Matematika fanini o‘qitishda uni fanlararo aloqadorlik funksiyasiga suyangan holda amalga oshirilishi bevosita bilimlarni qayta tartibga keltirish, tushunchalar orasidagi izchillikni ta’minlash va faollashtirish qismi uchun o‘ziga xos ahamiyatga ega. Dars jarayonida o‘quvchilarni hayotiy tajriba asosida nazariya bilan amaliyotni bog’lab maqsadga yo‘naltirishning faol usullari tatbiq etiladi.Ta’kidlash kerakki, maktab matematika kursidan farqli o’laroq matematika kursi har doim ham yaqqol ko‘rinmasada, umumta’lim va maxsus predmetlarni ongli ravishda o‘zlashtirishni ta’minlovchi tatbiqiy yo‘nalishga ega. Matematika bo‘yicha yangi dasturlarda matematika kursining tatbiqiy mazmuniga, amaliy masalalarni yechishga tatbiq qilishni amalga oshirishning boshlang’ich ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Matematika o‘qitishning masalalaridan biri – o‘quvchilarni ishlab chiqarish jarayonida fikrni jamlashga o‘rgatish jarayonlarning ayrim tomonlarini funksional bog‘liqlikda ko‘ra olish, agar iloji bo‘lsa, ular orasidagi miqdoriy munosabatlarni ochib berish. Ta’lim uchun shunday amaliy materialni tanlash kerakki, u o‘quvchilarga matematikani fan sifatida tushunishlariga yordam berish bilan birgalikda bu materialni egallash o‘quvchilarda matematik bilimlarni ishlab chiqarish mehnatida foydalanish ko‘nikmasining hosil bo‘lishiga imkon yaratsin.Amaliy mashg‘ulot, tekshiruv-sinov darslarida kasbga yo‘naltiruvchi masalalardan foydalanish vaqtida o‘quvchilarning bilim darajasiga qarab, tabaqalashtirish maqsadga muvofiqdir. Bunda butun sinf uchun bir xil misollar tanlanadi, faqat bu misollarning shartiga o‘zgartirishlar, yordamchi ta’riflar, formulalar kiritib yoki ularni chiqarib tashlash yo‘li bilan masala osonlashtiriladi yoki murakkablashtiriladi. Birinchi darajali (eng yuqori) misollar eng kuchli o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bunda kerakli formulalar o‘quvchining o‘zi tomonidan aniqlanib, mutlaqo mustaqil ravishda yechiladi.Matematika o‘qituvchisi ham, maxsus fan o‘qituvchisi ham o‘quvchilarda hisoblashlarni bajarish vaqtida qiyinchilik tudirayotgan sabablarni o‘rganishlari va analiz qilishlari lozim. Bunda ikkita asosiy sabab bo‘lishi mumkin: maxsus fan yaxshi o‘zlashtirilmagan yoki o‘quvchilar matematikaning tegishli bo‘limidan yetarli darajada bilimga ega emaslar. O‘qituvchi o‘quvchilarning matematikani yaxshiroq egallashlariga harakat qilishlariga, matematikaning hayot, ishlab chiqarish, boshqa fanlar uchun muhim va ahamiyatli ekanini ko‘ra olishlariga, u yoki bu kasbni matematik bilimlarsiz egallab bo‘lmasligini tushunishlariga erishish lozim. O‘quvchilar ongli ravishda va qiziqish bilan o‘quv materialini qabul qilishlari uchun matematikani maxsus fanlar va ishlab chiqarish ta’limi bilan chambarchas bog’lash kerak. Bularning barchasi matematika o‘qituvchilarining ishiga o‘ziga xoslikni olib kiradi. O‘quv materialining har bir mavzusiga reja tuzishda shu mavzuga tegishli ishlab chiqarish ta’limi materialining hajmi va mazmuni qat’iy aniqlanishi, ishlab chiqarish ta’limi bilan matematikani o‘qitish orasidagi aloqalarning shakl va usullarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.Yuqoridagi fikrlar fanlarni integratsiyalash (lotincha «integer» - umumiylik, «integerara» - umumiylikni to‘ldirish, yaratish, tiklash degan ma’nolarni anglatadi) zarurligini ta’kidlashga imkon beradi. Bu tabiiy bilimlarning turli qiyofadagi umumiyliklardan hosil bo‘luvchi qonun-qoidalari bilan tabiat dialektikasiga chuqurroq kirishga sharoit yaratadi, bu turli umumiyliklar o‘zaro minglab tushunchalar bilan bolanganki, ular tabiiy fanlar metodlari va ularning ilmiy natijalari bilan o‘rganiladi. Shuning uchun fanlarning o‘zaro aloqasi va bir-biriga uzviy bolanishi ularning tobora o‘sib borayotgan quvvatidan yanada unumliroq, yanada maqsadliroq foydalanishga imkon beradi, negaki, bu fanlarning birlashishi ilmiy bilimlarning sintez qilinishi natijasida inson ongining moddiy dunyoning sir-sinoatlarini idrok qila olishi uchun eng qo‘lay sharoit yaratiladi.“Kichik mutaxassis”larni tayyorlashning yo‘nalishlar ro‘yxati (yo‘riqnomasi) bo‘yicha 6 ta kasbiy faoliyat sohasini o‘z ichiga oladi .
Download 16.41 Kb.




Download 16.41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Anotatsiya: Ushbu maqolada Matematika fanini kasbiy ta’lim sohalariga yo’naltirib o’qitish hamda dars jarayonlari haqida ma‘lumotlar berilgan

Download 16.41 Kb.