Antipiren bilan ishlov berilgan to‘qimachilik matolarining yong’in bardoshlik xossasini tadqiq etish 1




Download 17.8 Kb.
Sana06.06.2022
Hajmi17.8 Kb.
#23062
Bog'liq
TerDU 19-21 may uchun
Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий

ANTIPIREN BILAN ISHLOV BERILGAN TO‘QIMACHILIK
MATOLARINING YONG’IN BARDOSHLIK XOSSASINI TADQIQ ETISH
1Nurqulov E.N., 2Beknazarov X.S., 3Norinov F.Q., 4Shomurodov U.M
1t.f.PhD, 2t.f.d, prof, 3katta o'qituvchi, 4assistent,
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot institute
Yong‘inga chidamli to‘qimachilik matolarini ishlab chiqarish va takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish mehnat unumdorligini ta’minlaydigan va mahsulotlarning estetik darajasini yaratishga ta’sir etuvchi qayta ishlashning ilg‘or usullarini qo‘llash orqali erishiladi. Shu munosabat bilan, tobora ko‘proq texnologik jarayonlarning ishlab chiqarish usullari an’anaviy bo‘lmagan, progressiv va samaraliroq usullar bilan almashtirilmoqda, xususan kimyoviylashtirish va kimyoviy moddalarni iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga kiritish natijasida mahsulotlar turi kengaymoqda, to‘qimachilik sanoatining xom ashyo balansida tarkibiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Yong‘inga qarshi vositalar bu kimyoviy moddalar bo‘lib, ular yonuvchan materiallarga qo‘shilib, ularning yonishiga katta qarshilik ko‘rsatadi. Antipiren material qo‘llanganda, sirtda himoya plyonka hosil bo‘ladi, bu kislorodning kirib borishini to‘xtatadi va tuzlar ko‘tarilgan harorat ta’sirida eriydi. Keyinchalik hosil bo‘lgan issiqlik antipiren eritmaning reaktsiyasiga sarflanadi va materialning yonish harorati pasayadi, bu esa uni himoya qiladi. Biroq, yong‘inga qarshi xususiyatlarning yaxshilanishi bilan birga, antipirenlar materiallarning boshqa xususiyatlarini ham yomonlashtirishi mumkin. Antipiren bitta guruh ham, alohida ham emas, ulardan foydalanishdagi noqulayliklar yo’q. Shuning uchun, antipirenlardan foydalanish uning turli xil qo‘shimcha xususiyatlariga bog‘liq.
Qavariq hosil qiluvchi antipirenlarni qo‘llash past haroratda, to‘qimachilik materiallarini modifikatsiyasidan so‘ng, past bosim ostida amalga oshiriladi.
To‘qimachilik materiallariga qavariq hosil qiluvchi antipiren qo‘llanilganda issiqlikning ta‘siri differentsial termik tahlil yordamida o‘rganildi.
Termogravimetrik tahlil-bu TGA/DSC/DTA tekshiruvi bo‘lib, u namunaning issiqlikni chiqishi va yutilishi bilan birga keladigan jarayonlardagi o‘zgarishlarni bir vaqtning o‘zida qayd etish imkonini beradi. TGA va DSC ma’lumotlarini birlashtirib, materialning termal effektlari va issiqlik ta‘sirida massa yo‘qolishini aniqlash mumkin.
Antipiren bilan ishlov berilgan to‘qimachilik mato namunalarida termal degradatsiya, namuna massasini keskin yo‘qotmasdan amalga oshadi. Namunaning asosiy massa yuqotishi 3000C dan 2000C gacha, bo‘lgan oraliqda amalga oshadi. Massa yo‘qolishi boshlanishidagi haroratda ya’ni 150 °C va 130 °C gacha oraliqda polifosfat ammoniyning erishi, pentaeritritning o‘zgarishi va suvsizlanishi bilan bog‘liqdir. Paxta tolali mato namunalarining to‘liq yonishi 4600C da sodir bo‘ladi. To‘qimachilik materiallarining termik parchalanish harorati qavariqlanuvchi antipiren bilan ishlov berilgan paxta tolali mato namunalarining yonish haroratin 7900C ga teng bo‘ldi.
Adabiyotlar

  1. Байбара В. С. Разработка огнезащитного и пламягасящего материала одежды / В.И. Байбара, С.Я. Пичхидзе // Молодой ученый. — 2015. — № 24. — С. 58-60.

  2. Светлов Д.О. Эффективная теплопроводность материалов капиллярно- пористой и волокнистой структуры на основе макроквантового термодинамического метода / Д.О. Светлов, В.В. Исаев, Ю.В. Светов // Фундаментальные исследования.- С. 1-11.

  3. Сабирзянова Р.Н. (Фазуллина Р.Н.) Исследование теплового сопротивления текстильных материалов пропитанных вспучивающим антипиреном / Р.Н. Сабирзянова (Р.Н. Фазуллина), И.В. Красина // Международная научно - практическая конференция «Наука XXI века: теория, практика и перспективы», Уфа.- 2015.- С.46-50.

Download 17.8 Kb.




Download 17.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Antipiren bilan ishlov berilgan to‘qimachilik matolarining yong’in bardoshlik xossasini tadqiq etish 1

Download 17.8 Kb.